Ularning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: - Ularning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- milliy qadriyatlarimizni dunyo hamjamiyatiga targ‘ib qilish;
- yurtimizga qarshi qaratilgan, jamiyatimiz hayotiga tahdid soluvchi buzg‘unchi, yot g‘oyalar, g‘oyaviy va axborot xurujlari, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli maqsadlarini fosh qilish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, diniy ekstremizmga qarshi kurashish yuzasidan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etish;
- yangidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, chetdan g‘arazli maqsadlar bilan hayotimizga suqilib kirishga yo‘naltirilgan turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi aholining turli qatlamlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
- yoshlar ijodini rag‘batlantirishga, rivojlantirishga qaratilgan faoliyat ko‘rsatish; va boshqalar
Ko‘ppartiyaviylik – demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti - Ko‘ppartiyaviylik – demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti
- O‘zbekistonda erkin bozor munosabatlariga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda, fuqarolarning siyosiy jarayonlarda, davlatni boshqarishda qatnashuvini ta’minlashda siyosiy partiyalar faoliyati va mamlakatda ko‘ppartiyaviylikning amal qilishi muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda ushbu tamoyilning amal qilishiga milliy mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq jiddiy e’tibor berildi. Xususan, 1992 yilning 8 dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12 moddasida: “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi” – deb, ko‘rsatib qo‘yilgan. Qarang: O’zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasi. –Т.: “O’zbekiston” nashriyoti, 2012 yil 5 bet.
Jamiyatimiz hayotida ko‘ppartiyaviylikning amal qilishi, ular o‘rtasida raqobat muhitining shakllanishi – o‘z navbatida, demokratik jamiyat tamoyillarinig ko‘proq amal qilib borishini ta’minlaydi. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida muhim qoidalar ilgari surilda va hozirda amalga oshirib borilmoqda. Masalan, siyosiy partiyalarning nafaqat oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat tarkibidagi faoliyati, balki ijroiya hokimiyati faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi siyosiy kuch sifatidagi nufuzi yana bir karra oshganligi, demokratik tamoyillarning amal qilishi yanada mustahkamlanayotganligi asoslab berildi. - Jamiyatimiz hayotida ko‘ppartiyaviylikning amal qilishi, ular o‘rtasida raqobat muhitining shakllanishi – o‘z navbatida, demokratik jamiyat tamoyillarinig ko‘proq amal qilib borishini ta’minlaydi. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida muhim qoidalar ilgari surilda va hozirda amalga oshirib borilmoqda. Masalan, siyosiy partiyalarning nafaqat oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat tarkibidagi faoliyati, balki ijroiya hokimiyati faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi siyosiy kuch sifatidagi nufuzi yana bir karra oshganligi, demokratik tamoyillarning amal qilishi yanada mustahkamlanayotganligi asoslab berildi.
Foydalanilgan Adabiyotlar - Karimov I.A. O’zbekistonning 16 yillik mustaqillik taraqqiyot yo’li. Т.: O’zbekiston, 2007
- O’zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasi. –Т.: “O’zbekiston” nashriyoti, 2021 yil
- Sh.Mirziyoyev “Milliy Taraqqiyot Yo’limizni qatiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz” Toshkent “O’zbekiston”- 2017
Do'stlaringiz bilan baham: |