Mavzu: Qog'ozning turlari va xususiyatlari Reja:
O`quvchilar qog’ozdan turli buyumlar tayyorlash bo`yicha ishni yaxshiroq va tezroq bajarishlari uchun ularni qog’oz turlari va navlarini bilish, eng ko`p qo`llanuvchi qog’oz turlarining muhim sifat xususiyatlarini farqlashga o`rgatish kerak. Qog’oz xususiyatlari bilan tanishish o`quvchilarga turli amaliy maqsadlar – yozish, chizish, buyumlar yasash, turli predmetlarni o`rash uchun qog’ozdan to`g’ri foydalanishga yordam beradi. Qog’oz xususiyatlari to`g’risida bilimlarni o`quvchilar mehnat ta`limi darslarida va atrfodagilarning qog’ozdan foydalanishini har kuni kuzatishda oladilar. Tajriba ko`rsatishicha, o`qituvchi tomonidan bolalar turmushda va maktabda doimo foydalanadigan qog’oz turlari va navlarining eng muhim xususiyatlari va sifatlarini yaqqol aniqlash maqsadida tashkil etiluvchi ko`rsatishlar va maxsus jamoa bo`lib kuzatishlari katta foyda keltiradi. Bunday kuzatishlar o`tkazib va bolalarga ma`lumotlarni umumlashtirish, tizimlashtirishga yordam berib o`qituvchi inson qog’oz bilan doimo duch kelishini ko`rsatib o`tadi: kitob yoki daftarni ochganda, gazeta yoki teatr afishasini o`qiyotganda, do`kondan narsa sotib olishda, xat yozishda, o`yinchoq yasashda, makulatura terishda.
O`quvchilar oddiy ko`rib chiqish va ushlab ko`rish, hamda o`zlari to`plagan hayot tajribalarini ishga solib osongina aniqlash mumkin bo`lgan qog’ozning quyidagi umumiy xususiyatlarini qayd etishadi: - qog’oz – varaqli material. Qog’oz katta varaqli (chizish va stol usti qog’ozi), o`ramlarda (applikatsiyalar uchun qog’oz, mehnat darslari uchun rangli qog’ozlar va pochta qog’ozi to`plamlari, qog’oz salfetkalar), rulonlarda (gulqog’ozlar, gofri qog’oz) va hokazo holatda sotiladi; - qog’oz qalin va yupqa bo`ladi (masalan, rasm chizish va chizmalar uchun qog’oz, papiros va nusxalash qog’ozi); - qog’oz oq va rangli (yozuv qog’ozi va rangli glyants qog’oz).
O`quvchilar qog’oz va kartonning mustahkamligi, qalinligi, egiluvchanligi va sinuvchanligini aniqlash va taqqoslashning elementar usullari bilan tanishib boradilar. Buning uchun kerakli kuzatishlar va eng sodda tajribalarni o`tkazib borib, uchinchi sinf o`quvchilari qog’ozdan va yupqa kartondan detallarni bukish, qo`shish, kesish va elimlash mehnat operatsiyalarini bajarish jarayonida olinuvchi bilimlardan foydalanadilar. To`rtinchi sinf o`quvchilari qog’oz va kartonning fizikaviy va texnologik xususiyatlarini o`rganishda ularni mehnat darslarida foydalanadigan boshqa materiallar – gazlamalar, tabiiy materiallar, plastmassa plyonkalar xususiyatlari bilan taqqoslaydilar. O`quvchilar ishlov berilayotgan materiallarning sifat xsusiyatlari to`g’risidagi o`z bilimlarini oshirib borib, ular bajarayotgan ishlari sifatining yaxshilanishiga erishishlaridan qoniqish hosil qilishlari muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |