Bazarova D.X
32
3-sinf o‗qish kitobidagi ―Ilonchaning tug‗ilgan kuni
―ertagi asosida PIRLS tadqiqotlari bo‗yicha topshiriqlarni
bajarish texnalogiyasi.
“ Ilonchaning tug„ilgan kuni.”
Shukrullo Abdullayev
(Ertak)
Bugun Iloncha yana-da xushchaqchaq. Chunki bugun uning
tug‗ilgan kuni. U har kungi odatiga ko‗ra, tonggi badantarbiyani
boshladi. Bir u tomonga, bir bu tomonga bilanglab, „Bir-ikki, bir-
ikki―, deb mashq qildi. Kulcha bo‗lib, u yoqdan bu yoqqa dumaladi.
Oxirida chiniqish uchun yonidan oqib o‗tayotgan anhorga bir
sho‗ng‗ib chiqdi. „Sog‗ tanda – sog‗lom aql―, deb qo‗ydi u o‗ziga
o‗zi. Shu vaqt ortidan do‗stlarining jo‗r bo‗lib aytgan
„Tabriklaymiz! Tabriklaymiz!― – degan xitoblarini eshitdi. Bir vaqt
ortiga qarasa, do‗stlari – erkatoy to‗tiqush Ruri-Ruri, sergap
maymuncha Moli-Moli, chopqir shalpangquloq quyonvoy Chopi-
Chopi, rahmdil tipratikan Tipa-Tipa, tinibtinchimas mitti olmaxon
Saki-Saki qo‗llarida mo‗jazgina sovg‗alari bilan turishardi.
– Do‗stlarim, sizlarni ko‗rganimdan bag‗oyat shodman, –
deya Iloncha quvonib ketdi. Shundan so‗ng Ilonchani tabriklash
marosimi boshlandi. Do‗stlar navbat bilan kelib, Ilonchaga
o‗zlarining sovg‗alarini tuhfa eta boshladilar.
– Do‗stim, – dedi to‗tiqush Ruri-Ruri gapini dona-dona qilib, –
sen uchun o‗rmondagi kitob do‗konidan „Ertaklar olami―ni alohida
tanlab oldim. Buni o‗qigach, sen ulg‗ayib, eng donishmand ilonga
aylanasan. – Rahmat, – dedi Iloncha, – qiziqarli ertaklarni juda-juda
yaxshi ko‗raman. Biroq hali o‗qishni bilmayman-ku. – Hech-qi-si
yo‗o‗q! – dedi to‗tiqush Muri Muri gapni cho‗zib gapirgancha, –
senga hammamiz bir bo‗lib, o‗qishni o‗rgatamiz.
Bazarova D.X
33
– Bu senga, – dedi sergap maymuncha Moli-Moli
Ilonchaga bir juft krossovka uzatarkan.
– Zo‗r-ku, – dedi Iloncha sovg‗adan ko‗zi quvnab, – men
xuddi shunaqasini orzu qilardim. Ayniqsa, bunda sport bilan
shug‗ullanish yanada zavqli. Rahmat senga, do‗stim.
-Mana bu ko‗zoynakni taqsang, haqiqiy ko‗zoynakli ilonchaga
aylanasan va dono bo‗- lib ko‗rinasan, – deya chopqir
shalpangquloq quyonvoy Chopi-Chopi sovg‗asini uzatdi.
– Ko‗zoynakning chiroyliligini qara. Shu bilan birga, bu
ko‗zlarimni oftobdan ham himoya qiladi, – dedi Iloncha shodon
bo‗lib.
– Tug‗ilgan kuning bilan tabriklayman. Olgin-u, oldirma,
nasibangni
yerda
qoldirma.
Cho‗-
milib,
oftobda
toblanayotganingda mana bu soyabon senga rosa kerak bo‗ladi, –
deya rahmdil tipratikan Tipa-Tipa Ilonchaga soyabon sovg‗a qildi.
– Mana buni haqiqiy sovg‗a desa bo‗ladi, – xursand bo‗lib
ketdi Iloncha. – Bu meni yomg‗ir va qordan, quyosh nuridan
himoya qiladi. Endi men soyabon ostida do‗stlarim bilan yomg‗ir
yog‗ayotganda ham kitob o‗qishim mumkin.
Olmaxon Saki-Saki Ilonchaga olib kelgan qo‗lqopni tuhfa
qildi:
– Do‗stim, bu qo‗lqop seni sovuqdan asraydi.
– Rahmat, kuyunchak do‗stim olmaxon, sovg‗angdan boshim
ko‗kka yetdi.
Iloncha bu damlarda g‗oyat shod edi. Bunga sabab, avvalo,
tug‗ilgan kuni, keyin esa barcha do‗stlari uning yonida ekanligi
ko‗nglini quvonchga to‗ldirardi.
Shu vaqt osmondan Turnavoyning „qur-qur―i eshitildi. U
Ilonchaga tumshug‗ida kattakon bir tortni olgancha uchib kelardi.
Bazarova D.X
34
– Iloncha, tug‗ilgan kuning qutlug‗ bo‗lsin! Oramizdagi
do‗stlik aslo yo‗qolmasin, – deya Turnavoy Ilonchani qutladi.
– Rahmat, Turnavoy, – dedi Iloncha, – men bugun juda ham
baxtiyorman. Chunki mehribon do‗stlarim davrasidaman. Mana
qara, sen kabi do‗stlarim menga ajoyib sovg‗alarni olib kelishdi, –
deya Iloncha Turnavoyga do‗stlarining sovg‗alarini ko‗rsata
boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: