1.2 Chiroyli yozuv malakasini shakllantirishning fiziologik asoslari. Sinfda
O'quvchilarning ish joyini to'g'ri tashkil etish.
O'quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini xosil qilish uchun, birinchi
navbatda, diqqat, sezgi, idrok etish, xotira kabi psixofiziologik funksiyalar
ishtirok etganligini ko'ramiz. Inson tashqi olamdagi predmet va xodisalarni idrok etadi, shuningdek o'z tanasidagi organlarning xarakatini va ularning xolatini
anglaydi. Idrok tashqi olamdagi predmetlarning sezgi organlari orqali nerv sistemasiga ta'sir etishi va tana xarakatlarining ta'siri tufayli xosil bo'ladi. Inson ko'z, quloq
apparatlari, teri sezgisi, muskul va ichki organik sezgilar yordamida rangni, musiqa ohangini, og'irlikni, o'z harakat muvozanatini sezadi. Predmetlarning
sezgi organlariga ta'siri natijasida miya po'stlog'ida yangi nerv boglanishlari
tarzida iz paydo bo'ladi. Ana shu nerv bog'lanishlari idrok va sezgining fiziologik asosidir. Bu bog'lanishlar miyada mustaxkamlanadi va saqlanib
qoladi.
Bu hol bizga idrok etgan va sezgan narsalarimizni xotiraga tushirishga imkon beradi.
Psixik jarayonlar va inson psixikasi xususiyatlari orasida diqqat faoliyati
alohida o'rin tutadi. U ongning hamma shakllarida ishtirok etadi. Inson idroketish jarayonida diqqat qiladi, ayrim predmet va xodisalarning xususiyatlarini ajratib oladi. Bilimni o'zlashtirish uchun o'quv materiallarini idrok etish talab qilinadi. Yozish jarayonida ko'rish va eshitish sezgilari orqali idrok qilinadi.
Idrok etilishi lozim bo'lgan materialni tartibga solish, o'rganiladigan manba
yoki uning tasvirini yaqqol ko'rsatish, bayonning ravshan va izchil bo'lishi,
sinf doskasiga hamma o'quvchi ko'ra oladigan qilib chiroyli yozish idrok etishning muvofaqqiyatli chiqishini ta'minlaydigan dalillardandir.
Bola maktabga qadam qo'ymasdan oldinroq (3-4 yoshdan boshlab)
qo'liga qalam olib turli shaklarni chiza boshlaydi, ammo bu chiziqlar
chiroyli yozuv talablariga to'g'ri kelmasada, ulardagi ayrim malakalarning
shakllanishiga yordam beradi. Kichik yoshdagi bolalarning barmoq
muskullari yaxshi rivojlanmaganligi uchun ularga surunkali yozdirib, mashq
qildirish yozuvning sifatiga salbiy ta'sir etadi.
Yozuv jarayoni turli yozuv qurollari (ruchka, qalam, bo'r) orqali amalga
oshiriladi va qaysi quroldan foydalanishga qarab qo'l xarakatlari shunga
moslashtiriladi.
Demak boshlang'ich sinf o'quvchilarini chiroyli yozuvga o'rgatishdan
oldin quyidagi malakalarni berish lozim.
1. Yozuv texnikasi, ya'ni yozuvning turli usul va priyomlaridan foydalanish.
2. Harflarning shaklini to'g'ri ifodalash, ya'ni grafik malakalarini egallash.
3. Yozuv vaqtida harflarning shakli bilan bir qatorda lining qanday tovush
bildirishini ham bilish, ya'ni imloga oid malakalarni egallash.
Yozuv malakalari 6-9 yoshli bolalar uchun o'qituvchi tomonidan bevosita kuzatib
borishni talab etadigan qiyin jarayondir. Xuddi shu davrda o'quvchiar
tomonidan bajarilgan mashqlar kelgusi uchun muhim ahamiyatga egadir.
O'qituvchi o'zining dastlabki yozgan harf va elementlaridan ruxlanadi, o'ziga
bo'lgan ishonch ortadi va keyinroq harflarni yozishga kirishadi. Shuning uchun
ham o'quvchilarda dastlabki yozuv malakalarini xosil qilishda ularning irodasini
mustaxkamlashga e'tibor berish lozim. Bunda o'qituvchining bolalar bemalol
bajara oladigan topshiriqlar tanlashida katta rol o'ynaydi.
Bu davrdan bolalardagi psixologik xususiyatlarni ham tarbiyalash hamda
ularning fiziologik o'sishlarini hisobga olish boshlang'ich sinf o'qituvchining
vazifasidir.
Maktab partalari xar xil kattalikda bo'lib, hozirgi kunda ular har xil yog'och, metallar va plastmassadan hamda ayrim sintetik materiallardan ishlanmoqda. Partalar bir o'rinli va ikki o'rinli bo'lib, ko'proq ikki o'rinli partalardan
foydalaniladi. Bu partalar gigiyenik tomondan qulay bo'lib, talabga to'liq javob
beradi. O'quvchilar juda ko'p vazifalarni, ya'ni o'qish, yozish, rasm chizish
va boshqa mashqlarni partada o'tirib bajaradilar. Bu davrda o'qituvchi
o'quvchilarni to'g'ri o'tirishga o'rgatishi, ularning normal ishlashi uchun zarur shar sharoit yaratib berishi lozim. Buning uchun o'quv yili boshida maktab
vrachi hamkorligida bolalarni yoshiga, bo'yiga, ko'rish va eshitish qobiliyatlariga
qarab partalarga o'tkazishi lozim. O'quvchilar partasi sinfdagi asosiy jihoz
bo'lib, u o'quvchilarning yoshlari va bo'ylariga mos, yozish va rasm chizish uchun qulay bo'lishi kerak. Partalar bir o'rinli bo'lib, ko'proq boshlang'ich
sinflarda ikki o'rinli partalardan foydalaniladi.
Yozuv darslarida 8-10 minut o'tgandan so'ng o'quvchilar betoqat
bo'lib, orqalariga yoki yonlariga yastanib o'tiradilar, o'rinlaridan turib ketadilar,
bu ularning charchaganliklaridan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |