1.2-rasm. Uchib o’tish jarayonining gorizontal ko’p darajali tuzilmasi.
Ochiq tizimlar o’zaro bog’lanish etalon modeli (OSI), uning umumiy strukturasi.
Tarmoqqa birlashtirilgan kompyuterlar o’rtasidagi axborot almashinuvi juda murakkab vazifadir. Bu hisoblash tizimlarining turli xil apparat va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarining mavjudligi bilan bog’liqdir. Yagona yechim - tizimlarni moslashtirish vositalarini umumlashtirishdir, ya’ni ochiq tizimlarni yaratishdir. Ochiq tizim boshqa tizimlar bilan yagona umumiy kirishli standartlar va spesifikatsiyalar asosida o’zaro aloqada bo’ladi.
1984 yilda Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO) yetkazib beruvchilarga o’zaro moslashuvchanlikka ega bo’lgan tarmoq apparat va dasturiy vositalarni yaratishda yordam berish uchun industrial standart - ochiq tizimlar o’zaro bog’lanish etalon modeli (Open System Interconnection/Reference Model - OSI/RM) ni taqdim qildi. Ushbu modelga muvofiq ravishda quyidagi bosqichlar ajratiladi (1.3-rasm.)
1.3-rasm. OSI etalon modeli.
Amaliy daraja
Amaliy daraja tarmoq ilovalarini qo’llash uchun mo’ljallangan. Amaliy darajaning ko’plab protokollari mavjud bo’lib, ulardan eng muhimlari HTTP (web - sahifalar formatini uzatish uchun), SMTP (elektron pochta uchun) va FTP (fayllarni almashinish uchun) hisoblanadi.
Amaliy daraja protokollari oxirgi tizimlar bo’yicha taqsimlangan, oxirgi tizimdagi har bir ilova boshqa oxirgi tizim bilan ma’lumotlar paketlarini almashlash uchun protokolni ishlatadi. Amaliy daraja almashinuvi birligi (ma’lumotlar paketlari) xabarlar deyiladi.
Boshqa sathlardan farqli ravishda amaliy sath - foydalanuvchiga eng yaqin bo’lgan sath bo’lib, OSI ning boshqa sathlariga xizmat ko’rsatmayli, ammo OSI modeli masshtabidan tashqarida yotgan amaliy jarayonlarni ta’minlaydi.
Amaliy sath oxirgi foydalanuvchining amaliy jarayonlarini bevosita qo’llab - quvvatlash (matn protsessorlari, bank terminallari dasturlari va boshq.) va ushbu dasturlarning o’zaro aloqasini ma’lumotlarni uzatish tarmog’i bilan o’zaro aloqadorligini boshqarish imkonini beradi: