Moddiy muloqot
-deganda sub’ektni dolzarb ehtiyojlarni
qondirish vositasi sifatida, ayni paytda shug‘ullanayotgan
faoliyatining mahsulotlari va predmetlarini ayirboshlash
tushuniladi.
25
tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ijtimoiy muloqot esa shaxslararo
munosabatlarni kengaytirish, mustahkamlash, takomillashtirish bilan bog‘liq
bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Muloqot vositasiga ko‘ra bevosita va bilvosita bo‘lib, bunda jonli
mavjudotning tabiiy organlari yordamida ya’ni qo‘li, boshi, tanasi, tovushi
yordamida axborot ayirboshlasa – bu bevosita bo‘ladi, agar muloqotni
tashkillashtirish va ma’lumot almashishda maxsus qurol va vositalardan
foydalanilsa – bu muloqot bilvosita deyiladi.
Muloqot shakl (usul)lari. Muloqot demokratik, avtoritar, liberal shakli
(usuli)da amalga oshadi. Demokratik usulda suhbatlar, munozaralar, mulohazalar
o‘zaro tenglik, o‘zaro hurmat ruhiga bo‘ysundirilib, ta’sir o‘tkazish sohalari
yashiringan holda bo‘ladi. Shu boisdan, tasodifan voqea va hodisalarning sodir
bo‘lishi turlicha baholanadi, rag‘batlantiriladi yoki jazolanadi. Mana bunday
odilona amalga oshirilgan muloqot ta’sirida o‘g‘il-qizlarda do‘stlik, dilkashlik,
xushmuomalalilik, shaxsiy xatti-harakatida va mulohaza yuritishida
mustaqillik, shaxsiy qarashlari saklangan xolda yangi norma va talablarga
moslashish, o‘z faoliyati uchun javobgarlik, emotsional zurikish davrida o‘z-o‘zini
qo‘lga olishlik kabi muxim fazilatlar paydo bo‘ladi.
Muloqotning yana bir shakli avtoritar deb atalib, bo‘nda shaxslararo teng
xukuklilik, erkin xatti-harakat qilish, tashabbuskorlik o‘z ahamiyatini yukota
boshlaydi. Masalan, boshlik tomonidan xodimlarning yurish-turishi, xatti-harakati
ko‘pincha cheklab qo‘yiladi. Boshliq tomonidan ta’sir o‘tkazishning asosiy metodi
-
jazolash
xisoblanadi.
Biroq
onda-sonda
rag‘batlantirish
metodidan
foydalanilganda ham, u xodimga ma’naviy ozuqa bermaydi. Mazkur usul oilada
qo‘llanilsa, farzandlarda ota-onaga yaqinlik, mehr hissi kamayadi, keyinchalik bu
tuyg‘u o‘zoqlashish, “begonalashish” kechinmasiga aylanadi. Oiladagi shaxslararo
munosabatlar bolalarni qoniqtirmaydi; natijada odamovi, tund, ichimdagini top,
tashvishlilik, xavotirlilik kabi sotsial norma va qoidalarga qiyinchilik bilan
moslashishdan iborat xarakter xislatlari vujudga keladi. Shu sababdan oila a’zolari
ruhiy dunyosida simpatiya (yoqtirish), empatiya (hamdardlik), samimiylik,
xayrixoxlik kabi yuksak insoniy xis-tuyg‘ular juda nursiz ifodalanadi. Ko‘r-
ko‘rona va so‘zsiz bo‘ysunishga asoslangan munosabatlar negizida yotgan
tarbiyaviy ta’sir qo‘rqoq va irodasi kuchsiz shaxsni tarkib toptiradi.
Muloqot shakli ichida liberal usuli ham ko‘zga tashlanib turadi. Bu usul
muloqot jarayonida murosasoz, ko‘ngilchan bo‘lishlik, tashqi ko‘rinishdan iliq
psixologik iqlimni, guruhiy moslikni o‘zida aks ettirgandek bo‘lib tuyuladi.
Afsuski, liberallik, murasasozlik har qanday vaziyatni til topib hal qilishga,
26
Do'stlaringiz bilan baham: |