Bugungi kunda kompyuter va internetga yoshlar tomonidan birinchi navbatda ko‘ngilochar vosita deb qaralmoqda.
Internet resurslari xilma-xildir. Ularning ichida ham foydali ham zararli bo‘lganlari ma’lumotlar uchraydi.
Internet tarmog‘idagi axborot-qidiruv tizimlari esa Internet resurslari ichidan so‘ralgan ixtiyoriy ma’lumotlarni qidirib topib berish imkoniyatiga ega. Chunki bunday qidiruv tizimlari kalit so‘zlar bo‘yicha qidirishni amalga oshiradi.
Foydalanuvchi tomonidan qanday ma’lumot kiritilsa, xuddi shu ma’lumotga mos ma’lumotlarni qidirib topadi.
Shu narsani eslatib o‘tish kerakki, har qanday axborot ham foydali va to‘g‘ri, rost hisoblanavermaydi.