Elektron nazorat (testlashtirish) - elektron o`quv adabiyotining komponenti
bo`lib, an’anaviy kompyutersiz testlashtirishning analogidir. Elektron
testlashtirish holatida kompyuter test va uning natijalarini ko`rsatib beradi, bu bilan
bog`liq bo`lgan algoritmlarni joriy qiladi. (Masalan, bajarilgan yoki o`tkazib
yuborilgan topshiriqlarga qaytish imkoniyatining borligi yoki yo`qligi, bitta testga
vaqtning chegaralanganligi va hokazo).
Elektron o`quv qo`llanma – fanning o`quv hajmini qisman yoki to`liq qamragan
va axborotning adaptatsiya blokini o`z ichiga olgan bo`lib, masofaviy o`qitish va
mustaqil o`rganish uchun mo`ljallangan o`quv manbai.
Do'stlaringiz bilan baham: |