Tebranishlar


TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR



Download 1,45 Mb.
bet7/18
Sana16.06.2021
Hajmi1,45 Mb.
#66339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
LABORATORIYA 2 -semestr

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR


1. To‘lqinning siljishi, amplitudasi, davri, doiraviy, oddiy chastotasi va fazasini ta’riflang.

2. To‘lqin hosil bo‘lish jarayonini tushuntiring. Bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlarni ta’riflang va misollar keltiring. Tovush to‘lqinlari deb qanday to‘lqinlarga aytiladig‘

3. To‘lqin uzunligini ta’riflang. To‘lqin uzunligi, to‘lqinning tarqalish tezligi va chastotasi orasidagi bog‘lanish formulasini yozing.

4. Yassi to‘lqinni ta’riflang. Yassi to‘lqin tezligini chiraring.

5. To‘lqinlar interferensiyasini tushuntiring.

6. Turg‘un to‘lqin deb qanday to‘lqinlarga aytiladi. Turg‘un to‘lqinning tugunlari va do‘ngliklarining hosil bo‘lishini ta’riflang.

7. Turg‘un to‘lqin usuli bilan tovush tezligini aniqlashni bayon.

DIFRAKSION PANJARANI O’RGANISH VA YORUG’LIKNING TO'LQIN UZUNLIGINI TOPISH


Vazifada GS-30 generator-spektrometrlarda difraksiya burchagini bevosita o’lchash yo’li bilan difraksion panjaraning doimiysi va yorug’likning to’lqin uzunligi aniqlanadi. Bundan tashqari, panjaraning burchak dispersiyasi hamda uning ajrata olish qobiliyati haqida tushuncha beriladi.

Kirish. Difraksion panjara deb, biror tabiatli to’lqinning tarqalishiga ta’sir etuvchi har qanday davriy (yoki davriylikka yaqin). Tuzilishga aytiladi. Eng sodda difraksion panjara shisha plastinkadan iborat bo’lib, uning ustiga bo’lish mashinasi yordamida bir qator parallel shtrixlar chizilgan. Bo’lish mashinasida chizilgan joylar yorug’likni shunday sochib yuboradiki, yorug’likning faqat juda oz qismigina kuzatish tomoniga yonaladi. Shunday qilib amalda shtrixlar plastinka shkastlanmagan qismlari – tirqishlar orasidagi noshaffof oraliqlardir.

O’qitish amaliyotida difraksiya shisha difraksion panjaralardan tashqari replikalar deb yuritiluvchi metal panjaralardan jelatinda izlar nusxalar qoldirish yo’li bilan hosil qilinadi. Sinib qolmaslik uchun jelatin nusxalar ikkita yassi parallel shisha plastinka orasiga qo’yiladi. Keyingi vaqtda darslarda tekkan va ishlatilgan fotoplastinkalardan osongina tayyorlanadigan panjaralardan foydalana boshlandi. Bu plastinkalarning ustidan bo’lish mashinasining keskichi vositasida ehtiyotkorlik bilan foto emulsiya qatlami olib tashlandi.

Sodda hollarda yorug’lik tinik uchastkalarining eni a , xira uchastkalarining eni v bo’lgan shaffof difraksion panjaraga normal tushayotganda asosiy maksimumlarga yo’nalish



tenglikdan aniqlanadi, bundan



(1)

(1а)

bunda  - difraksiya burchagi,  - yorug’likning to’lqin uzunligi, K – spektr tartibi K=0, +1, +2, . . . d=(a+в) panjara doimiysi. K=0 bo'lganda hamma to’lqin uzunliklar uchun maksimumlik sharti bajariladi, ya’ni K=0 bo’lganda markaziy yorug’lik polosa kuzatiladi. K ning boshqa hamma qiymatlarining ikki xil ishorali () bo’lishi spektrlarning markaziy yorug’ polosaning o’ng va chap simmetrik joylashgan ikki sistemasiga mos keladi (1-rasm).

Panjara yordamida hosil qilish mumkin bo’lgan spektrlarning eng katta soni



(2)

munosabatdan anqlanadi.

Difraksion panjaraning asosiy tavsifi uning ajrata olish qobiliyati va dispersiyasidir. RASM. 2-rasm.

Panjaraning ajrata olish qobiliyatini Reley shartidan foydalanib hisoblash mumkin. Reley shartiga binoan, ikkita monoxromatika spektral chiziqdan birining bosh maksimumi unga eng yaqin ikkinchi chiziqning minimumi o'rniga tushgan holda bu ikki chiziq bir-biridan ajraladi, ya’ni yakka-yakka ko'rinadi. Bu (2-rasm) shartdan panjaraning ajrata olish qobiliyati



(3)

ekanligi kelib chiqadi, bunda N panjaradagi shtrixlar soni. Panjaraning ajrata olish kuchini oshirish uchun N ning qiymatini oshirish kerak, chunki K spektr tartibi kichik sondir.



Dispersiya ikkita spektr chiziq orasidagi burchak qiymatining shu chiziqlarning to’lqin uzunliklari farqiga nisbati

(4)

bilan aniqlanadi, bunda  angemstramlarda (A) ifodalangan. Agar o’lchash okulyar mikrometrli truba vositasida o’tkazilayotgan bo’lsa, u holda dispersiya spektral chiziqlar orasidagi mm larda ifodalangan S chizqli masofaga qarab ham aniqlanishi mumkin. Bunda o’lchangan masofaning  ga nisbatini olish lozim. S=F, d (bunda F8 – turba ob’yektivning fokus masofasi) bo’lganidan chiziqli dispersiya






munosabat bilan ifodalanadi.



Panjaraning burchak dispersiyasini (1) formulani differensiallash bilan topamiz.

(5)

Oqish burchagi kichik bo’lganda panjaraning dispersiyasi o’zgarmas bo’ladi, d esa  ga proporsionaldir. Shu sababli difraksion spektrlarni shisha prizmalar yordamida hosil qilingan spektrlardan farq qilish uchun, ular ba’zan "normal spektrlar" deb ham ataladi. Shisha prizmalar yordamida hosil qilinadigan spektrlarda burchak dispersiya spektrning qizil qismida binafsha qismidagiga qaraganda kam bo’ladi.


1-MASHQ. PANJARANING DOIMIYSINI ANIQLASH
O’lchashlar. Truba biron tomonga, masalan, chap tomonga simob spektrda birinchi yashil chizig’i (-5461 Ao) ko’ringuncha buriladi. Unga truba to’g’rilanadi va hisoblash o’tkaziladi. Trubani shu tomonga burashni davom ettirib, huddi shu chiziqning o’zi ikkinchi tartibli spektrda topiladi va unga truba to’g’rilanib, yana hisoblash o’tkaziladi. Spektrning tartibi ortgan sari uning ravshanligi kamaya boradi.

Trubani teskari tomonga burib, nolinchi maksimumning o’ng tomoniga huddi shu xil to’g’rilashlar va hisoblashlar o’tkaziladi.

Kuzatishlardan K ning tegishli qiymatlari uchun topilgan  burchak qiymatlarini (1) formulaga ro’yib, berilgan panjaraning doimiysi hisoblab topiladi.
II-MASHQ. SPEKTRAL CHIZIQLARNING NOMA’LUM TO’LQIN UZUNLIKLARINI ANIQLASH
O’lchashlar. Doimiysi ma’lum Bo’lgan panjarani spektrometr stolchasiga, simob lampasini tirqish oldiga o’rnatib, spektrometr trubasidagi krest nolinchi maksimumga to’g’rilanadi va hisoblash o’tkaziladi.

Ko’rish maydonida birinchi tartibli spektrning kerakli chiziqlari paydo bo’lguncha truba biron tomonga buriladi. Krestni ularga navbati bilan to’g’rilab, hisoblashlar o’tkaziladi. Trubani burishni davom ettirib, ikkinchi tartibli spektrning chiziqlari topiladi va hokazo. Nolinchi maksimumdan ikkinchi tomonga ham huddi shunday o’lchashlar o’tkaziladi.

Panjara doimiysining qiymatini va kuzatishlardan topilgan K ning mos qiymatlariga tegishli  burchak qiymatini (1a) formulaga ro’yib, tekshirilayotgan chiziqlarning to’lqin uzunliklari topiladi.


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish