Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy



Download 4,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/224
Sana01.09.2021
Hajmi4,23 Mb.
#161920
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   224
Bog'liq
MATEMATIKA-FANINI-OQITISH-METODIKASI

6) 
uyga vazifa (o`tilgan mavzu bo`yicha bilim, malaka va ko`nikmalarni 
yanada mustahlamlashga, kelgusi dars uchun hozirlik ko`rishga qaratilgan mustaqil 
bajariladigan  savol,  mashq  va  topshiriqlar  majmuasi).  Dars  so`nggida  uyga 
vazifalarni  berishda  o`quvchilarga  individual  yondashgan  ma’qul.  Har  bir 
o`quvchining  salohiyatiga  qarab,  sinfda  ishlangan  masalalarga  teng  kuchli 
topshiriqlarni  berish  kerak  bo`ladi.  Shu  bilan  birga  o`quvchilarga  navbatdagi 
darsga  tayyorlash  maqsadida  yechimi  keyingi  darslarda  o`tiladigan  mavzuga 
bog`liq bo`lgan, lekin biroz mantiqiy fikrlab uddalash mumkin bo`lgan masalalarni 
berish  ijobiy  samara  beradi.  Agar  o`quvchi  uyda  savollarga  mustaqil  javob  topa 
olmasa,  masalalarni  yecha  olmasa,  unda  fandan  zerikish  paydo  bo`ladi,  o`z 
qobiliyatiga ishonch yo`qola boshlaydi.   
Har  bir  dars  so`ngida  o`quvchilarga  uyga  vazifa  berishda  masalalarni 
shunday  tanlash  lozimki,  aksariyat  o`quvchilar  ularni  mustaqil  yecha  olsinlar  va 
ularga  berilgan  topshiriqlarni  bajarishda  ota-onalar  ham  yordam  bera  olsinlar.  Bu 
o`quvchilarning  o`zlariga  ishonch,  fanga  bo`lgan  qiziqishining  ortib  borishiga 
hamda maktab va oila hamkorligining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.   
Darsni yakunlash va uy vazifasini berishda:  
a) darslikdan nimalarga e’tibor berishni, mavzuni takrorlashni;  
b)  qaysi  masalalarni  qanday  fikrlab  yechish  bo`yicha  maslahatlar  berish 
maqsadga muvofiq.   


68 
 
Bunda  uy  vazifasining  me’yorini  va  unga  o`quvchi  qancha  vaqt  sarflashi 
nazarda tutilishi lozim.  
O`quvchilar  darslik  bilan  ishlashga,  mustaqil  mutolaa  va  mushohada 
qilishga,  mantiqiy  fikrlab  fan  tushunchalarini  yuqori  darajada  egallashlariga 
erishish  lozim.  Darsning  bu  qismiga  3-4  minut  vaqt  ajratish  tavsiya  etiladi.  Dars 
turiga qarab uning tafsilotlari ketma-ketligi turlicha bo`ladi. Quyida shu tafsilotlar 
keltirilgan:  
Ma’lumki, DTS talablari umumiy tarzda ifodalangan bo`lib, har bir bilim va 
ko`nikmalar  haqidagi  talablar  avvaliga  sinflar,  so`ng  boblar,  so`ng  mavzular  va 
nihoyat  mavzuga  ajratilgan  dars  soatlari  kesimida  aniqlashtirib  boriladi.  Shunday 
qilib,  har  bir  darsda  bir  DTS  ning  qaysidir  bilim,  ko`nikma,  malaka  va 
kompetentsiyalarga  qo`yilgan  talablarni  o`quvchilarda  shakllantirish  bilan 
shug`ullanamiz.  Shu  jihatdan,  har  bir  darsning  ta’limiy  maqsadlarini  DTS 
talablarining  kichik  bir  uchquni  desak  bo`ladi.  Shunday  ekan,  birinchidan  dars 
maqsadlari aniq qo`yilishi va ikkinchidan darsning natijalari nazorat qilib borilishi 
lozim. Boshqacha qilib aytadigan bo`lsak, dars oxirida dars maqsadida keltirilgan 
har  bir  bilim,  ko`nikma,  malaka  va  kompetentsiyalarning  shakllantirilganligi 
tekshirilishi va nazorat qilib borilishi lozim. Shu nuqtai nazardan, dars maqsadi va 
uning natijalari bir-biriga uyg`un tarzda ifodalanishi lozim.  
Bu  o`rinda  darsning  darsga  yakun  yasash  bosqichida  beriladigan  savollar, 
kichik  topshiriqlar,  mustaqil  ish  masala-misollari  hamda  uyga  berilgan  vazifalar 
shunday  tuzilishi  kerak-ki,  ular  dars  maqsadida  belgilangan  bilim  va 
ko`nikmalarning shakllangan yoki shakllanmaganini aniqlab bersin.  
Zamonaviy  pedagogikada  inson  o`z  faoliyati,  xatti-harakati  va  ularning 
natijalarini  tahlil  qilishiga  (o`zini-o`zi  baholashiga)  refleksiya  deb  ataladi. 
Refleksiya  o`quvchilarga  o`z  o`quv  faoliyatlari  va  ularning  natijalarini 
baholashlariga  yordam  beradi.  Shuningdek,  keyingi  o`quv  faoliyati  maqsadini 
belgilashiga  va  ularga  tuzatishlar  kiritishiga  zamin  yaratadi.  SHu  jihatdan  undan 
aynan dars natijalarini baholashda foydalanish mumkin bo`ladi.  

Download 4,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish