51
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
Uchinchidan,
ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy darajali
kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan professor-
o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash ishlari talab darajasida tashkil etilmagan.
Xususan, so‘nggi 10 yilda oliy ta’lim muassasalarining doktoranturalarida
o‘qib, dissertatsiya ishlarini himoya qilmagan doktorantlar hisobi yuritilmagan.
Oqibatda, budjet mablag‘lari hisobiga o‘qigan yuzlab doktorantlar uzoq yillar
davomida dissertatsiya ishlarini himoya qilmasdan kelmoqda.
Jumladan, so‘nggi 5 yilda 328 nafar yoki 35,6 foiz doktorantlar dissertatsiya
ishlarini belgilangan muddatni buzgan holda himoya qilgan bo‘lsa, 401 nafari yoki
43,6 foizi dissertatsiya ishlarini himoya qilmagan .
VII. Oliy ta’lim muassasasiga ishga qabul qilish va mexnat munosabatlari
jarayonida korrupsiyaviy huquqbuzarlikliklarning sodir etilishining sabab va
omillari
.
Oliy
ta’lim muasssasalariga ishga qabul qilishda korrupsiyaviy
huquqbuzarliklarni sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillar siftida.
Birinchidan
, oliy ta’lim muassasasiga ishga qabul qilish va ishda bo‘shatish
vakolati muassasa rahbari vakolatiga tegishli bo‘lib, mazkur vakolatni yagona shaxs
qo‘lida to‘planishi salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.
Ikkinchidan
, oliy ta’lim muassasasiga ishga qabul qilishda “meritakratiya”
prinsipi, ya’ni ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilinmaydi.
VIII. Talabalar o‘qish joyini ko‘chirish, o‘qish yo‘nalishini o‘zgartirish
hamda o‘qishga qayta tiklash jarayonida korrupsiya huquqbuzarlkilarni sodir
etilishining sabab va omillari.
Talabalar o‘qish joyini ko‘chirish, o‘qish yo‘nalishini o‘zgartirish hamda
o‘qishga qayta tiklash jarayoni korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etilishi ko‘lami
bo‘yicha o‘qishga kiritish va ta’lim jarayonidagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklardan
keyingi o‘rinda turadi.
Mazkur huquqbuzarliklarni mavsumiy asosda sodir etilishi va talabalar uchun
manfaatdorlik xususiyati yuqori bo‘lganligi sababli pora yuqori miqdorni tashkil
qiladi.
Mazkur jarayonda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etilishiga sababchi
bo‘lgan omillar.
Birinchidan
, talabalar o‘qish joyini ko‘chirish, o‘qish yo‘nalishini o‘zgartirish
hamda o‘qishga qayta tiklash jarayonida jarayonlarning ochiq va shaffof tashkil
etilmayotganligini ko‘rsatmoqda.
Ikkinchidan
, O‘zbekisto Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20
iyunda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalarni
ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |