Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Milliy  va  umummadaniy  kompetentsiya



Download 4,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/224
Sana01.09.2021
Hajmi4,23 Mb.
#161920
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   224
Bog'liq
MATEMATIKA-FANINI-OQITISH-METODIKASI

Milliy  va  umummadaniy  kompetentsiya  —  vatanga  sadoqatli, insonlarga 
mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga ehtiqodli bo`lish, badiiy 
va  sanhat  asarlarini  tushunish,  orasta  kiyinish,  madaniy  qoidalarga  va  sog`lom 
turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.  
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish 
hamda  foydalanish  kompetentsiyasi  —  aniq  hisob-kitoblarga  asoslangan  holda 
shaxsiy,  oilaviy,  kasbiy  va  iqtisodiy  rejalarni  tuza  olish,  kundalik  faoliyatda  turli 
diagramma, 
chizma 
va 
modelg`larni 
o`qiy 
olish, 
inson 
mehnatini 
yengillashtiradigan,  mehnat  unumdorligini  oshiradigan,  qulay  shart-sharoitga  olib 


36 
 
keladigan  fan  va  texnika  yangiliklaridan  foydalana  olish  layoqatlarini 
shakllantirishni nazarda tutadi. 
Mazkur tayanch kompetentsiyalari bilan bir qatorda har bir umumta’lim fani 
bo`yicha  ham  kompetentsiyalar  (FK)  ham  ishlab  chiqilgan  bo`lib,  ularni 
aniqlashtirishda  har  bir  fanning  maqsad  va  vazifalaridan  kelib  chiqildi.  Xususan, 
matematika  fani  bo`yicha  umumiy  (FK1)  va  kognitiv  (FK2)  kompetentsiyalar 
ajratib ko`rsatildi.  
Ma’lumki,  matematika  fani  -  abstrakt  fan.  Uning  mazmuni  boshidan 
oxirigacha  inson  tasavvurining  va  mantiqiy  tafakkurining  mahsulidan  iborat. 
Fanning bunday abstrakt tuzilishi, o`zini-o`zi boyitib borishi, ya’ni yangidan-yangi 
matematik  tushunchalar  va  ularning  xossalarini  ma’lum  xossalardan  hosil  qila 
olish  imkoniyati  qadimdan  insonning  aqliy  qobiliyatlarini  rivojlantirishga  xizmat 
qilib  kelgan.  Xatto  matematik  masalalarni  yechish  musobaqalari  o`tmishda  inson 
aqlini  peshlash  vositasi  bo`lgan.  Shundan  kelib  chiqadigan  bo`lsak,  matematika 
fanining  eng  asosiy  vazifasi  aynan  o`quvchilarni  o`ylashga,  to`g`ri  mantiqiy 
fikrlashga  va  mushohada  yuritishga  o`rgatishdan  iborat  ekanligi  oydinlashadi. 
Hech  qaysi  fan  matematika  fanichalik  o`quvchilarni  o`ylashga  va  fikrlashga 
majbur  qila  olmaydi.  Matematika  darslarida  turli  tuman  masala,  muammo  va 
jumboqlarini  yechish  orqali  o`quvchilar  to`g`ri  fikr  yuritish,    mantiqiy  fikrlashni 
o`rganadilar.  Insonning  mantiqiy  fikrlay  olish  layoqati  (qobiliyati  yoki 
kompetentsiyasi)  uning  eng  muhim  hayotiy  ehtiyojlaridan  biri  hisoblanadi.  Inson 
miyasi  “ishlash”dan  to`xtar  ekan,  uning  hayvondan  farqi  qolmaydi.  Xullas,  bir 
faylasuf  ta’biri  bilan  aytganda,  “Matematika  -  aql  gimnastikasidir”.  Yoshlik 
chog`idan  turli-tuman  matematik  masalalarni  yechish  orqali  o`quvchilar  hayotiy 
muammolarni  yechishga  va  turmushda  uchraydigan  muammoli  vaziyatlarida 
to`g`ri  qarorlar  qabul  qilishga  tayyorgarlik  ko`radilar.  Bu  holatda  hamma 
matematik masalalar ham bevosita hayotiy muammolar haqida bo`lishi shart emas. 
Har  qanday  matematik  masala  ham  o`quvchini  o`ylashga  majbur  qiladi.  Turli 
abstrakt  formulalar  yordamida  hisob  kitoblarni, algebraik  almashtirishlarni  to`g`ri 
bajarish, ayniqsa teoremalarni isbotlash, ya’ni ma’lum dalillar asosida uning to`g`ri 
ekanligini  asoslash  mantiqiy  fikrlashga  doir  eng  muhim  amaliyotlardan 
hisoblanadi.      
Shunday  ekan,  o`rta  umumiy  ta’lim  tizimida  matematika  fanining, 
matematikani  o`qitishning  eng  asosiy  vazifasi  o`quvchilarda  mantiqiy  fikrlash, 
to`g`ri  mushohada  yuritish  layoqatlarini  (kompetentsiyalarini)  tarkib  toptirishdan 
iborat  bo`lmog`i  lozim.  Fanga  oid  umumiy  kompetentsiyalar  matematika  fanidan 
o`quvchilar  bilishi  va  uddalashi  lozim  bo`lgan  nazariy  bilim  va  amaliy 
ko`nikmalarni,  fanga  oid  kongitiv  kompetentsiyalar  aynan  yuqorida  zikr  etilgan 
mantiqiy  fikrlash,  o`qib-o`rganish  va  fan  bo`yicha  o`zlashtirilgan  bilim  va 
ko`nikmalarni amaliyotda qo`llash bo`yicha talablarini umumiy holda belgilaydi.   

Download 4,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish