Tegi sarlavhaning tegidir, va hujjatga nom bеrish uchun hizmat qiladi hujjat nomi va


-MAVZU:Ta’limiy Internet resurslar va ularning imkoniyatlari



Download 31,89 Mb.
bet39/227
Sana30.12.2021
Hajmi31,89 Mb.
#90504
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   227
Bog'liq
ped web dizayn 2020

1.4-MAVZU:Ta’limiy Internet resurslar va ularning imkoniyatlari.
Jahonning barcha oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’lim sifati, ya’ni sifatli kadrlar tayyorlash hamma vaqt ham dolzarb masala bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Sifat masalasi, ayniqsa, XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida yana ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Istiqlolning ilk kunlaridan boshlab yurtimizda ta’lim sohasiga yuksak e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga tobora keng kirib borayotgan bir sharoitda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini modernizatsiyalash, jumladan, ta’lim jarayonida rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalaridan keng foydalanilmoqda.

Ta’lim tizimini isloh etish va uning sifatini oshirish maqsadida uning normativ-huquqiy bazasi shakllantirildi, jumladan, Respublikamizda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «…shuning uchun ham amaldagi ta’lim-tarbiya tizimi­ning zaif tomonlarini, zamon talablari, jamiyatimiz kelajagi va maqsadlariga ja­vob bermaydigan jihatlarini chuqur tasavvur qilish, erkin, badavlat yashayotgan mamlakatlar tajribasini o‘rganish, o‘z o‘lkamizda yuksak malakali, har jihatdan yetuk kadrlar tayyorlash dasturimizning asosiy sharti bo‘lmog‘i lozim», ayniqsa, globallashuv, axborotlashuv jadal borayotgan sharoitda xalqaro maydonda o‘zini oqlagan ta’lim modellarida ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan usullarni o‘rganish va ularni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish bo‘yicha izla­nishlarni amalga oshirish hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Olib borilgan ilmiy-metodik tadqiqotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, ommaviy onlayn ochiq kurs (OOOK)lar juda yangi yo‘nalish bo‘lganligi sababli (ommaviy onlayn ochiq kurs termini 2008-yil birinchi bo‘lib kiritildi) kam o‘rganilgan, shunday bo‘lsada o‘rganilayotgan va tadqiq qilinayotgan muammoning nazariy va amaliy tomonlari­ning ayrim qirralari bilan xorijda D. Komer, S. Dauns, K. G. Skripkin, L. Breslow, D. E. Prit­chard, J. DeBoer, A. McAuley, B. Stewart, G. Siemens, D. Cormier, L. Pappano, S. Mak, R. Williams, J. Mackness va D. Simenslar, respublikamizda ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkillashtirish mavzusi bo‘yicha maqola muallifi V. Hamidovlar tadqiqotlar olib borganlar. Tahlil natijalaridan ayon bo‘ldiki, oliy ta’lim tizimida ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalangan holda o‘quv jara­yonini va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonini tashkillash­tirish bo‘yicha muammolar hali yetarli da­rajada o‘rganilmagan.

Elektron ta’lim (ET) rivojlanishi ta’lim jarayoniga uning samarali tadbiq etilishi amaliyotini yanada kengaytirib, hozirgi zamon ta’lim paradigmasining rivojla­nishida asosiy vektorlarni belgilab beruvchi zamonaviy tendentsiyalar va mavjud jahon tajribasiga diqqat bilan nazar solish­ni talab etmoqda. Bular orasida so‘nggi 2–3 yilda ET rivojlanishining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri — OOOKlarning shakllanishi bo‘ldi, ularning asosida esa ommaviy va barchaga teng imkoniyatlar mavjud bo‘lgan ta’lim g‘oyasi yotadi. OOOK — bu ommaviy ochiq onlayn kurslar (ingliz. — Massive Open Online Course, MOOC) bo‘lib, ular jahonning ko‘plab universitetlari tomonidan Yer sharining istalgan nuqtasida bo‘lgan har qanday insonga masofaviy texnologiyalar yordamida professor-o‘qituvchilar va yuz minglab talabalar (kurs tinglovchilari)ga erkin muloqotni tashkil qilish imkoniyatini beruvchi akademik kurslarni taqdim etadi. ОOOKning siri nimadan iborat? Nima uchun bunday noodatiy ta’lim turi ommalashib, shiddat bilan rivojlanib bormoqda? Ushbu savollarga javob berishga harakat qilib ko‘ramiz. Tarixga nazar solsak, OOOK atamasi 2008-yilda AQShda paydo bo‘lib, ammo hozirgi ta’lim OOOK yo‘nalishiga 2011-yilda Stenford shahrida yaratilgan Coursera asos solgan va u dastlab AQSHning uchta yirik universitetlarning ochiq resurslarini birlashtirdi, 2012-yilda Time jurnali fikriga ko‘ra, eng yaxshi ta’lim sayti bo‘lgan. Cour­sera asoschilari Endryu Ng va Dafna Koller o‘z loyihasini ommaviy onlayn o‘qitish g‘oyasida («bir dunyodan bir kurs») shakllantirib, barcha xohlovchilarga jahonning yetakchi universitetlari ma’ruzalarini tinglash imkoniyatini berdi.



Ommaviy ochiq onlayn kurslar tashkil etgan tashkilotlar.



Coursera rasmiy sayting umumiy ko‘rinishi

Faqatgina birinchi yarim yil ichida lo­yihada ishtirok etish uchun 1 mln.ga yaqin tinglovchilar a’zo bo‘ldilar, 2015-yil mart oyida Coursera da deyarli 12 mln. foydalanuv­chilar (2015-yil 15-martda — 11 937 678 kishi) ro‘yxatdan o‘tib, Courseraning 116 hamkori taqdim etgan 984 kursda o‘qidilar, ayniqsa, 2013-yildan boshlab ko‘pgina oliy ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlarda OOOKga bo‘lgan qiziqish butun dunyoda keng tarqa­lib ketdi. Bu sohada 15 OOOK-maydonchalar (Coursera, EdX, Udacity va bosh.) va millionlab tinglovchilarga ega AQSh yetakchilardan biri bo‘lib sanaladi. O‘zining OOOK maydonchalarini Germaniya (Iversity) va Ispaniya (Crypt 4 you), Buyuk Britaniya 12 oliy ta’lim muassasasidan iborat Futurelearn, Yevropa Ittifoqi Open up Ed (11 universitet) ittifoqlarini yaratdilar.

Coursera rasmiy saytidagi kurslardan namunalar



Udacity rasmiy saytining umumiy ko‘rinishi

ОOOKning keng tarqalishi masofaviy texnologiyalardan maksimal foydalangan holda yangi ta’lim paradigmasining shakllanishiga va yagona transmilliy axborot-ta’lim muhiti yaratilishiga olib keladi. Hozirda Coursera loyihasi ishga tushgandan boshlab elektron ta’limning mashhurligi nihoyatda oshib ketdi. Shu bilan birga, onlayn-kurslarning sifati ham oshgan, uzluksiz ra­vishda texnologiyalar takomillashib bormoqda, materialni o‘zlashtirish va foydala­nish uchun qulay bo‘lgan universal virtual muhitni yaratishga yordam beradigan turli ilovalar va platformalar ishlab chiqilmoqda. OOOK loyihalariga ishonchlilik va aha­miyatlilikning ortishi jahonning yetakchi universitetlari bo‘lgan Masachusets texno­logik, Stenford, Garvard va boshqalarning ishtiroki natijasida sodir bo‘layapti. Shuni ham aytib o‘tish joizki, OOOK haqida fikr­larning har xilligiga qaramay, onlayn-kurslar ommalashib bormoqda. OOOKning uch-to‘rt yillik faol tarqalishi bir necha o‘nlab, hatto minglab kishilardan iborat auditoriyani to‘plash kabi sensatsion natijalarga olib keldi. O‘zining bepulligi tufayli ommaviy va ochiq bo‘lgan yetakchi jahon universitetlari­ning kurslari bo‘yicha o‘qish hozirda haqiqatga aylandi, bu esa millionlab insonlar uchun yuqori saviyada uzluksiz ta’limning rivoj­lanishini ta’minladi hamda katta mablag‘ bo‘lmagan to‘lovlar evaziga imtihonlarni topshirib yoki yakuniy topshiriqlarni bajarib, sertifikat olishga imkoniyatlar yaratildi.

OOOK tugatganligini tastiqlovchi sertifikat namunasi

ОOOKning asosiy xususiyatlari ta’lim­ning uzluksizlik va shaxsga yo‘naltirilgan tamoyillarini amalga oshirish, tushunish uchun qulay bo‘lgan shaklga keltirib, zamonaviy ilmiy g‘oyalarni keng targ‘ib etish kabi vazifalar bilan bog‘liq:

1) ommaviylik, ya’ni kurs tinglovchilari soni cheksizligi;

2) ochiqlik, ya’ni istagan kishiga, unga qulay joyda va vaqtda bilimlarni bepul berishi;

3) kurslarning yaxlitligi, ya’ni kurslar nafaqat o‘quv material parchalari, balki amaliy mashg‘ulotlar, kommunikatsiya, olingan bilimlarni nazorat qiluvchi materillarni o‘z ichiga oladi;

4) kurs muvaffaqiyatli o‘zlashtirilganda sertifikat olish imkoniyati.

Onlayn-kurslarda o‘qish natijalarini hisobga olish bo‘yicha harakatlar AQSHda kuzatilmoqda. U yerda 2013-yilda Amerika ta’lim kengashi universitetlar mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va AQSH kollej­larida hisobga olish uchun tavsiya qilingan 5ta kursni ma’qulladi. Kurslar yakunida real vaqtda videokonferensiya rejimida akkre­ditatsiyadan o‘tgan imtihon xizmati yordamida onlayn-imtihon o‘tkaziladi. Yevro­komissiya ham VMPass loyihani virtual mobillik va ochiq ta’lim resurlar bo‘yicha o‘qishni, onlayn-mashg‘ulotlarni real mash­g‘ulotlarga tenglashtirish, OOOK bo‘yicha attestatsiya natijalarini rasmiy o‘qish dasturlariga, shu bilan bir qatorda, universitet dasturlariga kiritishni qayta hisoblash imkoniyatini beruvchi o‘qish pasporti yor­damida tan olinishini ma’qulladi. Loyiha onlayn-ta’limni an’anaviy ta’limga tenglashtirish va ularning diplomlarini teng ahamiyatli qilishni taklif etadi. Massachusets texnologik instituti va Garvard universitetlari tomonidan yaratilgan edX platformasida bilimning turli sohalari bo‘yicha 300 dan ortiq kurslar joylashtirilgan. Bugungi kunda 2011–2012 yillarda AQShda start olgan, yuqorida qayd etilgan uchta platforma (Coursera, EdX, Udacity)lar auditoriyasi millionlab insonlarni o‘z ichiga qamrab oladi, ammo boshqa davlatlarda OOOK vosita­sida ta’limni amalga oshiruvchi o‘xshash loyihalar paydo bo‘lmoqda. Buyuk Britaniya­da Ochiq universitet yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda Futurelearn plat­formasini yaratdi, Rossiyada Lektorium lo­yihasi ishga tushirildi, uning doirasi ikkita: mediateka (ochiq videoma’ruzalar) va OOOK yo‘nalishlarida faoliyat olib bor­moqda. Avstraliyaning ochiq universitetlari Open 2 Study loyihasini yo‘lga qo‘ydi, ular­ning platformasiga sakkizta kategoriya bo‘yicha taqsimlangan 50ta kurslar joylashtirilgan. Kanada, Yevropa Ittifoqi, Lotin Amerikada internet-maydonlar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, bu mamlakatlarning universitetlar va tashkilotlar tomonidan o‘z saytlari yoki mustaqil saytlarda taklif qilinuvchi ko‘pchilik OOOKlar mavjud. D.Simens 2012-yildagi internet nashridan birida OOOKni yaratishda qo‘llanuvchi pedagogik modellarning farqlarini tahlil qildi. Coursera va edX lo­yihalarining shiddatli rivojlanishiga to‘xta­lib, birinchi navbatda, diqqatini OOOKning oliy ta’lim tizimidagi o‘rni, kurslarning shakl­lari kabi masalalarga emas, butun dunyoda millionlab talaba­larning hayotini o‘zgarti­ruvchi OOOKning ta’lim potensialiga qaratdi, bu OOOK yaratuvchilarning birinchi navbatdagi maq­sadi bo‘lishi kerak, deb ta’kidladi.



OOOK o‘quv jarayonining ko‘rinishi

ОООK formatidagi kurslar uzviy bog‘­langan ma’ruzalar, olingan bilimlarni nazorat qiluvchi test va topshiriqlar, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida maxsus internet-maydonchada doimiy muloqotni hamda eng yaxshi talabalarni aniqlash uchun yakuniy imtihon o‘tkazishni o‘z ichiga olgan va interaktiv masofaviy o‘quv jarayon o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. OOOKda tinglovchilar o‘zaro muloqotiga ko‘p e’tibor beriladi, masalan, forumlar orqali, onlayn va shaxsan muloqot qilish, ma’ruzalarni birgalikda ko‘rish va b. Ochiq onlayn-kurslarda o‘qish jarayonida o‘quv kursining jadvali bo‘yicha topshi­riqlarni o‘z vaqtida bajarish majburiy hisoblanadi. Ommaviy onlayn ta’limning rivojlanishiga bir qator omillar to‘sqinlik qilmoqda: buni masalan, ular orasida ting­lovchilarning o‘qishga bo‘lgan past motivatsiyasi, turli mamlakatlar ta’lim tizim­larida farqlarning mavjudligi, ko‘pgina OOOKlar ingliz tilida ishlab chiqilganligi, OOOKni oliy ta’lim dasturlariga kiritib qo‘yish me­xanizmlarining yo‘qligi; ish beruvchilar va boshqa o‘quv muassasalari uchun ahamiyatga ega ta’lim olganlikni tasdiqlovchi hujjatning yo‘qligida, deb tushuntirish mumkin.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, ta’limni modernizatsiya va isloh qilish jarayonlari oliy ta’lim tizimida, ayniqsa, yaqqol namo­yon bo‘ladi. Bu yerda dars berish jarayonida yangi texnologiyalar ta’lim sifatini oshi­rish maqsadida doimiy ravishda joriy etib bori­lishi zarur. O‘z-o‘zidan ravshanki, ta’lim tizi­mini isloh qilish jarayoni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar­ning zaruriy omili hisoblanadi va doimiy xarakterga ega. Bu jarayonda oliy ta’lim sifatini ta’minlashda ilg‘or xorijiy tajribalar va modullarni tatbiq etish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolishi juda mu­himdir.




Download 31,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish