95
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
zarur bo‘ladi. U o‘z ichiga ma’lumotnoma-ko‘rsatkich va talabaning o‘quv-uslubiy
majmuasini (TO‘UM) o‘z ichiga oladi.
Kredit-modul tizimining asosiy farqli jihatlaridan biri faqat talabalarni zarur
o‘quv hujjatlari bilan ta’minlashdan iborat bo‘lib qolmasdan, shuningdek, oliy ta’lim
muassasasi talabaga oliy ta’lim
muassasasi, yo‘nalishlar, mutaxassisliklar, o‘quv
jarayonining tashkil qilinishi
va bilimlarni nazorat qilish, mustaqil o‘qishga
tayyorlanish, dam olish va har tomonlama rivojlanish sharoitlari haqida to‘liq
axborotni taqdim qilishi kerak.
Ma’lumotnoma-ko‘rsatkich salohiyatli hamkorlar va talabalar, shuningdek,
hamkor oliy o‘quv yurtlarining o‘qituvchilar jamoasiga o‘quv va ma’muriy tadbirlar
uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumotnoma-ko‘rsatkichdagi axborotlar ta’lim jarayoni va qo‘shimcha
tadbirlarning
shaffofligini oshirish, talabalarni mos dasturlarni tanlashga
yo‘naltirishdagi o‘quvchilar mehnatini yengillashtirish va mamlakat oliy ta’lim
muassasasalarida va xorijda ularning o‘qishini rejalashtirish hamda talabaga amaliy
axborotlarni taqdim qilish uchun mo‘ljallangan.
Unda shuningdek, oliy ta’lim muassasasi, uning joylashishi, talabalarning
yashash tarzi, qayd qilish uchun zarur ma’muriy
tadbirlar haqidagi umumiy
axborotlar va akademik kalendar ham mavjud bo‘ladi. Unga yana shuningdek, oliy
o‘quv yurtiga qabul qilish tartibi haqidagi ma’lumotlar, mashg‘ulot turlari va nazorat
shakllari, o‘qitish usullari va texnologiyalari, fanlarning kredit hajmi va ularning
tuzilmasi, fanlarni o‘qitishni tashkil qiluvchi fakultetlar va bo‘limlar nomlari ham
kiritilgan. Ma’lumotnoma nashriga imtihonlarni o‘tkazish
sharoitlari va ularni
baholash, oliy o‘quv yurtini tugatgandan keyin beriladigan akademik darajalar ham
kiritiladi.
Ma’lumotnoma-ko‘rsatkich quyidagilardan tarkib topadi:
• Kirish.
Kirish tashkilotning asosiy nizomini, tuzilmasini,
darajalarini, yo‘nalish va
mutaxassisliklarini va O‘zbekiston Respublikasida, shuningdek, oliy o‘quv
yurtidagi mavjud malakalarini o‘zida aks ettirishi o‘zida aks ettirishi zarur.
• Oliy o‘quv yurti haqida umumiy ma’lumotlar
Bu bo‘limda oliy o‘quv
yurtining missiyasi, uning qisqa tarixi, tashkiliy-
huquqiy shakli, belgilovchi
hujjatlarning huquqlari, davlat va jamoatchilik
tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasi
haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
• Akademik kalendar
Akademik kalendar dam olish kunlari (ta’tillar) ko‘rsatilgan o‘quv yili
davomidagi o‘quv mashg‘ulotlari va nazorat tadbirlarini o‘tkazish jadvalidan iborat.