O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA‟LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI XALQ TA‟LIMI XODIMLARINI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY
MARKAZI
ABDULLAEVA FERUZA ISLOMKULOVNA
4-SINF O„QUVCHILARIGA “SIFAT YASOVCHI QO„SHIMCHALAR‟
MAVZUSINI O„RGATISHDA “SINKVEYN” METODIDAN
FOYDALANISH
mavzusidagi
MALAKA ISHI
Yo‗nalish (guruh)
Boshlang‗ich ta‘lim o`qituvchilari 5-guruh
Tinglovchining ish joyi
Kattakurgon tuman 17-maktab
Kafedra mudiri
_____________ Raximqulova M.B.
Imzo
Malaka ishi rahbari (taqrizchi)
_____________ Maxmadmurodov Sh.
Imzo
Tinglovchi
_____________ Abdullaeva F.I.
Imzo
Samarqand – 2020-yil, iyul
Abdullaeva F.I.
2
MUNDARIJA
1.
Malaka ishi mazmunining bayoni
- 3-24-bet
2.
Ilovalar
- 25-27-bet
3.
Tinglovchining malaka oshirish davrida o‗z-o‗zini rivojlantirishi
va mustaqil bilim orttirishi bo‗yicha bajarilgan ishlari
- 28-bet
4.
Tinglovchining o‗z kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borishga
qaratilgan yo‗l xaritasi
- 30-31-bet
5.
Taqdimot slaydlari
- 32-44-bet
Abdullaeva F.I.
3
Reja:
I.
Kirish
II.
Asosiy qism
2. 1. Boshlang‗ich sinflarda ―Sifat yasovchi qo‗shimchalar‘ mavzusini
o‗rgatish
2.2. ―Sinkveyn‖ metodi haqida umumiy tushuncha
2.3. 4-sinf o‗quvchilariga ―Sifat yasovchi qo‗shimchalar‖ mavzusini
o‗rgatishda ―Sinkveyn‖ metodidan foydalanish
III. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Abdullaeva F.I.
4
KIRISH
O‗zbekiston mustaqillikka erishgandan so‗ng barcha sohalarda bo‗lgani kabi
ilm va fanda ham o‗zgarishlar sodir bo‗la boshladi. Birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimov bu o‗zgarishlarning ahamiyati haqida gapirib shunday degan edi. –
―Iqtisodiy muammolar ertami kechmi hal etiladi, lekin milliy boyligini
qadrlamagan, uning taraqqiyoti uchun qayg‗urmagan davlatning kelajagi
bo‗lmaydi. Buni doimo yodda tutmog‗imiz lozim‖? A.Qahhor ta‘kidlaganidek
kitobxonga fikrni yoki bir narsani tasavvur qildirish uchun aniq, ravon va sodda til
kerak.
Kishilik jamiyatida nutqning ahamiyati beqiyos, nutq orqali insonlar
birbirlari bilan o‗zaro fikr almashadilar. Nutq tinglovchi uchun yaqinlik bilimlar va
o‗zgarishlar xabarchisi bo‗lmog‗i lozim. Shuning uchun ham yaxshi nutq
deyilganda aytilmoqchi bo‗lgan maqsadning tinglovchi yoki kitobxon to‗liq
va aniq qilib borishi u narsa ma‘lum ta‘sir o‗tkazish tushuniladi. Nutq faoliyatida
nutq asosi o‗z oldiga qo‗ygan maqsadni eng aniq, eng to‗g‗ri, eng ta‘sirli va
tushunarli qilib ifodalashga, so‗zlarni va so‗z birikmalarini topishga, to‗plashga
intiladi.
Nutqning ravonligi, go‗zalligi, birinchidan nutq egasining so‗z boyligiga
bo‗lsa, ikkinchidan shu nutqni hosil qiluvchi vositalarning rang barangligig a ham
bog‗liq. Istiqlol samarasi o‗laroq tilshunoslikda yangi tadqiqotlar maydonga keldi.
Ammo hozirgi zamon o‗zbek adabiy tilining morfologiya bo‗limida, ayniqsa o‗rta
maktablarda sifatlarni o‗qitishning bir muncha muammolari mavjud. Ona tili
ta‘limi oldiga qo‗yilgan ijtimoiy buyurtma o‗quvchi shaxsini erkin fikrlashga
o‗zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini og‗zaki hamda yozma
shaklda savodli bayon qila olishga ya‘ni o‗quvchilarni sifatlarning ahamiyatini
o‗rgatib kommunikativ savodxonligini rivojlantirishga o‗rgatishdan iborat. Ana
shu takomillashtirilgan DTSda o‗quvchining jozibali ravon nutq madaniyati
asosiy o‗rinda turadi. Buni egallash uchun o‗quvchining so‗z boyligini oshirish
adabiy til talaffuz meyorlarini egallashni uqtirishdir. Boshlang‗ich sinf
o‗quvchilarining o‗zlariga xos-xususiyatlaridan biri shuki, ular har bir ishga zo‗r
Abdullaeva F.I.
5
qiziqish bilan kirishadilar. Lekin o‗z faoliyatlarida bir oz qiyinchiliklarga duch
kelib, ishning uddasidan chiqa olmasalar yoki tushunmasalar ularning qiziqishlari
keskin susayib ketadi. Buning natijasida o‗z qobiliyatlariga, bilim olishga, o‗qishga
nisbatan salbiy qarashlar paydo bo‗ladi. Shu boisdan ta‘lim metodlaridan ustalik
bilan foydalanish zarur.
O‗zbek tili mustaqil O‗zbekiston Respublikasining davlat tili bo‗lib, uning
o‗rta umumta‘lim maktablarida o‗qitilishi davlat ahamiyatiga molik masala
sanaladi. Yoshlarda ijodiy tafakkur, izlanish, ko‗pgina imkoniyatlardan eng
ma‘qulini tanlay olish ko‗nikmalarini milliy qadriyatlarimiz uchun va
an‘analarimiz ruhida tarbiyalashda ona tili fanining tutgan o‗rni benihoya kattadir.
Ayniqsa, mustaqil respublikamiz uchun tadbirkor va ijodkor insonni tayyorlash
masalasi ko‗ndalang bo‗lib turgan bir sharoitda bu fanning o‗qitilishi muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ona tili darslarida o‗quvchilarning tafakkurini rivojlantiruvchi o‗quv
topshiriqlari, xususan mustaqil ishlarning bajarishda ularga qo‗yiladigan talablarni
aniqlash, o‗quv topshiriqlarining tuzilishi, vazifalari va imkoniyatlarini tavsiflash,
boshlang‗ich sinf ona tili darslarida o‗quvchilarning faol fikrlashlarini va
tafakkurini rivojlantirishda nutqning o‗rni va rolini belgilash, uning muhim vosita
ekanligini lingvistik-grammatik o‗yinlar vositasida o‗quvchi-yoshlarning bilim
saviyalari yanada yuqorigi bosqichlarga ko‗tarish va mustahkamlash borasida fikr-
mulohazalarni yuritishi, malakaviy bitiruv ishimizning asosiy maqsadi
hisoblanadi.