Manba va iste’molchilarni yulduz usulida ulash
Uch fazali tizimning alohida fazalarini A, V va S harfi bilan belgilanadi. Generator chulg‘amining boshlang‘ich nuqtalari ham shu harflar bilan belgilanadi. O‘ramlar oxirini X, Y va Z harflari bilan belgilash qabul qilingan.
Musbat yo‘nalishdagi tok generator chulg‘amlarining boshlang‘ich nuqtalaridan chiqadi va uning oxiridan kiradi, deb shart qo‘yaylik (3-rasm)
3-rasm. Iste’molchilarni yulduz usulida ulash
Agar generator chulg‘amlarining oxiri O nuqtada birlashgan bo‘lsa va ularning boshi elektr energiyasi iste’molchilariga boradigan simga ulangan bo‘lsa biz yulduz usulida ulashni olamiz. Bunda iste’molchilarning bir uchi ham O’ nuqtaga birlashtirilgan. SHunday qilib, umumiy teskari simdan uchta faza toki yig‘indisiga teng tok oqadi:
Agar uchchala faza bir xil yuklama (nagruzka) ga ulansa, faza toklari bir biridan 1200 fazaga siljigan holda o‘zaro modul jihatdan teng bo‘ladi:
OO’ o‘tkazgichdagi tokning qiymatini topish uchun toklarni o‘zaro qo‘shib chiqish kerak. Buni vektor diagramma yordamida osongina amalga oshirish mumkin (4-rasm).
4-rasm.
Diagrammadan ko‘rinadiki:
SHuning uchun OO’ simga nol sim deyiladi. Generator chulg‘amlari oxiri ulangan nuqta yoki yuklamalar uchi ulangan nuqta nol deb ataladi.
Generator o‘ramlari boshi bilan elektr energiyasi iste’molchilari ulangan simlar liniya simlari deyiladi.
Nol simli uch fazali tok tizimi to‘rt simli deb ataladi.
Bunday tizimda ikki turdagi kuchlanish va huddi shunday tok mavjud:
- liniya kuchlanishi; - faza kuchlanishi;
- liniya toki; - faza toki.
Ikki liniya simli o‘rtasidagi kuchlanish – liniya kuchlanishi, liniya va nol simlar o‘rtasidagi esa - faza kuchlanishi deyiladi. Liniya simlarida oqadigan tok – liniya toki, fazalar yuklamalaridagi tok esa – faza toki deyi-ladi.
Nol simdan tok o‘tmasa, uni olib tashlash mumkin emas-mi, degan fikr paydo bo‘lishi mumkin. Lekin yuklamalar simmetrik (bir xil) bo‘lmasa, faza kuchlanishining qayta taqsimlanishiga olib keladi va ularning biridan nominaldan ortiq, boshqasida esa kam bo‘ladi. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. SHuning uchun nol simi bo‘lsa, undan ma’lum miqdorda teskari tok oqib, nominal kuchlanish saqlab turiladi.
Hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, yulduz usulida ulangan uch fazali tizimda liniya kuchlanishi faza kuchla-nishidan marta katta bo‘ladi.
Masalan, agar liniya kuchlanishi 220 V bo‘lsa, faza kuchlanishi undan marta kichik, ya’ni 127 V bo‘ladi. Agar bo‘lsa bo‘ladi.
Nol simsiz yulduz usulida ulashdan uch fazali dvigatellar o‘ramlarini ulashda foydalanish mumkin, chunki uning o‘ramlari simmetrik bo‘ladi. Turar joylarni elektrlashtirishda albatta nol sim bo‘ladi, chunki ularda simmetrik yuklamani hosil qilish amaliy jihatdan mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |