Ishchang hamkorlik printsipi- bu turli idoralarga qarashli bo„lgan
kutubxona va axborot muassasalari tarmoqlari, iste‟molchilarni kitob va axborotga
bo„lgan talablarini maksimal darajada qondirish maqsadida o„z faoliyatlarini
muvoffiklashtirish, birgalikda kutubxona-axborot resurslaridan foydalanishni
bildiradi. Barcha kutubxona va axborot muassasalari tarmoqlari o„z faoliyatlarini
muvoffiqlashtirish ishlarini ishchang hamkorlik printsipi asosida amalga oshirishi
lozim. Bunda asosiy maqsad- insonlarni ma‟naviy rivojlantirish, ularni bilim olish
va ilmiy faoliyatlari uchun axborot va madaniy boyliklardan barchani
foydalanishini ta‟minlashdir. O„zaro hamkorlik ishlari mavjud qonunchilik
asosida va shartnomalarga ko„ra, ya‟ni ishchang hamkorlik printsipi asosida
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |