Tuproq va suv juda xilma - xil mikroorganizmlar yashaydigan asosiy muhitlardan biri sanaladi. Mikroorganizmlar havoga tuproqdan, suvdan, odam va hayvonlar organizmidan o‘tadi. Tuproq, suv va havo – oziq – ovqat mahsulotlari, dori – dormonlar va preparatlar, apteka ishxonalarini mik- roblar bilan zararlaydigan asosiy manba hisoblanadi. Bundan tashqari ular odamlarni patogen mikroorganizlar bilan turli kasalliklarga duchor qilishi mumkin. Odamdan atrof – muhitga mikroorganizmlar, shu jumladan patogen mikroblar asosan najas hamda havo – tomchi yo‘l bilan ajralib chiqadi. Odamlar va issiqqonli jonivorlar yuqumli kasalliklar tarqatadi-gan asosiy manba hisoblanadi. Biroq atrof – muhit ob’ektlarida patogen mikroorganizmlar borligini aniqlash ancha mushkul, chunki, ular tabiatda nihoyatda oz miqdorda, buning ustiga vaqtincha hayot kechirib turadilar. Ularni aniqlash usullari esa uzoq muddat va ancha mehnat qilishni talab qiladi. Shu sababdan odam va hayvonlar mikroflorasidagi mikroblar miq-dori sanitar – ko‘rsatkichli mikroorganizmlar yordamida aniqlanadi. Sanitar – ko‘rsatkichli mikroorganizmlar: odam boshqa issiqqonli jonzot-larning chiqindilarida hamisha mavjud bo‘ladi; ular boshqa tabiiy rezer - vuarlarda uchramaydi yoki o‘zgacha tabiiy sharoitda yashay olmaydilar; orga- nizmdan ajralib chiqqandan keyin, xuddi shu yo‘l bilan chiqqan patogen mikroorganizlarning o‘rtacha yashash muddatiga teng umr ko‘ra oladilar; atrof-muhit ob’ektlarida tez ko‘payish xossasiga ega bo‘lmaydilar, ya’ni organizmdan chiqqanda qancha bo‘lsa, o‘sha miqdor saqlanib qolaveradi; zamo- naviy mikrobiologik vositalar yordamida oson aniqlanadi ( miqdoriy jixatidan ham ) ; o‘ziga xos belgilariga ko‘ra stabil bo‘lgan bu mikroorga- nizmlar boshqa turlardan ajralib turadigan aniq xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Tuproqda ko‘p miqdorda mayda tirik organizmlar bo‘lishi mumkin: bakteriyalar, aktinomitsetlar, zamburug‘lar sodda jonivorlar, viruslar va hokazo.
Suv – infeksiyalarning yuqishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Suv orqali asosan ichak infeksiyalari: qorin tifi, ich burug‘i, vabo, yuqumli gepatit, leptospiralar yuqishi mumkin.
Havoda asosan pigment hosil qiluvchi kokklar, tayoqchalar , zamburug‘lar, aktinomitsetlar, sporali batsillalar, klostridiylar bo‘lishi mumkin. Tashqi muhitning, inson organizmining, mikroorganizmlar bilan zararlan- ganligini xarakterlash uchun sanitar –ko‘rsatkich mikroorganizmlardan foydalanamiz. Sanitar-ko‘rsatkich mikroorganizmlar quyidagi xususiyatlar- ga ega:
Ular doimo inson va ba’zi bir hayvonlarning chiqindilarida uchraydi.
Ularning tabiiy rezervuari va tabitda yashash yerlari yo‘q.
Bu mikroorganizmlar taqi muhitga tushgandan keyin ma’lum vaqt ichida yashay olish qobilyatiga ega, bu davr ba’zi patogen mikroorganizmlar – ning tashqi muhitda saqlanish davriga teng.
4.Sanitar – ko‘rsatkich mikroorganizmlar tashqi muhitda intensiv ko‘pay – maydi, shuning uchun ma’lum davr ichida ularning miqdori doimiy bo‘ladi.
5. Ular mikrobiologik tekshirish usuli bilan aniqlanadi.
6. Sanitar – ko‘rsatkich mikroorganizmlar boshqa turdagi mikroorganizm- lardan o‘z ko‘rinishi va stabilligi bilan ajralib turadi.
Tashqi muhitdagi sanitar – ko‘rsatkich mikroorganizmlar quyidagilardan iborat: 1. Suv uchun – E. coli, S. faecalis.
2. Tuproq uchun - E. coli. S. faecalis, C. perfringens.
3. Havo uchun - S. haemolyticus, S. viridians, S. aureus.
4. Jihozlar uchun - E. coli, S. faecalis, C. perfringens.
Tuproqdagi, suvdagi sanitar – ko‘rsatkich mikroorganizmlarning miqdo- rini aniqlash uchun koli – titr, koli – indeks, perfringens – titr ko‘r- – satkichlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |