Tegidan tashqari bu bo’limning qolgan barcha teglari ekranda aks ettirilmaydi. Odatda tegi darhol tegidan keyin keladi tegi sarlavhaning tegidir, va hujjatga nom berish uchun hizmat kiladi. Hujjat nomi va


CHiqarish operatori. Operatorning umumiy ko‘rinishi va bajarilishi tartibi



Download 3,49 Mb.
bet28/93
Sana01.01.2022
Hajmi3,49 Mb.
#302556
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93
Bog'liq
Маъруза матни 2-сем 2020-5 09.04.

10.4. CHiqarish operatori. Operatorning umumiy ko‘rinishi va bajarilishi tartibi

CHiqarish operatori dasturda hosil bo‘lgan natijalarni chiqarish uchun qo‘llaniladi.

CHiqarish operatori quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:

1. WRITE(x,y,z,...) – bu operator bajarilganda x,y,z ,... o‘zgaruvchilarning

qiymatlari chiqariladi. Bunda x,y,z,... lar qiymati chiqarilishi kerak bo‘lgan o‘zgaruvchilarning ro‘yxati.

2. WRITELN(x,y,z,...) – bu operator bajarilganda x,y,z,... o‘zgaruvchilarning qiymati chiqariladi va yangi satrga o‘tishni ta’minlaydi;

3. WRITELN – displey ekranida yangi satrga o‘tishni ta’minlaydi.

Bu erda ham WRITE (x,y,z, ...) va WRITELN operatorlari birgalikda WRITELN (x,y,z, ...) operatoriga teng kuchli.



Masalan:

write (a1,a3);

writeln (x1,x3,x3);

write (‘y ning qiymati = ‘,y) operatori bajarilgandan keyin displey ekranida (agar, masalan u o‘zgaruvchining hisoblangan qiymati 5.6 ga teng bo‘lsa), y ning qiymati =5.6 natija paydo bo‘ladi. x,y,z,... lar butun, haqiqiy, simvolli va mantiqiy o‘zgaruvchilar bo‘lishi mumkin.

Butun tipli o‘zgaruvchining qiymati butun son ko‘rinishida, haqiqiy turdagi o‘zgaruvchining qiymati qo‘zg‘aluvchi yoki qo‘zg‘almas nuqtali ko‘rinishdagi haqiqiy son sifatida, mantiqiy o‘zgaruvchining qiymati TRUE(chin) yoki FALSE (yolg‘on) ko‘rinishlarda, simvolli o‘zgaruvchilarning qiymatlari alohida simvollar ko‘rinishida chiqariladi.

CHiqarish operatorida butun va haqiqiy sonli qiymatlarni chiqarishda qulaylik uchun formatlarni, ya’ni ajratilgan joyni ham ko‘rsatish mumkin.

Butun sonli qiymatlarni chiqarishda operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi;



write(a:m); yoki writeln(a:m); bunda a-o‘zgaruvchi nomi; m-chiqarilayotgan qiymat uchun ajratilgan joyni bildiradi (m-butun son).

Masalan: write(a:4); writeln(x:5,y:4);

Haqiqiy sonli qiymatlarni chiqarishda operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:



write(a:m:n); yoki writeln(a:m:n); bunda a-o‘zgaruvchi nomi; m-chiqarilayotgan qiymat uchun ajratilgan umumiy joy, n-o‘zgaruvchining kasr qismi uchun ajratilgan joy bo‘lib, bunda n< m va ikkalasi ham butun sonlardir.

Masalan: write(a:6:3); writeln(x:8:5,y:8:4);

CHiqarilayotgan qiymatlar orasiga bo‘shliqlar belgisini ham qo‘yish mumkin:



write (' ':n); writeln (' ' :n), bunda n butun sonli o‘zgarmas bo‘lib, bo‘shliqlar sonini ko‘rsatadi.

Masalan: write(a,' ':4,b);

writeln(a,' ' :3,c,' ':3,d).

CHiqarish operatorida izohlarni ham kiritish mumkin:



write('matn'); write('izohlar');

writeln ('x ning qiymati='x);

write ('a=',a,'b=',b);

Masalan: y=sinx+a×b×c funksiyaning qiymatini hisoblang, bu erda x=2; a=3,4; b=1; c=2,14.

Bu holda dasturda chiqarish operatori quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

..........

write(y);

yoki


write('y=',y);

Misol. Uchburchakning tomonlari a=1,6 sm, b=3,4 sm va s=5,4 sm ekanligi ma’lum bo‘lsa, har bir tomonga tushirilgan balandliklarni uning ma’lum tomonlari orqali hisoblang. Balandliklar quyidagi munosabatlar yordamida ifodalanadi:





bunda


Dastur tuzishda takror hisoblashlardan forig‘ bo‘lish maqsadida




Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish