Tegi sarlavhaning tegidir, va hujjatga nom bеrish uchun hizmat qiladi hujjat nomi va



Download 31,89 Mb.
bet221/227
Sana30.12.2021
Hajmi31,89 Mb.
#90504
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   227
Bog'liq
ped web dizayn 2020

14-Amaliy mashg’ulot

Mazvu: Web-sahifa yaratish yoʻllari

Ishdan maqsad: Web-sahifa yaratuvchi dasturiy ta’minotlar bilan tanishish:FrontPage, AdobeDreamWeaver, PhpStrom, PhpDesigner,CMS va Frameworklar bilan tanishish.

Nazariy qism

Veb ishlanmalar yaratish – bu veb-sayt yoki veb-ilovalar yaratish jarayonidir. Jarayonning asosiy bosqichlari klient va server uchun veb-dizayn, saxifani bezash, dasturlash, veb-serverni sozlashdan iborat.

Bugungi kunda veb-sayt yaratishning bir necha bosqichlari mavjud:


  • Saytni yoki veb-ilovani loyihalash(texnik jixatlarni ishlab chiqish, interfeysni loyihalash, yig‘ish va taxlil kilish);

  • Saytni maqsadini belgilash;

  • Saytni dizayni asosini yaratish;

  • Saxifalarni maketini tayyorlash;

  • Multimedia va flesh elementlarini xosil qilish;

  • Saxifani bezash va shablonlardan foydalanish;

  • Dasturlash (funksional instrumentlarini ishlab chiqish) yoki kontentni boshqarish tizimi integratsiyasi(CMS);

  • Saytni optimallashtirish(qidirish tizimi, ma’lumotlarni uzatish) va materiallar joylashtirish(xosting, ma’lumotlar bazasi);

  • Sinovdan o‘tkazish va o‘zgartirishlar kiritish;

  • Internetda ishlashini ko‘rish;

  • Saytga yoki uning dasturiy ta’minotiga xizmat ko‘rsatish;

Yaratiladigan veb-saxifa yoki veb-ilovaning ishiga qarab ayrim bosqichlar bo‘lmasligi yoki bir – biriga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Texnik qismini yaratish

Texnik qismini loyihaning menijeri mutaxassislar uchun ishlab chiqadi. Mijoz bilan ishlash shartnoma yoki formani to‘ldirish bilan boshlanadi, mijoz saytning vizual ko‘rinishi qanday tuzilishda bo‘lishiga oid fikrlarni aytadi, eski versiyadagi saytining xatolarini ko‘rsatadi (agar bor bo‘lsa), raqobatchilarining saytlarini ko‘rsatadi. Dasturiy ta’minot va dizayn vositalari hisobga olgan holda texnik qismini menejer tuzib chiqadi. Shuni e’tiborga olish kerakki, veb-saytni loyihalash ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘ladi, veb – sahifaning xajmi, funksiyalari, topshiriqlari, keyinchalik qanday ma’lumotlar bilan ishlashi va boshqalar.

Asosiy dizayn va saytning saxifalarni yaratish

Grafik redaktor yordamida dizayn xosil qilishdan boshlanadi. Dizayner shartlarga mos keladigan bitta yoki bir nechta dizaynlarni yaratadi. Bunda saytning asosiy saxifasi va boshqa saxifalar uchun aloxida dizayn qilinadi. Saxifa dizaynni o‘zida grafik fayllar, qatlamli tasvir, qatlamning elementlari kichkina rasmlardan iborat. Dizayner HTML standartining cheklovlarini xisobga olishi kerak.

HTML-kodlashtirish

Dizayn tasdiqlangandan so‘ng grafik rasm aloxida rasmlarga ajratilib HTML-saxifalarga joylashtirish uchun HTML kodlarini taxrirlovchisiga topshiriladi. Natijada brouzer yordamida ko‘rish mumkin bo‘lgan kodlar xosil qilinadi. Odatda bir saxifa xosil qilinib shablon sifatida foydalaniladi.

Dasturlash

Tayyorlangan HTML-fayllar dasturchiga beriladi. Saytni dasturlash “noldan” yoki CMS ya’ni saytni boshqarish tizimi asosida bo‘lishi mumkin. Odatda veb – saxifalarni yaratuvchilar buni «dvijkom» (CMS) deb nomlaydilar.

CMS - bu salkam tayyor bo‘lgan sayt xisobalanadi, faqatgina uni bir qancha qismlarini o‘zgartirish kifoya. Dasturchi xozirgi kunda uni CMS bo‘yicha mutaxassis deb nomlash to‘g‘ri bo‘ladi, u CMSda berilgan standart shablonni orginal (haqiqiy) shablonga o‘zgartirishi kerak. Bu orginal (haqiqiy) shablon dizayner yaratgan veb-dizayn asosida yaratilishi kerak.

Saytni ishlab chiqish bosqichlaridan biri uni sinovdan o‘tkazish

Sinovdan o‘tkazish o‘zida bir kancha tekshirishlarni o‘z ichiga oladi: brouzerning turli razmerdagi oynalarida saxifaning shrift o‘lchamlarini kattalashtirish va xokazo.

Ichki SEO optimallashtirish

Bunda saytga bir qancha o‘zgartirishlar kiritiladi. SEO optimallashtirish sematik yadroni aniqlashdan boshlanadi. Foydalanuvchilar qiziqtiradigan kalit so‘zlarni aniklash yordamida raqobatchilarni yutishga yordam beradi. Bu so‘zlar saytga qo‘yiladi. Qirishga matnlarni, xavolalar va boshqa teglarni moslashtirish kerak bo‘ladi.

Tashqi SEO optimallashtirish

Kirish havolalarini tuzilishini kurishni to‘g‘ri tanlash lozim. Optimallashtirish davomida foydalavnuvchining so‘rovlarini tashki va ichki kismdan to‘g‘ri ko‘rsatib berish kerak. SEO optimallashtirish ikki turga ajratish mumkin “oq” va “qora”. SEO optimallashtirishning “oq” turi juda ko‘p mexnatni va ko‘p vaqtni talab qiladi, saytning xarajatlarini oshirib yuborishi mumkin, lekin bu natijasida saytning reytingi oyshadi.

Veb – dasturlash

Veb – dasturlash – dasturlash bo‘limi, veb ilovalarini ishlab chiqaishga qaratilgan.

Klient tili

Klient tilida dastur foydalanuvchi tomonidan qaytadan ishlanadi, to‘g‘riroq aytganda, ularni brouzerlar bajaradi. Klient tillaridagi asosiy muammo dasturning natijasi foydalanuvchining brouzeriga bog‘liq. Agar foydalanuvchi klient dasturlarini bajarilishini bekor qilsa, dasturchi xoxlaganda ham ular bajarilmaydi. Bundan tashqari turli brouzerlarda va ularning versiyalarida dasturlar turli yo‘llar bilan bajarilishi mumkin. Boshqa tomonodan olganda, dasturchi server dasturiga ishonsa, foydalanuvchi har doim saxifani yangilash shart bo‘lmaydi chunki, uning ishini soddalashtirib serverga yuklanishini kamaytirishi mumkin.

Server tili

Foydalanuvchi ixtiyoriy saxifaga so‘rov jo‘natganda unga bog‘langan saxifalar va dasturlar serverda qaytadan yuklanadi, keyin foydalanuvchiga fayl ko‘rinishida qaytariladi. Bu fayllar quyidagi kengaytmali bo‘lishi mumkin: HTML, PHP, ASP, ASPX, Perl, SSI, XML, DHTML, XHTML.

Dasturni ishlashi sayt joylashgan serverga bog‘liq bo‘lib, serverga qaysi tilda yoki versiyasi qandayligini farqi yo‘q. Server dasturlash tillari: PHP, Perl, Python, Ruby, ixtiyoriy .NET dasturlash tillari( ASP.NET ), Java, Groovy bo‘lishi mumkin.

Server tillari bilan ishlashning muxim jixati shundagi u ma’lumotlarni boshqarish tizimi bilan ishlaydi ya’ni ma’lumotlarni tartib saqlovchi, xoxlagan vaqtda chaqirish mumkin bo‘lgan server ma’lumotlar bazasi.

Kontent boshqarish tizimlari ( CMS )

Kontent boshqarish tizimlari (angl. Content management system ) - jarayonlarni tashkil etish va ishlashini ta’minlash, taxrirlash va boshqaruvchi axborot tizimi yoki kompyuterning dasturi.

CMS asosiy funksiyalari


  • kontentni tashkil qilish va u bilan birgalikda ishlashni ta’minlash;

  • kontentni boshqarish: saqlash, versiyadarni tekshirish, ulanishlarga rozilik berish, xujjatlar uzatish boshvarish va boshqarish;

  • kontentni nashr qilish;

  • axborotlarni qidirish va boshqarishga qulaylashtirish;

Tizim boshqaruvida turi ma’lumotlardan iborat bo‘lishi mumkin: xujjatlar, kino, rasmlar telefon raqamlar, ilimiy ma’lumotlar va boshqalar. Bunday tizimlar albatta xujjatlarni saqlash, boshqarish, ko‘rsatish va nashr etishda qo‘llaniladi.

Turlari


Qontent boshqaruv tizimlari quyidagilarga bo‘linadi:

  • korxonani boshqaruvchi tizimlar (angl. Enterprise Content Management System)

  • veb – ilovalarni boshqaruvchi tizimlar (angl. Web Content Management System)

ECMS juda keng soxalarda qo‘llash xususiyatlariga ega (HRM -  human resources management – infon resurslarini boshqarish, DMS - Document management system – xujjatlar boshqaruv tizimi, CRM - Customer Relationship Management – mijozlar bilan ishlovchi tizim , ERP - Enterprise Resource Planning – korxonada resurslarni boshqarish ) CMS so‘ziga sinonim qilib WCMS, ya’ni saytlarni boshqarish tizimga to‘g‘ri keladi.

CMS sayt asosini matn va grafik rasmlar to‘ldirishga, foydalanuvchini kontent bilan ishlashni ta’minlaydi, ma’lumotlarni saqlash va nashr etishga qulay, ma’lumotlarni avtomatik ravishda ma’lumotlar bazasiga joylashtirish va undan saxifalarga uzatish imikonini beradi.

Ko‘pgina bepul saytlarni boshqarish tizimlari mavjud. Ularni ishlashiga karab 3 ta turga ajratish mumkin:


  • So‘rov bo‘yicha saxifani shakllantirish qilish. Bu kabi tizimlarning “ma’lumotlarni taxrirlash moduli– ma’lumotlar bazasi – namoiy qilish moduli” asoslari bir – biriga bog‘liq xolda ishlaydi. Modul so‘rov yordamida ma’lumotlar bazasi asosida ma’lumotlar orqali saxifalarni shakllantiradi. Saxifalar serverda xar so‘rovda qaytadan xosil qilinadi, bu esa tizim resurslariga qo‘shimcha yuk tushishiga sabab bo‘ladi. Yuklanishni zamonaviy veb-serverlarda keshlash yordamida kamaytirish mumkin.

  • Taxrirlash orqali saxifalarni xosil qilish. Bu turdagi tizimlar statik saxifalarni xosil qilish va o‘zgartirish uchun xizmat qilidi. Bunda foydalanuvchi va sayt o‘rtasidagi interaktivlik yo‘qoladi.

  • Aralash turdagi. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, u birinchi ikki afzalliklarini birlashtiradi. Modul saxifalarni keshlash yo‘li bilan shakllantirsa, keyinchalik keshdan bir necha marotaba tezroq yuklab olishi mumkin. Kesh belgilangan vaktda avtomatik yangilanishi mumkin yoki anik bir saytning bo‘limini adminstrator buyrug‘iga asosan o‘zgartirilganda. Yana bir yo‘li – taxrirlash bosqichida anik bir bloklarga ma’lumotlarni saqlab qo‘yish va foydalanuvchi saxifaga murojaat qilganda ularni yig‘ish.

Xususiyatlari

Boshqarish tizimlari – saytga qo‘shimcha vositalar qo‘yish, taxrirlash, saytdan ma’lumotlarni o‘chirishga yordam beruvchi dasturdir.

Ko‘pchilik CMSlar o‘zining modul arxitekturasiga ega. Ularda foydalanuvchi o‘zi uchun kerakli kompanentalarni tanlashi va foydalanishi mumkin.

Odatda modul:



  • Dinamik menyu;

  • Blog;

  • Yangiliklar;

  • So‘rovlar;

  • Sayt bo‘yicha qidirish;

  • Tashriflar statiktikasi;

  • Mehmonlar kitobi va boshqalar.

Quyidagi texnologiyalar yordamida saytlarni kontent boshqaruv tizimi tashkil etiladi: veb-serverlar, ma’lumotlarni saqlash ( shaxsiy ma’lumotlar bazasi, masalan: MySQL yoki PostrgeSQL ), tizim ishlashi uchun veb-ilovalar, vizual redaktor ( WYSIWYG ), sayt fayllari boshqarish uchun fayl menejeri, foydalanuvchi huquqlarini boshqaruvchi va saytni taxrirlovchi tizim. Har bir saytlarni boshqarish tizimlari o‘zining dasturlari va saytni boshqarish uchun yetarli bo‘lgan boshqaruv paneliga ega. So‘nggi texnalogiyalar platformasida CMS da yaratilayotgan veb-ilovalarining asosini :PHP, Perl, .NET lar tashkil qiladi. CMS bilan ishlovchi kontent-menedjer deyiladi, profisional xarakterda aytganda – saytning taxrirlovchisi xisoblanadi. Xozirgi zamonaviy ko‘pgina boshqaruv tizimlarini vizual taxrirlovchilari(WYSIWYG)ga ega, yani dastur soddalashtirilgan maxsus HTML kodlarini xosil qilida, foydalanuvchi uning yordamida matnlarni tartibga keltirishi mumkin.

PHP taxrirlovchilari

Hozirgi kunda yaratilayotgan dasturlar tekin va pullik dasturlar mavjud. Shuningdek PHP ni taxrirlovchi dasturlarni ham shu ikki turga bo‘lishimiz mumkin. Bular krossplatformali va boshqa operatsion tizimlarda ishlashga mo‘ljallangan dasturlar.

Krossplatformali dasturlarga:



  • Atom – Node.js da yozilgan, kengaytirilgan plagin. Plagin bu - Veb-brauzer kabi asosiy dasturning funksional imkoniyatlarini oshirish uchun ishlatiladigan dinamik tarzda ulanuvchi modullar to‘plami. Ulardan odatda Veb-brauzeriga turli formatlardagi ma’lumotlarni aks ettirish va ularga ishlov berish yoki standart formatlarni aks ettirishning yangi imkoniyatlarini qo‘shish uchun foydalaniladi

  • Aptana Studio – PDT plaginlari va JS ni vizual taxrirlovchisi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan, IDE yani Integrated Drive Electronics – IDE diskli qurilmalari interfeysi ega, ochiq kodli erkin loyiha, asosi Eclipse.

  • Bluefish – ko‘p maqdsali PHP sintaksisi, GVFS bilan SFTP, FTP, WebDAV va SMB larni qo‘llab qo‘vvatlaydi.

  • Adobe Brackets – ko’pgina plaginlarga ega, Node.js da yozilgan bepul taxrirlovchi.

  • Eclipse – SVN, CVS ma’lumotlarni bazasini modellashtirish, SSH/FTP ruxsatlar berish, ma’lumotlar bazasining navigatsi kabi qo’shim plaginlarni qo’llab quvvatlaydi. PHPEclipse va PHP Development Tools loyihalari bor.

  • Editra – PHP va HTML sintaksislarining lug’ati va boshqa IDE ega. Versatile ochiq kodli taxrirlovchisi.

  • Emacs – mant taxrirlovchi. Qo’shimcha nXhtml PHP tilini qo’llab quvvatlaydi. Asosiy rejimi web-mode.el HTML shablonlarini taxrirlashgan uchun mo‘ljallangan.

  • Geany – HTML va PHP sintaksislarninig lug’ati, PHP funksiyalarini yetkazib beradi.

  • jEdit – Versatile ochiq kodli taxrirlovchi. SFTP va FTPlarni qo’llab quvvatlaydi.

  • NetBeans – PHP kodlar muxitiga atalgan va umuminy veb – standartlar integratsiyaga ega. SFTP va FTP qo’llab quvvatlaydi. 7.2 versiyasida SVN, GIT va qo’shimcha funksiyalarga ega bo’lgan plaginllarni qo’llab quvvatlaydi.

Windows muhitida ishlovchi

  • Visual Studio Code – PHP va gitni qo’llab quvvatlaydi

  • Microsoft WebMatrix – server va shablonlarda kombinatsiyalangan taxrirlovchi, HTML, PHP, Razor, node.js, C# va JavaScript larning sintaksis lug’ati va WebDeploy va FTP orqali shablonlar bilan ishlaydi. 2-versiyadidan boshlab bir necha kodirovkalarni qo’llab quvvatlaydi.

  • Notepad2 – oddiy matn taxrirlovchi;

  • Notepad++ - plagin yordamida FTP va SFTP qo’llab quvatlaydi. Lug’at mavjud.

  • PHPEdit – PHP uchun to’la IDE ega.

Macintosh muxitida

  • Textwrangler – SFTP va FTP qo’llab quvvatlaydi;

  • TextMate

  • Smultron

Linux muhitida:

  • gedit

  • gPHPEdit

  • Kwrite

  • Kate – KIO ga o’xshab ixtiyoriy protokollarni qo’llab quvvatlaydi. Bu o’zida HTTP,FTP, SSH va WebDAV ishlashga moslashgan

  • KDevelop – Kate nimani qo’llab quvvatlasa shularning barchasini qo’llab quvvatlaydi, bundan tashqari funksiyalarni aniqlash va sintaksislar analizatoriga ega.

Pullik taxrirlovchilar

  • Adobe Dreamweaver – PHP tilining sintaksisi tekshirish va avtomatik qo’shish, SFTp va FTP, CSS, HTML, JavaScriplar bilan ishlay oladi, bularning hammasi sinov versiyadi ham ishlaydi

  • HyperEdit – PHPga integrallashgan, JavaScript va HTML lar bilan yagona WYSIWYG interfeysida ishlaydi.

  • Microsoft Expression Web – PHP ni to’liq qo’lab quvvatlaydi

  • NoteTab – kata taxrirlovchi, foydalanuvchiga bir necha darchalarda turli fayllar bilan ishlash, FTP va teg lug’atiga ishlash imkoniyati ega.

  • NuSphere PhpEd – PHP taxrirlash va zamonaviy sahifalarni integratsiga ega. SFTP, WebDAv va FTPqo’llab quvatlaydi. Tizimi uchun CVS manba kodi nazorat qilish qo'llab-quvvatlash o'rnatilgan , SVN va Git qo'llab-quvvatlash plaginlari Tortoise Windows Shell orqali qo'shish mumkin.

  • JetBrains PhpStorm - professional PHP IDE (Cross-platforma) rivojlangan tahrirchi, FTP / SFTP sinxronlashtirish, shu jumladan, boshqa tipik veb rivojlantirish vositalari, ustidan kodi tahlil qilish; Sinov versiyida ham mavjud.

  • Embarcadero RadPHP – Veb (Facebook, Google) va mobil(iOS, Android) ishlanmalar yaratadi.

  • Rapid PHP Editor – PHP sintaksis lug’ati va avatomatik qo’shish, CSS, JavaScript va HTML ni qo’llab quvvatlaydi.

  • WebSmartPHP - Bu boshlang'ich PHP, HTML, CSS va JavaScript ishlab andozalari o'z ichiga oladi. IDE ni to’liq funksionalligi PHP ixtiyoriy faylini taxrirlashi, tuzatishi, HTML qurilmalari, kodlar haqida tushuncha berishi mumkin. Ichki o’zgarishlarni boshqarish va uchinchi tomondan qilin o’zgarishlarni integratsiya qila oladi.

Notepad++




Download 31,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish