102
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
umumkasbiy fanlar, ixtisoslik fanlari va qo‘shimcha fanlar), magistraturada esa
ilmiy faoliyat turi ham qo‘shilib 3 ta blokda (umummetodologik fanlar,
mutaxassislik fanlari, ilmiy faoliyat) jamlangan. Fan bloklarining har biri majburiy
va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.
Talaba u yoki bu fanni o‘rganayotib kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun zarur
bo‘lgan aniq hajmdagi bilim, ko‘nikma va malakalarni orttiradi. Fanlarda qanday
bilimlar qay tarzda o‘zlashtirishi belgilab beriladi. Fanlar ichida sohadagi so‘nggi
ilmiy yutuqlardan kelib chiqib mavzular, qonunlar, dalillar jamlanadi va ularning
mazmuni talqin qilinadi. O‘quv rejalarda fanlar mantiqiy ketma-ketlikda, o‘zaro
bog‘liqlikda joylashtiriladi. Bunga fanlarni prerekvizitlar va postrekvizitlarga
ajratish orqali erishiladi.
DTS va MT ga muvofiq fanlar bloklarga jamlanadi. O‘quv rejalarida fanlar
ro‘yxatini shakllantirishda quyidagi tamoyillardan kelib chiqish zarur.
Bakalavriatda tabiiy-ilmiy va gumanitar fanlar intellektual, shaxsiy va
ijtimoiy rivojlangan kadrlarni tayyorlashga yo‘naltiriladi. Umumkasbiy fanlar
bo‘lg‘usi mutaxassisda tayanch va umumkasbiy bilimlarni shakllantiradi. Ixtisoslik
fanlari kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim, ko‘nikma va malakalarni
beradi. Qo‘shimcha fanlar mehnat bozorining, kadrlar buyurtmachilarining
talablaridan kelib chiqib oliy o‘quv yurti tomonidan belgilanadi.
Magistraturada umummetodologik fanlar bloki magistrlarning pedagogik,
metodologik va til ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mutaxassislik
fanlari sohada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini o‘zida aks
ettirib, kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan tor doiradagi bilim, ko‘nikma va
malakalarni o‘zida aks ettiradi. Ilmiy faoliyat bloki magistrant tomonidan amalga
oshiriladigan ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar, magistrlik dissertatsiyasini
tayyorlash, ilmiy seminarlar va ilmiy amaliyot (stajirovka) lar uchun ajratilgan.
O‘quv rejalari 3 xil shaklda ishlab chiqiladi – namunaviy o‘quv reja (NO‘R),
talabaning shaxsiy o‘quv rejasi (ShO‘R) va ishchi o‘quv reja (IO‘R). Barcha
shakldagi o‘quv rejalarida fanlarni yagona kodlash tizimi qo‘llaniladi. Kodlar
fanlarning harf va raqamli ifodasi bo‘lib, fanlar nomi va tartibini ko‘rsatadi.
NO‘R da fanlarning mazmuni va ish hajmi ko‘rsatiladi, hamda ilovalarda
fanlarning qisqa bayoni keltiriladi. NO‘R tayanch hujjat hisoblanadi, u butun o‘quv
davri mobaynida o‘zgarmaydi, har bir majburiy fan uchun aniq kreditlarni
belgilaydi. Tanlov fanlari uchun faqat umumiy kreditlar ko‘rsatiladi. NO‘R oliy
o‘quv yurti rektori tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri hamda asosiy
kadrlar buyurtmachilari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. NO‘R asosida ShO‘R
va IO‘R lar ishlab chiqiladi.
ShO‘R ni shakllantirishda talabaga NO‘R ga qo‘shimcha ravishda yana tanlov
Do'stlaringiz bilan baham: |