Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/118
Sana23.06.2022
Hajmi9,47 Mb.
#697157
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118
Bog'liq
Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) маш улотла

2.45-chizma
 


~ 173 ~ 
Birinchi usul (2.45-chizma, a): ipni bukishdan hosil bo`lgan 
halqani asosiy ipning ustiga qo`yiladi, halqani asosiy ipning orqa 
tomoniga bukib, ipning uch tomonlarini halqadan o`tkazib tortiladi. 
Ikkinchi usul (2.45- chizma, b): bu usulda halqani asosiy ipning 
ostiga qo`yiladi. Halqani asosiy ipning old tomoniga bukib, ipning uch 
tomonlarini halqadan o`tkazib tortiladi. 
Uchinchi usul (2.45-chizma, d): asosiy ip ko`rinmasligi uchun 
birinchi navbatda 2.45-chizma, b da ko`rsatilganidek mahkamlanadi, 
so`ngra har bir ipning uchi o`zining tomonida yana bir bor 
mahkamlanadi. 
Ishchi iplar asosiy ipga mahkamlanganda iplarning 4 ta uchi hosil 
bo`ladi. Bu iplarni chapdan o`ng tomonga sanalganda, 1 va 4 iplar-
ishchi, 2 va 3 iplar - asosiy iplar bo`ladi. Demak, to`qish jarayonida 
asosiy ipning ikki turi bilan ishlanadi, ya‘ni to`qish iplarini 
mahkamlash uchun ishlatiladigan asosiy (gorizontal) va to`qish 
jarayonida tortilib turadigan asosiy (vertikal) iplarga ajratish mumkin. 
Bu holatni yaxshilab bilib olish zarur (2.46-chizma). 
Tugunchalarni hosil qilish. Tugunchali to`qishning quyidagi 
xillari 
keng 
tarqalgandir: 
to`qimachilik, 
tikuvchilik, 
galstuk 
tugunchasi, dengizchilar tugunchalari. Ularning har biri o`ziga xos 
vazifani bajaradi. 
To`qimalar iplari ulanish joylarini yaxshilab qaralganda ular 
halqa va tugunlar yordamida hosil qilinganligini ko`rish mumkin. 
Halqa va tugunchalarni ma‘lum ketma-ketlikda bajarib makrame 
texnikasida bezaklar yaratiladi. Tugunchani ikki ipni o`zaro bir-biri 
bilan to`qish yordamida hosil qilinadi. Tugunchalarning oddiy va 
ikkilangan turlari bo`lib, oddiy tugunchalarda iplar faqat bir marotaba, 
ikkilangan tugunchalarda esa ikki marotaba to`qiladi. 
Tekis tuguncha. Tekis tugunchani to`rtta ipdan hosil qilinadi, 
ulardan o`rtadagi ikkita asosiy (vertikal) ip qimirlatilmaydi, shuning 
uchun ularni ishlashda qulay bo`lishi uchun buyum uzunligiga 
qo`shimcha 5-6 sm qilib kesib olinadi. 
2.46-chizma 


~ 174 ~ 
Ikki chetidagi ishchi iplar asosiy iplardan to`rt barobar uzun 
bo`ladi. Shunga ko`ra to`qiladigan ipni shunday bukib asosiy ipga 
mahkamlash kerakki, bunda asosiy (vertikal) ipning uzunligi butun ip 
uzunligining 1/5 va ishchi ipning uzunligi butun ip uzunligining 4/5 
qismini tashkil qilsin. 
Bir gal chap tomondan, bir gal o`ng tomondan to`qilib bir 
tuguncha hosil qilinadi. Tugunchani hosil qilish uchun o`rtadagi 
asosiy iplarni to`g`ri tortiladi, o`ng tomondagi ishchi ipni o`rtadagi 
asosiy iplar ustidan o`tkazilib, chap tomondagi ishchi ip tagiga 
qo`yadi (2.47-chizma). 
2.47-chizma 
 
2.48-chizma 
Chap tomondagi ishchi ipni o`rtadagi asosiy va o`ng tomondagi 
ishchi iplar tagidan o`tkazilib, diagonali bo`yicha o`ng ishchi ip 
orasidan o‘tkazib to`qiladi. 
2.49-chizma 


~ 175 ~ 
Ikkinchi gal esa xuddi shunday chap tomondan to`qiladi. Chap 
tomondagi ishchi ip o`rtadagi asosiy iplar ustiga va o`ng tomondagi 
ishchi ip tagidan o`tkaziladi, o`ng tomondagi ishchi ipni o`rtadagi 
asosiy va chap tomondagi ishchi iplar tagidan o`tkazilib, diagonali 
bo`yicha chap tomondagi va o`rtadagi iplar orasidan o`tkazib to`qiladi 
(2.48-chizma). Tugunchani qattiq tortiladi. O`rganish qulay bo`lishi 
uchun ushbu tugunchadagi chetki ishchi iplarni har doim o`rtadagi 
asosiy iplar ustiga qo`yilishini bilib olish kerak. 2.49-chizmada 
ko`rsatilganidek, tuguncha ustiga tuguncha hosil qilib to`g`ri bog`ich 
hosil qilamiz. 2.49-chizma, a da tekis tugunchani chap tomondan, b da 
esa o`ng tomondan boshlanishi, d chizmada uning tayyor holatdagi 
ko`rinishi ko`rsatilgan. Bunday tekis tugunchani ikkita ipdan ham 
hosil qilish mumkin. Bajarilish tartibi xuddi 4 ta ip bilan bajarilgan 
tekis tugunga o`xshash bo`ladi (2.50-chizma). 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish