Tayyorladi: Sobirjonov Zokirjon Qabul qildi


Flavonoidlar flavon molekulasidagi V xalqaning oksidlanish darajasiga qarab quyidagi guruxlarga bo‘linadi



Download 445,12 Kb.
bet2/2
Sana08.04.2022
Hajmi445,12 Kb.
#536782
1   2
Bog'liq
Sobirjonov Zokirjon asalarichilik xaqida ilmiy ish

Flavonoidlar flavon molekulasidagi V xalqaning oksidlanish darajasiga qarab quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
Fizik va kimyoviy xossalari
O‘simliklardan ajratib olingan sof xoldagi flavonoidlar (glikozidlar va aglikonlar) rangsiz yoki zar\aldoq va sariq rangli kristall moddadir. Flavonoidlarning glikozidlari spirtda yaxshi, sovuq suvda yomon eriydi, efir, xlorofm va boshqa organik erituvchilarda erimaydi, aglikonlari esa spirt, efir va atsetonda yaxshi erib, suv sovigandan so‘ng qaytadan cho‘kadi.
Antotsianlar va ularning aglikonlari - antotsianidinlar rangi eritma (yoki xujayra shirasining) rN sharoitiga bo\liq. Odatda bu gurux birikmalar kislotali sharoitda qizil, pushti, zar\aldoq, ishqoriy sharoitda esa binafsha, ko‘k va zangori rangda bo‘ladi.
UF va ko‘k-binafsha nurlar ta’sirida flavonoidlar turli rang bilan tovlanadi. Bu tovlanish ularning molekulasidagi -B xalqasining oksidlanish darajasiga va molekulaga joylashgan funksional guruxlarning soni va o‘rnashgan joyiga bog‘liqdir. Flavonoidlar UF nur ta’sirida jigarrang va to‘q jigarrang (masalan, rutin, va boshqa flavonoidlar), to‘q qizil (taksifolin), sariq (kversetin, auronlar va ko‘pchilik flavonoidlar), yashil-sariq (aureuzidin va boshqa auroinlar), to‘q yashil va zarg‘aldoq (ksantonlar) va boshqa ranglar bilan tovlanadi.
Ko‘pchilik flavonoidlar optik faol bo‘lib, qutblangan nur tekisligining o‘ngga yoki chapga og‘diradi.
Flavonoidlarning glikozidlari suyultirilgan kislotalar ta’sirida gidrolizlanadi. O-glikozidlari S-glikozidlariga qaraganda ancha oson gidrolizlanadi. S-glikozidlarni ancha qattiq sharoitda xam gidrolizlash qiyin.
Kumarin: tanaga foyda va zarar, harakat.Ushbu modda tibbiy qo'llanmalarning keng doirasiga ega. Kumarin dori sifatida ko'pincha nevrozi, kolik, spastik konstipatsiya, surunkali obstruktiv o'pka kasalligi va bronxial astma kasalligini davolashda ishlatiladi. Chuqur tomir tromboemboliyasi, o'pka tromboemboliyasi va atriyal fibrilatsiyali bemorlarda tromboembolik asoratlami davolash va oldini olishda keng qo'llaniladigan preparatlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun yallig'lanishga qarshi ta'siri bor, shuning uchun ham shishning davolashda ishlatiladi.
Kumarin ish bilan tavsiflanadi:
antiviral,
antispazmodik, qon tomirlarini kengaytiruvchi, antibakterial,
antioksidant,
tinchlantiruvchi
antifungal,
antikoagulyant.
Bundan tashqari, kumarin fiziologiyasi psoriaz va vitiligada terining repigmentatsiyasini rag'batlantirish orqali ta'minlanadi. Ilmiy tadqiqotlar DNKning replikatsiyasini inhibe qilish va hujayra bo'linishini susaytirishi uchun uning antikarkinoen ta'sirini ishatlaydi
Akatsetin
Izoramnetin
Izoramnetinning diuretik ta'siri ham ma'lum: u tanadan ortiqcha suyuqlikni olib tashlaydi va shu bilan gipertenziyada qon bosimini normallantiradi, miya va periferik to'qimalarning shishishini kamaytiradi.
Antioksidant sifatida u miya hujayralarining fosfolipid membranalarini shikastlanishdan himoya qiladi, trombozning oldini oladi, tomir devorini mustahkamlaydi, P vitamini faolligiga ega, fosfodiesteraza va gialuronidazani inhibe qilishga qodir, adrenalinning oksidlanishini oldini oladi va askorbin kislotaning yo'q qilinishini oldini oladi.
Kaempferolning ozuqaviy qo'shimchalarini qabul qilish, B-hujayrali o'tkir limfoblastik leykemiya (B-ALL) bilan kasallangan saraton kasallariga Car-t davolashda yordam berishi mumkin.
Kaempferol kabi ozuqaviy qo'shimchalar sog'liq uchun juda ko'p foyda keltiradi va saraton kasallari va genetik xavf ostida bo'lganlar tomonidan keng qo'llaniladi
Asalari suti xaqida
Apilak, asalari suti – ishchi asalarilarning beli va koʻkrak qismidagi bezlarda ishlab chiqariladigan suyuqlikdan tayyorlanadigan oq yoki sargʻish quruq kukun. Biologik stimulyator xususiyati bor. A. tibbiyotda bolalarning gipotrofiya, kattalarning gipotoniya kasalliklarini hamda ayollardagi laktatsiya (sut hosil boʻlishi)ning buzilishini davolashda qoʻllaniladi.
A. atir-upa sanoatida ham ishlatiladi. Uning tarkibida oqsil, qand, yogʻ, mineral tuzlar, vitaminlar va D provitamin bor. Bu suyuqlik arilardan ma’lum davrda yigʻib olinadi va spirtda konservatsi-yalanadi
Asalari suti asalarichilikning eng qimmatli va zarur mahsulotlaridan. Asalari suti turli moddalarga boy.
Tarkibida aminokislotalar, uglevod, vitaminlar, mikroelementlar va fermentlar ko‘p. Asalari suti 60-70% suv, qolgan 30-40% quruq modda. Quruq moddaning 20-50% oqsillar, 10-40% uglevodlar, 5-15% moylar, 1.5-3% vitaminlar, minerallar, gormon, ferment va boshqa biologik faol moddalardan iborat.
Aminokislotalar: asparagin, sistein, arginin, lizin, leysin, valin, prolin, glyutamin, gamma-globulin, izoleysin, oksiprolin kabi 22 xili bor.
Mikro- va makroelementlar: rux, marganes, kobalt, temir, alyuminiy, xrom, vismut, oltin, nikel, kalsiy, kaliy, fosfor, natriy, mis kabi 100 dan ortiq elementlar mavjud.
Uglevodlar: glyukoza, fruktoza, riboza, saxaroza, maltozalar bor.
Fermentlar: invertaza, amilaza, katalaza, proteaza, glyukooksidaza, fosfataza, xolinesteraza va askorbinooksidaza.
Tarkibidan kelib chiqqan xolda asalari sutining shifoli va ozuqaviy xususiyatlari ko‘p. U asab, yurak-qon tomir, siydik tanosil tizimi, ovqat hazm qilish tizimi, bo‘g‘imlar va suyak, mushak, o‘pka va nafas olish tizimi faoliyatiga foydali ta’sir qiladi.
Siydik tanosil tizimida ta’siri moddalar almashinuvini tezlashtiradi, odamni tetiklashtiradi. Uyqu yaxshilanadi. Insonning farzand ko‘ra olish yoshini uzaytiradi, shaxvat va shaxvoniy quvvatni kuchaytiradi, surunkali tanosil kasalliklarini yengishda yordam beradi. Shu qatorda befarzandlikda xam foydasi bor.
Asalari sutini kuniga 2-3 mahal ovqatdan 30 minut avval qabul qilinadi. Kechqurun uyqudan 3 soat avval ichish kerak. Qabul qilish dozasi ishlab chiqaruvchi mahsuloti va uning shakliga bog‘liq. Shu sabab ko‘rsatmada ko‘rsatilganiga qarab qabul qilish kerak. Standart davo kursi 1-2 oy. Asalari sutidan mikroklizmalar qilish mumkin va svechalar yasashda ham foydalanish mumkin.
Asal xaqida
Asal yoki bol – ishchi asalarilar oʻsimliklar gulidagi shira (nektar)ni organizmida qayta ishlash yoʻli bilan hosil qiladigan shirin suyuqlik. Asalarilar asalni uya kataklariga oʻzlari uchun oziq qilib gʻamlaydi. Asal oʻz tarkibiga koʻra nektardan farq qiladi.
Asalda 80 % dan koʻproq uglevodlar (glukoza, fruktoza), 0,4 % kul, 13 – 20 % suv boʻladi. Asalda odam uchun foydali moddalarning 70 dan ortiq turi bor. Shuningdek, asalda mineral moddalar: kalsiy, natriy, kaliy va boshqalar; mikroelementlar, organik kislotalardan olma, limon kislotalari, vitaminlar (V2, V6, RR, C, E, K) borligi aniqlangan.
Tabiatdan olinish manbaiga koʻra gul (nektar) va shira (oʻsimlik barglari va poyalaridan ajraladigan shira) asaliga boʻlinadi. Guldan olingan asal ham oʻsimlik turiga qarab beda, yantoq, kungaboqar, gʻoʻza va boshqalarga ajraladi. Asal oʻzining taʼmi, hidi, rangi jihatidan, shuningdek qaysi faslda qanday oʻsimlik gulidan yigʻilganligiga va joyi (togʻ, oʻrmon, vodiy)ga qarab ham farqlanadi
Uning 1 kilogrammida oʻrtacha 3200 kaloriya energiya bor. Asaldan tibbiyotda qadimdan dori-darmon sifatida foydalanilgan. Hozir farmatsevtika sanoatida turli dori-darmonlar ishlab chiqariladi. Asalning oʻzi turli kasalliklarga parhez va davo vositasi tarzida beriladi. XX asrning 60-yillaridan boshlab tibbiyotda asal bilan davolash usullari – apiterapiya shakllandi. Asal oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi.
Xozircha toʻplagan maʼlumotlarim shulardan iborat ajratgan vaqtiz va eʼtiboringz uchun raxmat.
Download 445,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish