Задание (Topshiriq) – o‘quv elementi talabalar ishlarini jamlash, baholash va ularni sharxlash hamda o‘qituvchilarga kommunikativ topshiriq qo‘shish imkonini yaratadi. Talabalar har qanday raqamli fayllarni yuborishlari mumkin. Jumladan, Word hujjatlari, elektron jadvallar, rasmlar, audio yoki video fayllar. Qo‘shimcha yoki yordamchi o‘qituvchilar talabalardan javoblarini matn muharriri orqali kirishini talab qilishlari mumkin. Tizimdan tashqarida bajariluvchi yoki raqamli fayl bo‘lmagan topshiriqlar ham berilishi mumkin. Bunday hollarda topshiriq javobi matn muharriri orqali topshiriladi. Topshiriq o‘qituvchi tomonidan baholanib, faylga javob mulohaza ko‘rinishida, talaba yuborgan faylni to‘g‘rilangan shaklida yoki audio fayl ko‘rinishida javob qaytarilishi mumkin. Javoblar ballar, foydalanuvchilarning baholash shkalalari yoki “Ilg‘or” uslublar yordamida baholanishi mumkin. Natijaviy ko‘rsatkichlar baholar jurnaliga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |