Arifmetik ifodalarni yozishga misollar:
Oddiy yozuvda
|
Paskal tilida
|
ax2+bx+c
|
a*x*x+b*x+c
|
ln2x+a+b
c+d
|
ln(x)*ln(x)+(a+b)/(c+d)
|
5e1/3lnx
|
5*exp(1/3)*ln(x)
|
2sinx+5cosx
3tgx
|
2*sin(x)+5*cos(x))/(3*tan(x))
|
Arifmetik ifodalarda amallar quyidagi tartibda bajariladi:
1) Darajaga ko‘tarish;
2) Ko‘paytirish va bo‘lish;
3) Qo‘shish va ayirish.
Qavs ichidagi amallar birinchi navbatda bajariladi. Bir xil darajali amallar chapdan o‘ngga qarab bajariladi, darajaga ko‘tarish amali bundan mustasno.
9.6. Paskal tilida tuzilgan dastur strukturasi
Paskal algoritmik tilida dastur, sarlavha va blok deb ataluvchi tanadan iborat. Dastur sarlavhasi, dasturning har doim birinchi qatoriga yoziladi va PROGRAM xizmatchi so‘zi bilan boshlanadi. PROGRAM so‘zidan keyin dastur nomi va oddiy qavs ichida dasturning ishlashi uchun bog‘lik parametrlar input (kiritish) va output (chiqarish) fayllari yoziladi.
Masalan: PROGRAM SUMMA(INPUT, OUTPUT);
Dastur sarlavhasida Input (kiritish) fayli yozilmasligi ham mumkin , chunki dastur tuzishda kiritish operatori o‘rniga ta’minlash operatoridan foydalanish ham mumkin. Lekin output (chiqarish) fayli albatta yoziladi, chunki tuzilgan dasturda chiqarish operatori qo‘llanilishi shart, madomiki dastur tuzishdan maqsad natija olish. Bu holda dastur sarlavhasi quyidagi ko‘rinishni oladi: PROGRAM SUMMA(output);
Dastur sarlavhasi ; (nuqtali vergul) bilan tugallanadi.
Dasturning tanasi ikki asosiy qismdan iborat: tavsiflash va operatorlar bo‘limi.
Tavsiflash bo‘limi quyidagi qismlardan iborat:
a). nishonlar (metka)larni aniqlash;
b). o‘zgarmaslarni aniqlash;
v). o‘zgaruvchilarni aniqlash;
g). turlarni aniqlash.
Har bir tavsiflash va aniqlash nuqtali vergul bilan tugaydi.
Belgilarni aniqlash qismi LABEL xizmatchi so‘zi bilan boshlanadi va LABEL dan keyin dasturda ishlatilgan belgilar vergul bilan ajratilgan holda yoziladi. Masalan LABEL 5,65,100; Belgilar sifatida musbat butun (natural) sonlar qo‘llaniladi.
Belgi operatordan ikki nuqta (:) bilan ajratiladi. Agar dasturda belgi qo‘llanilmasa, u holda belgini aniqlash qismi yozilmaydi.
O‘zgarmaslarni aniqlash qismi CONST xizmatchi so‘zi bilan boshlanadi va bundan keyin dasturda qo‘llanilayotgan o‘zgarmaslar va ularning sonli qiymatlari yoziladi. O‘zgarmaslar nomi va qiymati “=” simvoli bilan ajratiladi. Har bir o‘zgarmasni aniqlash ; (nuqtali vergul) simvoli bilan tugaydi.
Masalan:
CONST A=5.5;
B=3.5; R1=3.141593;
K=7; L=13.
O‘zgarmaslarni tasvirlash dasturni tushunishda va o‘zgartirish kiritishda qulaylik tug‘diradi.
O‘zgaruvchilarni tasvirlash bo‘limi VAR xizmatchi so‘zi bilan boshlanadi va undan keyin dasturda qatnashuvchi o‘zgaruvchilar va turlari yoziladi. Umumiy holda o‘zgaruvchilarni tasvirlash qismi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
VAR V1,V3,V3, ...,Vn:T;
bu erda V1,V3,V3,...,Vn - o‘zgaruvchilar; T-o‘zgaruvchilar turi (REAL, INTEGER, CHAR, BOOLEAN).
Masalan:
VAR A,B,C:REAL;
P,K:INTEGER;
Q,S:CHAR;
P1,P3: BOOLEAN;
Paskal tilida tuzilgan dasturni kompyuterda bajarish uchun dastlab Paskal tizimi ishga tushiriladi. Buning uchun Paskal tizimi yozilgan disk aniqlanadi. Disk mundarijasidan PASCAL papkasi topiladi va unga kiriladi. Papka mundarijasidan turbo.exe fayli ishga tushiriladi. Natijada Paskal tizimi ishga tushadi. Ekranga dastur klaviatura orqali kiritiladi. Dastur kiritilishi tugagandan keyin, uning bajarilishi uchun [Ctrl]+[F9] tugmachalari birgalikda bosiladi. Natijani ko‘rish uchun [Alt]+[F5] tugmachalari birgalikda bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |