II Bob. Tayyorlov guruhidagi eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar nutqini rivojlantirishning samaradorligi .
2.1. Eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar nutqini rivojlantirishning korreksion pedagogika ish tizimi.
Eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar mashg’ulotlar jarayonida didaktik surdopedagogik o’yinlar avvalo
bolalarning mustaqil faoliyati sifatida namoyon bo’ldi, bu narsa unga rahbarlikning tabiatini belgilaydi.
Surdopedagog surdopedagogik mashg’ulotlar jarayonida tarbiyaviy vazifalar va bolalarning nutqini rivojlantirishda ularning imkoniyatlariga mos keladigan didaktik o’yin va o’yinchoqlarni tanlaydi, ularni o’yinni o’tkazishning turli usullari, qoidalari bilan tanishtiradi va bu qoidalarning bajarilishini nazorat qiladi.Surdopedagog bolalarni buyum va narsalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish usullari bilan tanishtirish, buyumlarning shakllari ularning ko’lami va xokozolar haqida tasavvurlarini tarkib toptirish uchun xalq didaktik o’yinchoqlaridan, tanish buyumlar tasvirlangan qirqma rasmlardan va tahloma kubiklardan (2-6 qismga bo’lingan) foydalanadi.Buyumlar haqidagi tasvvurlarni aniqlashtirish, taqqoslash malakalarini rivojlantirish uchun juft sifatlardan foydalanadi. Surdopedagogik mashg’ulotlar jarayonida o’yin va o’yinchoqlar bolalarga erkin va mustaqil foydalanish uchun beriladi. Surdopedagog ularni turli harakat vositalari va surdopedagogik o’yin qoidalari bilan tanishtiradi.Surdopedagogik mashg’ulotlarda didaktik o’yinlarning har bir bolalar uchun motor, sensor fikrlash kabi qator o’yin vazifalarini keltirib chiqaradi. Masalan, bola xalqalardan “exrom” asar ekan(minora), ko’rayotib, ularning kichrayuvchi va kattalashuvchi ko’lashini farqlay olishi yoki tiza olishi lozim.Biroq nutq nuqsoniga ega bolalar kattalar ko’rsatgan harakat
usullarini darhol o’zlashtiradi olmaydilar, shuning uchun o’yin topshiriqlarini sekin astalik bilan berishi, tarkib topshiriladigan ko’nikmalarni esa uzoq muddat mashqlantirib va mustahkamlab borish lozim. Surdopedagogik mashg’ulotlar jarayonida bolalarni surdopedagogik
o’yinlarga o’rgatish o’yinning o’zida kechadi. Surdopedagog o’yin davomida o’yin qoidalarini tushuntiradi. Takroriy o’yinlarda u qoidalarning har bir bola tomonidan bajarilishiga erishishi kerak. Surdopedagog o’yin mazmuni va qoidalarining o’zlashtirilishi darajasiga qarab, bolalarga mustaqil tarzda o’ynashga imkon beradi, o’zi esa o’yinni ko’zatib boradi, qiyinchilik tug’ilgandagina unga aralashadi.Surdopedagogik mashg’ulotlar jarayonida surdopedagogik o’yinlar mazmunida ularning oshayotgan tajribasi, atrofdagi xayot bilan tanishishga oid yangi vazifalari (kattaloarning xilma-xil mehnati,tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar bilan) va axloqiy faoliyatining rivojlanishi hisobga olinadi.Eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalarni endi bir muncha murakkablashgan sabr-toqat, bardosh, chidamlilik, tanlab chiqilgan qirqma sifatlar va tahlama ko’biklar jalb qiladi.Surdopedagog surdopedagogik mashg’ulotlarda bolalarni o’yin bilan tanishtirar ekan, surdopedagog ularga bir-ikki muhim qoidaning mohiyatini ochib beradi.Qolgan qoidalar va o’yin harakatlarini o’yin davomida aniqlashtiradi.Eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalarni maktabga tayyorlov guruhlarida o’tkaziladigan surdopedagogik mashg’ulotlarda
surdopedagogik o’yinlardagi natijalarga erishish, o’ynash, topqirlik, uddaburonlik epchilik, chidamlilik namoyon qila olish imkoniyatining mavjudligi qiziqtiradi. “Labirinit” tipidagi o’yinlar “oq va qora”, “guldur gup”, “telefon”va boshqalar ko’plab xalq o’yinlari sifatida xizmat qiladi.
Surdopedagogik o’yinlar jarayonida surdopedagogik o’yinlar yoki
o’yinchoqlarning barcha imkoniyatlaridan mustaqil tarzda nutq nuqsoniga ega bolalarning ayrimlari foydalanadi olmaydilar. O’yinchoq bilan o’ynaladigan o’yinning muayyan variant o’zlashtirib olingach, bolalarda unda bo’lgan qiziqish so’nadi. Surdopedagog bunday hollarda o’yinning yangi variantni ko’rsatish yoki boshqacha variantlarini o’ylab topishi lozim.Surdopedagogik mashg’ulotlarda surdopedagogik o’yinlarni tashkil etish asosida didaktikaning asosiy yetakchi prinsiplari yetadi. Ulardan foydalanish maktabgacha ta’lim yoshidagi nutq nuqsoniga ega bolalarning yosh psixofiziologik xususiyatlariga ko’ra ifodalangan.Surdopedagogik mashg’ulotlarda barcha mashg’ulotlar kabi o’yin faoliyati ham bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga yo’naltirilgandir. Shu bilan bir nutq nuqsonlarini bartaraf etishga qaratilgan korreksion maqsadlarni ko’zlaydi. Surdopedagogik mashg’ulotlarda surdopedagogik o’yinlar nutqi o’quv bilish,mehnat, tasviriy faoliyatining yuzaga kelishiga ta’sir eta borib, bola shaxsini har tomonlama tarbiya etishning muhim vositasiga aylanadi. Surdopedagogik
o’yinlarning bolalarning kundalik hayoti, mehnati, bilim olish bilan o’zaro uzviy aloqasi maxsus bog’chalarda tarbiyalashning o’ziga hos jihati sifatida namoyon bo’ladi. Surdopedagogik mashg’ulotlar jarayonida maktabgacha ta’lim yoshidagi nutq nuqsoniga ega bolaning ko’rgazmali-harakat va ko’rgazmali-obrazli tafakkurini belgilovchi o’rni ko’rgazmalilik prinsipini surdopedagogik o’yinlar tashkil etish ishning eng oldingi o’rinlaridan biriga qo’yadi. Uning ahamiyati Eshitishida nuqsoni boʻlgan bolaning asosiy mazmuni o’yin faoliyati orqali bilimga ega bo’lish, ijtimoiy hayot hamda tabiat hodisalarini bevosita idrok etish, kattalar harakatlarini ko’zatish va va hakozolar natijasida tasavvurlar darajasida shakllanadigan bilimlarning o’ziga hos tabiati bilan olib boradi. Voqelikning o’zi asosiy ko’rgazmalilik material sifatida xizmat qiladi. Ko’rgazmalilik asosida o’yin jarayonida foydalaniladigan rang-barang turlari (buyumlar, hayvonchalar, rasmlar va boshqalar) yangi predmentlar haqida batafsil aniq tasavvurni shakllantirishga imkon beradi.Eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalarni endi bir muncha
murakkablashgan sabr-toqat, bardosh, chidamlilik, tanlab chiqilgan qirqma sifatlar va tahlama ko’biklar jalb qiladi.
Surdopedagogik mashg’ulotlar jarayonida surdopedagogik o’yinni tashkil etishda
faollik va mustaqillik prinsipining qo’llanilishi bolani faol holatiga
qo’yadigan metod va usullardan foydalanish bilan bog’liqdir. Bunday holatda turgan bola subyektiv jihatdan mustaqil “kashfiyot” qiladi. O’zi uchun hali noma’lum narsani anglab etadi. Shuningdek, bolalarni o’yin orqali o’quv bilim faoliyatining ko’nikma va malakalariga o’rgatish, ularning bilish qobilyatlarini uzluksiz takomillashtirib borish ham faollik va mustaqillikni ta’minlaydi. O’yin jarayonida surdopedagog bolalar faoligi va mustaqilligining nisbiy tabiatliligini ham ta’kidlab o’tish lozim: ular o’qitishning, tarbiya berishning metodi va usullari hamda mazmuni biloan ta’minlanadilar.Surdopedagog ularga shakllantiruvchi ta’sir o’tkazib turadi.Surdopedagogik oʻyin bolalar faolligiga erishishda ko’p darajada ularning ixtiyoriy faoliyatini tashkil etishga suyanadi, qiziqarli o’yin materiallaridan foydalanadi, surdopedagogik mashg’ulotlarni chiroyli qilib jihozlar bilan bejaydi,o’qish jarayonida bolaning hilma-hil harakatlarini (tekshiruv, o’yin materiallar bilan bajariladigan o’yinlarni) qo’shadi. Nutq nuqsoniga ega bolalarda faollik va mustaqillikni rivojlantirishda ularning mashg’ulotlarda va kundalik hayotda olgan bilimlari, ko’nikma hamda malakalarini turli o’yinlarda, mehnatda muomalada qo’llanishlari katta ahamiyatga ega.
Surdopedagogik mashg’ulotlar jarayonida surdopedagogik o’yinlarni tashkil
etishda nutqi to’liq rivojlanmagan Eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalarda sistemalilik va izchillik ham o’ziga hos xususiyatga ega.
Mazkur prinsip avvalo o’yinning mazmuni o’yindan ko’zlangan
korreksion maqsad, bilim, ko’nikma va malakalar mazmunida mantiq
bo’lishni talab qiladi.Ushbu mantiq maktabgacha ta’lim dasturidagi u yoki bu bo’limda bir bilimdon ikkinchiga ularni kengaytirish va murakkablashtirishni ko’zda tutgan holda ifodalanishi kerak. Bu o’z navbatida bilimlar mazmunini o’zlashtirishning har bir bosqichida aniq belgilab olishni talab qiladi.Surdopedagogik mashg’ulotlar jarayonida surdopedagogik o’yinlarni tashkil etishda bolalarning kundalik xayoti va faoliyati bilan bevosita bog’liqligi (mehnat, muloqot, ta’lim bilan) mustaqillik prinsipini amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, surdopedagogik mashg’ulotlar jarayonida surdopedagogik o’yinlarni tashkil etishdan asosiy maqsad bolalarning nutqini,tafakkurini, idrokini,diqqatini, bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish uchun maashq qilishidir.Surdopedagogik mashg’ulotlar jarayonida surdopedagogik o’yinlarni tashkil etishda yosh hamda individual xususiyatlarini hisobga olish, maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida muhim prinsiplardan biri hisoblanadi.Bolalarning yoshi, naqsonlaridan kelib chiqqan holda o’yinlar tanlanadi. O’yinlardan “Sexirli xaltacha”, “Notug’ri vaziyatni top”, “Ko’biklar”, “Kesma rasmlarni birlashtirish”, “Yetishmaydigan qismini top”, “4 chisi ortiqcha”, “Ranglarni ajratib ol”, “Qo’g’irchoqni ovutish”, “Mushuk va sichqon o’yini”, “Poyezd” o’yinlari yordamida bolalar nutqidagi kamchiliklari to’g’irlab borildi. «Qo’g’irchoqni ovutish» o’yini.O’yinning qisqacha mazmuni. Bolalar stulchalarda yarim doira bo’lib o’tiradilar. Ularning qo’llarida qo’g’irchoq bo’ladi. Tarbiyachi shunday deydi: Qo’g’irchoqlar yig’lashyapti, ularni ovutish kerak. Qaranglar, men qo’g’irchog’imni tebrataman. A tovushini bolalarga tanish bo’lgan alla ashulasining ohangiga solib aytib, qo’g’irchoq tebratiladi. Qani bolalar sizlar ham tebratib ko’ringlar-chi? Qo’g’irchoqni bolalar avval navbatma-navbat a tovushini talaffuz etib tebratadilar, so’ngra a tovushini birgalikda talaffuz etib turib, qo’g’irchoqni tebratadilar. Bu o’yinni o’tkazish chog’ida bolalar a tovushini juda baland talaffuz etmasligi lozim. O’yinni diqqat bilan kuzatib borish kerak.
« Ajoyib xaltacha » o’yini .O’yinning qisqacha mazmuni. Tarbiyachi bolalarga a tovushi bor bo’lgan narsalar va rasmlar solingan chiroyli xaltachani ko’rsatadi. Birinchi bo’lib, xaltachaning ichidan biror narsani olib ko’rsatadi va nomini aytadi. Narsaning nomini aytganda a tovushini boshqa tovushlarga nisbatan, ajratib cho’zibroq talaffuz etadi. So’ngra bolalar ham navbatma-navbat xaltachaning ichidagi narsa yoki rasmlardan birini olib, uning nomini aytadilar. Bunda a tovushini boshqa tovushlarga nisbatan cho’zibroq talaffuz qiladilar.
«Mushuk va sichqonlar» o’yini. O’yinning qisqacha mazmuni. Bolalar doira bo’lib yuradilar, o’rtada mushuk rolidagi bola o’tiradi. Bolalar yura turib quyidagi she’rni past ovozda aytadilar: “Sekin sichqonlar, sekin sichqonlar. Tom boshida mushik bor. Sichqon, sichqon, ehtiyot bo’l! Mushik seni tutmasin!”Mushukni tasvirlovchi bola she’r matni tugashi bilan baland ovozda miyovlaydi va bolalar ketidan quvadi. Ushlangan bola mushik bo’ladi. Bunda bolalar ovozi juda baland ham, past ham bo’lmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |