Operatsion tizim funksiyalari.
Operatsion tizim (OT) tushunchasi qisqacha izohlanadigan bo‘lsa, bu boshqaruv dasturidir. OS bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur.
Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo'linadi.
Fizik resurslarga:
- xotira;
- vinchester;
- monitor;
- tashqi qurilmalar;
- va shu kabilar kiradi. Dasturiy resurslar bu:
- kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar;
- kompyuter ishlashini ta’minlaydigan boshqaruvchi dasturlar;
- berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar;
- drayverlar;
- virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar va shu kabilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |