1. Bundan tashqari O‘zbekistondan 20 nafar o‘qituvchi, doktorant va talabalar Ispaniyaning Alkala de Enares universitetida malaka oshirib qaytdilar2.
Ispaniya sayyohlik sohasi yuksak darajada rivojlangan davlatlar sirasiga kiradi. Shu sohadan har yili davlat g‘aznasiga 34 milliard AQSh dollariga yaqin mablag‘ tushadi. Jahon sayyohlik tashkilotining bosh qarorgoxi Madridda joylashganligi ham bejiz emas, albatta. Ayni paytda O‘zbekistonning sayyohlikni rivojlantirish borasidagi imkoniyatlari ham bu mamlakatnikidan qolishmaydi. Birinchi Prezident Islom Karimov 2003 yilning 27-29 yanvar kunlarida Ispaniya qirolligiga qilgan davlat tashrifi davomida Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Fransesko Franjialli bilan suhbat chog‘ida O‘zbekistondagi imkoniyatlardan samarali foydalanishga oid masalalar muhokama qilingan edi
Do'stlaringiz bilan baham: |