73 BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ (guruhda) o‘qiydigan talabalarning maksimal sonini belgilaydi.
4. Agar biror tanlov faniga belgilanganidan kam miqdordagi talabalar yozilgan
bo‘lsa, bu fan ochilmaydi va u ishchi o‘quv rejasiga kiritilmaydi. RO bu haqda bir
hafta muddatda axborot oynasiga va oliy o‘quv yurtining saytidagi fakultet
sahifasiga e’lon chiqaradi. Bekor qilingan tanlov faniga yozilgan talaba e’lon
chiqqanidan so‘ng bir hafta muddatda fanlarni qayta tanlashi va RO ga shaxsiy
o‘quv rejasiga o‘zgartirishlar kiritish haqida ariza berishi kerak.
6. Agar fanga yozilgan talabalar soni belgilangan chegaradan oshib ketadigan
bo‘lsa, dekanat ikkinchi akademik potokni shakllantiradi va o‘z xohishi bo‘yicha
tegishli malakaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni tayinlaydi. Talabalar akademik
potoklarga (guruhlarga) yozilish navbati bo‘yicha qayd qilinadilar. Bundan
ko‘rinadiki, talaba butun o‘qish davri davomida bitta akademik potokda yoki
guruhda emas, o‘z tanlovi bo‘yicha turli akademik potok va guruhlarda ta’lim olishi
mumkin.
7. O‘quv yilini yoki o‘quv semestrini muvaffaqiyatli yakunlagan talaba
belgilangan vaqtda RO ga o‘zining shaxsiy ish rejasini topshirmagan bo‘lsa, unga
kurs bo‘yicha tasdiqlangan ishchi o‘quv rejasi asos qilib olinadi.
Fanlarga yozilish tugaganidan so‘ng fakultet dekani tomonidan talabalarning
shaxsiy ish rejalari tasdiqlanadi va ishchi o‘quv rejalarini ishlab chiqish hamda joriy
o‘quv yili yoki o‘quv semestri bo‘yicha o‘quv yuklamalari va ta’lim xarajatlarini
hisoblash uchun asos qilib olinadi.
Birinchi kurs talabalarining yangi ta’lim tizimiga tezroq moslashishlari uchun
15-25 avgust kunlari RO, edvayzerlar va ARM xodimlari tomonidan tegishli
tashkiliy-uslubiy va maslahat ishlarini tashkil qilinishi tavsiya etiladi.
Talaba shaxsiy ta’lim traektoriyasini shakllantirishida va tanlov fanlariga
yozilishida, ushbu fanga asos bo‘ladigan fanlarni o‘qiganligi (prerekvizitlar) hisobga
olinadi, aks holda talaba bu fanni tanlash huquqiga ega bo‘lmaydi. Talaba o‘zi
tanlayotgan fan kelgusida qaysi fanlar (postrekvizitlar) uchun asos bo‘lishini bilishi
ham juda muhim.
Yozgi semestr kredit ta’lim tizimi sharoitida o‘quv rejasining muhim tarkibiy
qismlaridan biri hisoblanadi. U talabaning tashabbusi bilan qo‘shimcha bilim olish,
akademik qarzlarni topshirish, ta’lim dasturidagi farqlarni yo‘qotish maqsadida
pullik asosda tashkil qilinadi.
Yozgi semestrning davomiyligi akademik taqvim asosida yo‘nalishlar,
mutaxassisliklar va kurslar kesimida belgilanadi.
Yozgi semestrda o‘qishga quyidagi holatlarda ruxsat etiladi:
• “yaxshi” va “a’lo” baholarga o‘qiyotgan talabalar (qo‘shimcha bilim olish
maqsadida);