QOG’OZ QALINLIGINI BAHOLASH Qog’ozning taxminiy qalinligini ushlab ko`rib aniqlash mumkin. O`quvchilar o`z buyumlari uchun u yoki bu qog’ozni tanlab bunga o`rganadilar. Boshlang’ich sinf o`quvchilari qog’oz, karton va boshqa varaqli materiallarning qalinligini aniq aniqlay olmaydilar: ular bunday o`lchovlar uchun mo`ljallangan asbob – mikrometr va mos o`lchov birliklari – mikronlardan foydalana olmaydilar, o`nlik kasrlarda o`lchovlarni bajara olmaydilar.
QOG’OZ – TOLALI MATERIAL Qog’oz va karton o`simlik materiallari – yog’och, poxol, qalishga tabiiy mineral to`ldiruvchilar (oq loy, talk) va elimlovchi moddalar qo`shish bilan tayyorlanadi. O`simlikdan olinuvchi materiallar tolali tuzilishga ega, ya`ni katta yoki kichik uzunlik, qalinlik, egiluvchanlik va mustahkamlikdagi tolalarda o`simlikdan olinuvchi turli materiallarni tayyorlaydi va oddiy paxta, zig’ir yoki kanop, yog’och cho`p yoki shoxa, tikuv ipi, ip gazlama yoki zig’ir gazlama bo`lagi nimadan iboratligini amalda ko`rsatadi.
Qog’oz kabi tolali tuzilishga ega materiallar (paxta, tikuvchilik iplari, muline, zig’ir tola, arqon, gugurt qutisi bo`lagi)ning namunasini ko`rib chiqish asosida o`qituvchi o`quvchilarga uchinchi xulosani chiqarishga yordam beradi: bu materiallarning hammasi tolalardan iborat, faqat bu tolalar sifati boshqacha va o`zaro turlicha tarzda bog’langan (paxtada ular chirmashgan, iplarda yigirilib engil elimlangan, qog’ozda – chirmashgan va elimlangan va hokazo).
QOG’OZ, KARTON VARAG’IDA TOLALARNING JOYLASHUVI Turli buyumlar tayyorlash uchun material sifatida qog’oz va karton bilan tanishishning birinchi qadamlaridanoq o`quvchilar maxsus kuzatishlar va tajribalar o`tkazib, bu materiallardan mehnat darslarida foydalanib, qog’oz va karton bir-biri bilan tartibsiz chirmashgan, presslangan va elimlangan son-sanoqsiz mayda tolalardan iborat ekanligini bilib oladilar. Bu tolalarning joylashuvida bitta qonuniyat mavjud bo`lib, uni turli buyumlar yasash uchun qog’oz va kartondan foydalanuvchi hamda bunda ishning yuqori sifatiga erishmoqchi bo`lgan har bir kishi bilishi va hisobga olishi kerak. Gap shundaki, qog’oz tayyorlash mashinalarida qog’oz quyishda ko`pchilik tolalarning quyish yo`nalishida tortilishi yuz beradi (bu yo`nalish ko`pincha bo`ylama deb ataladi). Natijada qog’oz turli yo`nalishlarda – bo`ylama va ko`ndalang – turli xususiyatlarga ega bo`ladi. Yirtishda mustahkamlik, qattiqlik, namlanishida cho`zilish (o`lchamlarning kattalashuvi) farqlanadi. Ishda nuqson bo`lmasligi, buyumlarning yuqori sifatiga erishish uchun bularning hammasini bilish va hisobga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |