Mavzu bo„yicha asosiy tushuncha va atamalar
Rejalashtirish – bu rahbariyat xarakatlarining yagona yo„nalishini, tashkilot
a‟zolarining umumiy maqsadlariga erishish yo„lidagi xarakat birligini ta‟minlash
vositalaridan biridir.
Strategik rejalashtirish- rahbariyat tomonidan qo„llaniladigan va tashkilot
o„z maqsadlariga erishishi uchun yordam beradigan o„ziga mos strategiyani ishlab
chiqishga olib keladigan xarakatlar, tadbirlar, qarorlar to„plamidir.
Yillik reja - kutubxona faoliyatining asosiy yo„nalishlari, joriy yildagi
muxim vazifalari va ish mazmuni, ijtimoiy va madaniy- ma‟rifiy ishlari,
kitobxonlarni jalb qilish, adabiyotlar berilishi, ommaviy tadbirlar o„tkazish va
xokozolar bo„yicha miqdoriy ko„rsatkichlarni belgilaydi.
Kutubxona ichki rejasi- alohida kutubxona hamda uning tarkibiy
bo„linmalari- bo„lim, shu‟ba (sektor), gurux, shuningdek ayrim xodimlar
faoliyatini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |