11-Amaliy mashg’ulot
Mazvu: Ommaviy onlayn ochiq kurslar
Ishdan maqsad: O‘quv jarayonida simulyatorlardan foydalanish va ularni yuklab olish. Ochiq ta’lim resurslaridan foydalanishni o‘rganish.
Nazariy qism
O‘quv jarayonida simulyatorlardan foydalanish
O‘quv jarayonida modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadimqadimdan o‘quv-o‘rganish mobaynida modellardan foydalanib kelingan. Simulyatorlar o‘quv jarayoning qariyb barcha jabhalarida: boshlang‘ich ta’limdan boshlab oliy o‘quv yurtlarigacha qo‘llanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda xattoki meditsina sohasida ham simulyatorlardan foydalanilmoqda. Simulyatorlardan foydalanishning asosiy sabablaridan biri ularning real ob’ektlarga nisbatan juda ham arzon alternativa ekanligidadir. Simulyatorlar esa shunday haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual holatda biror bir fizik jarayonni modellashtirish hamda virtual laboratoriya ishlarini o‘tkazishga imkoniyat yaratadi. Bu o‘zo‘zidan nafaqat katta miqdorda mablag‘lar tejalishiga, balki ularga umuman ehtiyoj ham tug‘dirmaydi. Simulyatorlarning qariyb hech qanday moliyaviy mablag‘lar talab etmasligi ma’lum tadqiqotlarni talabalar tomonidan yuzlab, kerak bo‘lsa minglab marotaba qayta-qayta amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Simulyatorlardan foydalanishning yana bir afzallik tomoni ularning xavfsiz ekanligidadir. Ba’zi tadqiqotlarni amalga oshirish inson hayoti uchun xavf tug‘diradi, masalan, yadro fizikasiga oid bo‘lgan hodisalarni o‘rganish. Bunday tadqiqot katta miqdorda moliyaviy xarajat talab etibgina qolmasdan, tadqiqotni olib boruvchilar uchun hayotiga xavf ham tug‘diradi.
Simulyatorlardan foydalanish jarayonida talabalar ma’ruza vaqtida o‘rgangan bilimlarini virtual bo‘lsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu tadqiqotlar jarayonida bilimlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda nazariya hamda hayotiy tadbiqlarning rivojlanishiga bevosita xissa qo‘shadilar. Bundan tashqari o‘sha simulyatorlarning ham yanada rivojlanishiga, yanada haqiqiy hayotiy tadqiqotlarga yaqin natijalar beradigan darajaga chiqarishda o‘z xissalarini qo‘shishlari mumkin. Bu o‘z o‘rnida talabalarni faqatgina “tinglovchi” vazifasida qolmasdan, bevosita ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashuvchilarga aylantiradi. Bu esa o‘z navbatida talabalarda o‘qish va tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi.
Tabiiy fanlar yo‘nalishida 2001 yildagi Nobel mukofotining laureati K. Viman tomonidan «Physics Education Technology» (PhET) sayti yaratilgan. PhET saytida har xil mavzularga oid modellar mavjud bo‘lib, ular Java va Macromedia flash dasturlarida yaratilgan.
PhET saytida taqdim etilayotgan modellar Open Sourse bo‘lib, xohlagan foydalanuvchi bepul foydalanishi mumkin. PhET dagi modellar soni 100 dan ortiq bo‘lib ular fizika, matematika, kimyo fanlariga oid namoyish tajribalarini o‘tkazish, virtual laboratoriya ishlarini tashkillashtirish va modellashtirish imkoniyatiga ega. Bu PhET saytidagi simulyatorlar O‘zbekiston davlat ta’lim standartlariga va o‘quv muassasalarida qo‘llanilayotgan adabiyotlariga mos keladi.
PhET saytidagi modellardan fizika, matematika, ximiya va biologiya fanlaridan dars mashg‘ulotlarida namoyish tajribalari sifatida, virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkillashtirishda keng foydalanish mumkin.
PhET saytidagi simulyatorlarni yuklab olish uchun http://phet.colorado.edusaytiga kirish kerak.
1-Topshiriq
Brauzer orqali http://phet.colorado.edusaytiga kiring va chap tomondan Play with Simulations ni tanlang.
Sayt navigatsiyasining
Simulations qismida simulyator modellar fanlar kesimiga ajratib qo‘yilgan.
Kerakli fanga kirib, kerakli modelni tanlang va Download tugmasi orqali ko‘chirib oling.
Modelning quyi qismida “For teachers” qismida har bir model uchun metodik ko‘rsatmalar (virutal laboratoriya ishlari, namoyish tajribalari va boshq.) keltirilgan. O‘qituvchi xech qanday qiyinchiliksiz qo‘yidagi qidiruv filtri orqali mavzuga oid dars ishlanasini yoki metodik ko‘rsatmalarni, ta’lim turi kesimida pdf yoki doc formatlarida ko‘chirib olishi mumkin.
4.Ushbu saytda bir nechta tillarga tarjima qilingan modellarni topish mumkin, xususan o‘zbek tiliga tarjima qilinganlari ham mavjud. Buning uchun Simulations - Translated Sims bandiga kiring va tillardan o‘zingizga kerakligini tanlang, masalan o‘zbek tilini. Modellar ro‘yxati chiqadi va ushbu modellarning kerakligini yuklab olish mumkin.
Agar siz dasturda keltirilgan modellarni o‘zbek tiliga tarjima qilishni hoxlasangiz, xech qanday qiyinchiliksiz buni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun ro‘yxatdan o‘tib, maxsus qaydnomani tuldirgan holda tegishli modelni tanlab o‘zbek tiliga tarjima qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |