24
Bu tizimda biror masala yechilganda: bilimlar bazasida kerakli qoidalar
to'planadi, muayyam masalaga taalluqli to'plangan
bilimlar, qoidalar asosiy ishchi
xotirasida ishlanadi va yangi qonun-qoidalar natija sifatida chiqarish mexanizmi
orqali olinadi.
Odatda, logika masalalarini yechishda ikkita usul qo'llaniladi:
birinchi usulda ishchi xotiralardagi boshlang'ich informatsiyani olish, boshqa
yordamchi narsalardan foydalanib, qoidalarni qo'llash ishlari bajariladi. Bu usul to'g'ri
zanjirli fikrlash deyiladi.
Bilimlarga asoslangan tizimlar qo'llanilish sohasini bir
nechta asosiy sinflarga
guruhlash mumkin:
Bular tibbiyot diagnostikasi, nazorat qilish va boshqarish, mexanika va elektr
qurilmalar
diagnostikasi,
o'qitish
va
hokazo.
Tibbiyot diagnostikasi.
Diagnostik tizimlar organizm faoliyati
buzilishi va ularni
keltirib chiqarish sabablari orasidagi bog'liqlikni topish uchun xizmat qiladi. MYCIN
tizimi eng ko'p tarqalgan tizim hisoblanadi (u davolanayotgan odam miningit yoki
bakterial infeksiyalar yuqtiril-ganda) diagnostika va kuzatuv olib borish uchun
qo'llaniladi. Uning birinchi g'oyasi 1970-yillar o'rtalarida Stendford Universi -tetida
ishlab chiqilgan edi. Ayni vaqtda bu tizim mutaxassis vrach kabi diagnoz qo'yish
imkoniyatiga ega. U shuningdek, kengay-tirilgan bilimlar bazasiga ega. Bu esa uni
tibbiyot
sohasida
qo'llash
imkoniyatini
yaratadi.
Prognozlash.
Prognozlash tizimlari ayni vaqtdagi holatga qarab kelib chiquvchi natija
va hodisalarni oldindan aytib berish imkoniyatiga ega. «Uoll-strit egallash» DASTUR
tizimi bozorning konyunktu-rasini tahlil qilib, algoritmlarning
statistik usullari
yordamida siz uchun kapital mablag'ingizda yuqori samara bilan foydalani-shingizni
25
maslahat berishi mumkin. Ular bilimlarga asoslangan tizimlarga kirmaydi, chunki
oddiy dasturlash protsedura va algoritm-lari qo'llanilgandir. Sizning mablag'ingizni
bozor konyunkturasini o'rgangan holda aniq ko'paytiradigan ETlar hali yaratilmagan
bo'lsa-da, ob-havoni oldindan aytib beruvchi hosildorlik va yo'lovchilarning sonini
oldindan aniqlovchi ma'lumot tizimlari tobora keng qo'llanilmoqda.
Hatto shaxsiy
Komp’yuter ga oddiy tizimni o'rnatib, siz ob-havo ma'lumotini olishingiz mumkin.
Rejalashtirish.
Rejalashtirish tizimlari ko'p o'zgaruvchilar ishlatiladigan
masalalarda aniq bir maqsadga erishish uchun qo'llaniladi. Savdo-sotiq sohasida
Damashqning «Informat» firmasi birinchilardan bo'lib, o'zining sotib oluvchilariga
foydalanuvchining talablari va imkoniyatiga mos keluvchi Komp’yuter topish
imkoniyatini 15 minutli konsultatsiya sifatida firma ofisining zaliga o'rnatilgan 13 ta
ishlab turuvchi stansiyalar yordamida amalga oshirdilar. Bundan tashqari «Boeing»
kompaniyasi ET larni kosmik
stansiyalarni loyihalashtirish, vertolyotlar ta'miri va
samolyot dvigatellarining ishdan chiqish sabablarini topishda qo'llamoqdalar. DEC
firmasi tomonidan ishlab chiqilgan XCON ekspert tizimi foydalanuvchi talabiga mos
kelgan holda VAX tipidagi Komp’yuter tizimlarining tuzilishini aniqlash yoki
o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Shuning-dek, DEC tomonidan yanada kuchliroq
bo'lgan XKEL tizimi ishlab chiqilgan. U XCON tizimining bilimlar omborini o'z
ichiga olgani holda foydalanuvchiga kerakli tuzilishdagi
hisoblash tizimini tanlash
imkonini beradi. XKEL XCON dan farq qilgani holda interaktiv bo'ladi.
Interpretatsiyalash.
Interpretatsiyalovchi tizimlar kuzatish natijalari asosida ma'lum
bir xulosani
keltirib
chiqarish imkoniyatiga
egadir.
Prokpector
tizimi
interpretatsiyalash tipidagi mashhur tizimlardan biri hisoblanib, 9 ta ekspertning
bilimlarini o'zida jamlagandir. Ekspertizaning 9 ta usulini uyg'unlashtirgan tizim katta
qiymatdagi qazilma boyliklarni aniqlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: