T/R
|
Mazmuni
|
Ballar
|
1
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan to’la qonli to’g’ri ishlansa va to’g’riligi isbotlansa.
|
5
|
2
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan ishlashda 3 tagacha xatolikka yo’l qo’yilsa
|
4
|
3
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan ishlashda 5-6 tagacha xatolikka yo’l qo’yilsa
|
3
|
4
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan ishlashda 7 tadan ortiq xatolikka yo’l qo’yilsa
|
2
|
5
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan to’g’ri ishlashda qo’pol xatolikka yo’l qo’yilsa
|
1
|
1.Og’zaki so’rov quyidagi mezonlar asosida baholanadi
T/R
|
Mazmuni
|
Ballar
|
1
|
Mavzu to’liq ,asosiy fikr va tushunchalar to’la qonli o’zlashtirilishiga erishilsa
|
5
|
2
|
Mavzu asosan,asosiy fikr va tushunchalar qisman o’zlashtirilishiga erishilsa
|
4
|
3
|
Mavzu qisman o’zlashtirilishiga erishilsa
|
3
|
4
|
Mavzuning ba’zi elementlarini o’zlashtirilishiga erishilsa
|
2
|
5
|
Mavzuning o’zlashtirilishi yuqoridagi talablar darajasida bo’lmasa
|
1
|
10-Mavzu: Uch fazali elektr zanjirlari.
Reja:
1,Elektr energiyasi uch fazali manbalarning chulg‘amlarini ulash.
2,Uch fazali tok va kuchlanishni hosil qilish.
3,Simmetrik uch fazali zanjirlar.
4,Uch fazalinosimmetrik zanjirlar.
Uch fazali EYUK hosil qilish
Bir xil chastotali o‘zaro 1200 siljigan (1200 +1200 +1200= 3600 to‘la bir davrga to‘g‘ri keladi) uchta EYUK li elektr zanjiri tizimidagi tok uch fazali tok deyiladi. Rus elektrotexnigi M. O. Dolivo – Dobrovolskiy tomonidan ixtiro qilingan (1889-1891) uch fazali tok generatori, transfarmatori, motori va uzatish tizimi, uch faza tizimi elektrotexnikaning fan va texnikada etakchi sohalaridan biriga aylanishiga sababchi bo‘ldi.
Uch fazali tok bir fazali tokka nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
tuzilishi jihatdan oddiy, yaxshi ish tavsiflariga ega, ishlashda arzon va ishonchli hamda bir necha 10 vattdan 10 ming Kvt va undan ortiq quvvatli uch fazali motorlar yaratish imkonini beradi;
uni uzatishda bir fazali tokni uzatishga nisbatan taxminan 25 foiz rangli metall tejaladi;
uch faza va to‘rt simli tizimda bir biridan ga farqlanuvchi ikkita kuchlanishdan foydalanish mumkin.
Uch fazali EYUK generatorining sxemasi 1-rasmda, EYUK grafigi 2-a-rasmda va vektor diagrammasi 2-b-rasmda ko‘rsatilgan.
1-rasm. Uch fazali generator
2-rasm
a) Uch fazali EYUK grafigi. b) Uch fazali EYUK vektor diagrammasi.
Bunday generatorning aylanuvchi qismi (rotori) o‘zgarmas tok elektromagnitidan iborat bo‘ladi. Qo‘zg‘almas stator pazlari (ariqchalari) ga bir biridan 1200 burchakka surilgan 1,2,3 chulg‘am o‘rnatiladi. Rotor o‘zgarmas chastota bilan aylantirilsa, elektromagnit induksiya qonuniga muvofiq stator chulg‘amlarida fazalari bir biridan 1200 ga siljigan uch fazali sinusoidal EYUK lar hosil bo‘ladi:
2-rasmda uch fazali EYUK ning o‘zgarish grafigi ko‘rsatilgan. Bunda uch fazali , va EYUK lar hosil bo‘lgan generator chulg‘amlariga simmetrik ravishda R1, R2 va R3 yuklamalar ulansa, ularda fazalari 1200 burchakka siljigan uch fazali sinusoidal tok hosil bo‘ladi:
YUklamalarni 2 xil ulash usuli mavjud: yulduz va uchburchak.
Do'stlaringiz bilan baham: |