Tayyorlov guruhi
Mashgulot nomi :Mathematika,nutq o'stirish rasm.
Mashgulot mavzusi: Predmetlarni 10 gacha Sanash va 10 sonini hosil bo'lishini o'rganish, vagonlardan poezd qurush, qo'g'irchoqlarni nomlash, vagonlar rasmini bo'lish.
Kerakli jihozlar: Paravoz va 10 ta vagon, poezd vagonlarida turli hil o'yinchoqlar bilan.
Mashg'ulotning maqsadi : Bolalarga 10 sonining hosil bo'lishini va 10 gacha bo'lgan narsalarni sanashga o'rgatish, o'yinchoqlarning nomini va uni boshqa tillardagi nomini ham o'rgatish.
Mashg'ulotga tayyorgarlik: Tarbiyachi doskaga poezd paravozi va vagonlarini ketma ket yopishtirib qo'yodi.
Mashg'ulotning borishi: Bolalar poezdda vagonlar qancha ekan sanaymiz 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10. Bolalar endi stol ustidagi o'yinchoqlarga etibor bering. Ular turli tuman sabzavotlar, gullar, o'yinchoqlar ekan. Ularning nomlarini siz ham bilasizmi? Birgalikda nomlaymiz. Bu nima ? -gul .Rus tilida Sveta. Bu barg, ayiq, yulduz, kapalak, koptok. Endi esa ularni sanaymiz, soniga mos vagonlarga joylaymiz. Nechta gul bor ekan? 10ta buni qaysi vagonga solay? 10- vagonga to'g'ri ohirgi 10-vagonga solaman. Mashinalar esa 9ta ekan, ularni 9-vagonga solasiz. 9-vagon 8-vagondan keyin joylashgan u 10-vagondan oldinda. Demak 9 soni 10 sonidan oldin keladi. Shu tariqa o'yinchoqlarni vagonlarga joylab, u yerdagi o'yinchoqlarni boshdan 1dan 10gacha sanab, 2 ta stolga joylaymiz. har guruhdan 5ta bolani chiqarib o'yinchoqlarni betartib joylashtirib ularni sanab vagonlarga joylang . Keyin esa bolalarni to'g'ri bajarganliklariga qarab rag'bat kartochkalarini olish adi. Keyin esa har bir bolaga vagonlar rasmini bo'yatamiz. Undan keyin esa bolalarga qizziqarli "O'yinchoqlar sayrda " o'yinini o'ynatamiz. Vagonlar yerga yoyilib bolalarga beriladi. Har bir vagonda 1ta o'yinchoq bo'ladi. Bolalarga poezd to'htadi o'yinchoqlar sayrga chiqdi desam sizlar musiqa sadosi ostida o'ynatamiz. O'yinchoqlar sayrdan qayttim desam siz joyingiz vagoningiz to'g'risida turib olishingiz kerak. Agar kim ohirda qolsa o'sha vagoni bilan o'yinni tark etadi. Qolgan bolalar o'yinni davom qildirib ohirida qolgan bola esa o'yinda g'olib bo'ladi. Rag'bat kartochkalarini ololmagan bolalarga matematik topishmoqlar bilan murojat qildim.
1. ola tovuq don cho'qir,suv ichadi qorasi. Kelib qo'shilsa bolasi nechta bo'lar hammasi (3ta)
2. Ali tutdi 4 baliq, Vali tutdi 5 baliq. Nechta bo'ldi hamma baliq. (9ta)
3. U shohdadir 4 ta qush, but shohdadir 4 ta qush. Uchib ketsa 3tasi shohda qolar nechtasi? (5ta)
Shahnozada bor ekan shiringina 4 olma. O'rtog'iga yegin deb, beribdi u 1 dona. Shahnozaning qo'lida qolibdi qancha olma? (3ta)
Mashg'ulot so'ngida bolalarni rag'batlantirdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |