LMS MOODLE tizimida test tuzish texnologiyasi
MOODLE da test tuzishni ikkita usuli mavjud:
1– usul: Boshqarish bloki orqali.
2-usul: Menyuning ”Kurs elementini qo’shish” bo’limi orqali.
Ikkala usulda ham test savollarini kiritishdan oldin quyidagi ketma-ketlikni bajarish lozim:
test parametrlarini o’rnatamiz;
test savollarini kiritamiz;
tuzilgan savollarni testga (kategoriyaga) joylashtiramiz;
zarur bo’lganda testni va test parametrlarini tahrirlaymiz.
MOODLE da test tuzish uchun dastlab kategoriya yaratamiz, yaratilgan kategoriyaga test savollarini alohida-alohida joylaymiz. Test savollarini alohida yaratish savollarni variantlarda takrorlanmasligini ta’minlab beradi.
Demak, qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi ishlar ketma-ketligi bajariladi:
1. Kategoriya ochiladi.
2. Test savollari tuziladi.
3. Test savollari testga o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |