2.PEDAGOGIK WEB-DIZAYN FANI VA UNING VAZIFALARI
Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari dunyoda jadallik bilan rivojlanayotgan sohalardan biriga aylanib bormoqda. Kompyuterlar asta sekin insonlar hayotiga kirib bormoqda. Ya’ni faol ish yurituvchini internet global tarmog’isiz tasavvur qilish qiyin. Kompyuter texnologiyalari inson hayoti tarzida, kichik va katta korxonalarda, kompaniyalarda, o’quv dargohlarida, davlat muassasalarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Pedagogik Web-dizayn fanini o`qitishdan maqsad– har bir mutaxassis o`z kasbiy sohasida qo`llashi lozim bo`lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, turli hil saytlar yarаtish va unga ishlov berish imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo`lishi va ulardan foydalanish uchun ko`nikma va malakalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat.
Pedagogik Web-dizayn fanining vazifasi:
pedagogik Web-dizaynning nazariy asoslari, Internet tarmog`ining hizmatlari;
Web-dizaynning uskunaviy vositalari;
ta’limiy Internet resurslar;
sayt va portaltuzilmasi va asosiy hizmatlari;
ta’limiy Internet resursni testlash va baholash;
ta’limiy Web-resursning mazmunini tuzilmalashda matematik modellardan foydalanish;
Internet resursni yaratish texnologiyasi asoslari haqidagi bilimlarni berishdan iborat.
«Pedagogik Web-dizayn» o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:
Web-dizayn va pedagogik Web-dizayn, Internet tarmog`i xizmatlari, Web – texnologiyalar, ta’limiy Internet resurslari, ta’limiy Internet resurslar yaratish texnologiyasi, ta’limiy Internet resurslar yaratishning uskunaviy (dasturiy) vositalari to`g`risida bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
sayt va portallar yarata olish, ta’limiy Internet resurslarini pedagogik loyihalash, uskunaviy (dasturiy) vositalardan foydalana olish, matnli va grafikli axborotni Web – sahifaga joylashtira olish, intrefaol effektlar yarata olish, Web – sahifani Internet tarmog`iga joylashtira olish ko`nikmasiga ega bo`lishi lozim.
Internet tarmog`i xizmatlarini, Web - texnologiyalar tasnifini, Web – dizaynning uskunaviy vositalarini, sayt va portalning tuzilmasini va yaratish texnologiyasini, ta’limiy Internet resurslarini pedagogik loyihalashni, ta’limiy Internet resurslarini yaratishda qo`llaniladigan uskunaviy (dasturiy) vositalarini ishlata bilish malakalariga ega bo`lishi kerak.
Pedagogik Web-dizayn fani mutaxassislik fanlaridan biri hisoblananib, 2 semestrda o`qitiladi. Dasturni amalga oshirish o`quv rejasidagi rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot metodologiyasi, ta’limda axborot texnologiyalari, mutaxassislikka kirish, ta’limda avtomatlashtirilgan axborot resurslari fanlaridan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi.
Pedagogik Web-dizayn fanidan olingan bilim, ko`nikma va malakalar oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun kadr tayyorlab, kasbiy faoliyatida mutaxassislik fanlarini o`qitishda va boshqa fanlarga tadbiq etishga katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |