Ishning maqsadi va vazifalari: HTML va CSS veb sahifalar asosini tashkil qiladi. HTML saytda aynan nimalar joylashishi kerakligiga mas’ul bo‘lsa (matn, rasm, video), CSSda ularning qaysi tartibda joylashuvi va qanday ko‘rinishda bo‘lishi yozib chiqiladi. Sayt foydalanuvchilarga ko‘rinadigan elementlar HTML va CSSda tuzilgani uchun bu ikkisisiz sayt tuzib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham frontend sohasini o‘rganish aynan shu texnologiyalardan boshlanadi. Bularda bor imkoniyatlarga qo‘shimchalar va yangiliklar qo‘shilib, HTML5 va CSS3 standardlari ishlab chiqilgan.
Tadqiqot usuli va uslubiyoti: JavaScript ham yuqorida aytib o‘tilgan texnologiyalar kabi frontend dasturlashning ajralmas qismidir. JavaScript brauzerlarda ishlovchi dasturlash tili bo‘lib, u yordamida veb sahifaga interfaollik imkoniyatini berish mumkin bo‘ladi. Misol uchun biron tugma bosilganda yoki foydalanuvchi saytning biror qismiga kelganda yangi oyna ochilishi yoki biron xabar ko‘rinishi. Birmuncha vaqt oldin sayt elementlariga interfaollik qo‘shishda JavaScriptning o‘zidan foydalanish dasturchi uchun nisbatan qiyin bo‘lgan, ba’zi vazifalarni bajarishning imkoni bo‘lmagan. O‘sha vaqtda jQuery kutubxonasi tuzilgan bo‘lib, u yordamida dasturchi JavaScript tilida mavjud bo‘lmagan imkoniyatlardan qulay yo‘l bilan foydalana olgan. Hozirgi kunda JavaScriptda jQuery kutubxonasi kiritgan yangiliklar tatbiq qilingan bo‘lsada, dasturchilar jQueryni ishlatishni tashlab qo‘yishgani yo‘q. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra JavaScript 2017 yilning eng ommalashgan dasturlash tili deb tan olindi.
Natijalarning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati: Mazkur Web dasturlash tilini o`rganish talabalarga dasturlarni tuzish va masalalarni yanada mukammal ishlay olish, samaradorligi va ahamiyatlilik darajasini oshirish kabi imkoniyatlar yaratib bera oladi. Web dasturlash tilidan zamonaviy dasturlash tillari fanini o`qitishda foydalanish ilmiy yangilikdir va bu borada uslubiy qo`llanma juda katta ahamiyat kasb etadi.
2. Web dasturlash tili imkoniyatlari:
Web va mobil texnologiyalar asosida dasturlash bugungi kunda har qachongidan ham ko’ra jadalroq rivojlanayapti. Web texnologiyalar hayotning turli jabhalariga qanchalik chuqur kirib borib, qanchalik ko’p dasturchilar orasida mashxur bo’layotgan bo’lsa, mobil texnologiyalar ham huddi shu ko’rsatkich bilan ommalashib, ixtisoslashgan dasturchilar doirasini kengaytirib bormoqda. Dasturchilik sohasiga endi kirib kelayotgan, hozircha aniq bir yo’nalishni tanlab olmagan o’rganuvchilar uchun web yoki mobil yo’nalishdagi dasturchilikning birini tanlash masalasi uzoq o’ylashga majbur qiluvchi mavhum jumboq bo’lishi mumkin. «Web dasturlashni oson o’rganish mumkinmi, yoki mobil dasturlash sohasiga tezroq kira olamanmi?«, «Mobil dasturlash orqali ko’proq pul ishlash mumkinmi, yoki web dasturlashdagi ishlar uchun ko’proq to’lashadimi?«, kabi savollar u yoki bu yo’nalishni tanlab olmagan yosh o’rganuvchilarni qiynashi tabiiy. Ushbu maqolada har ikki yo’nalishning o’ziga xos jihatlari, foydali tomonlari va kamchiliklarini birma-bir tarozi pallalariga qo’yishga urinib ko’ramiz.
Web sohasi juda katta va keng qamrovli tushuncha. O’ta sodda va qisqa tarzda tasvirlaganda «brauzeringiz orqali ko’rishingiz va foydalanishingiz mumkin bo’lgan har qanday dastur (sayt, tizim) web texnologiyalar asosida yaratilgan», deyish mumkin. Chunki web dasturchilikning asosiy mahsulotlaridan brauzerlar yordamida foydalanamiz. Web texnologiyalar olamida dasturchilar backend yoki frontend dasturchilarga bo’linishadi. Ba’zi dasturchilar har ikki yo’nalish bilan birdek shug’ullanishadi. Ba’zilar esa o’ziga ma’qul bo’lgan aynan bitta yo’nalishda faoliyat yuritishadi.
Agar brauzer orqali foydalanish mumkin bo’lgan tizimlar, dasturlar va saytlarni yaratishga qiziqsangiz, web dasturchilik sohasini tanlaganingiz ma’qul. Web hozirgi zamonaviy dunyoda tobora chegara bilmas texnologiyalardan biriga aylanib borayapti. Web yordamida oddiy saytlarni tayyorlash qanchalik osonlashgan bo’lsa, tasavvur qilishingiz mumkin bo’lgan o’ta qiyin tizimlarni yaratish ham shu qadar imkonli bo’lib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |