72- Болаларда меъда, ичакларни анатомо-физиологик ҳусусиятлари. Ичаклар биоценози ҳақида тушунча.
Oshqozon
Ko`krak yoshidagi bolalarda oshqozon shakli turlicha bo`ladi: lagansimon, retortasimon, noksimon, ovalsimon va h.k.
Go`daklik paytida oshqozon gorizontal ravishda joylashgan bo`ladi. 9–12 oy o`tgach, go`dak yurishni boshlaganda oshqozon vertikal holat kasb etadi. Bola hayotining birinchi yilida oshqozonining, ayniqsa tubi va pilorik bo`limining intensiv o`sishi ro`y beradi. Go`daklikda oshqozonnng mushak qatlami yaxshi rivojlanmagan bo`ladi. Chaqaloq oshqozonining teshigi ko`rinib turadigan joy, ayniqsa kardial bo`limi sfinkteri kam rivojlangan. Oshqozon old tomonidagi mushaklar esa aniq ko`rinadi , bu esa pilorospazm (oshqozon chiqish qismining qisilishi) rivojlanishiga olib keladi. Kardial bo`limning ochiqligi, shuningdek, bolani emizish texnikasining buzilishi chaqaloqning nerv tizimi tomonidan ovqat hazm qilish apparatining noqisligi ko`p hollarda bolada aerofagiya va qusishiga sabab bo`ladi. Oshqozonning to`liq shakllanishi 7 – 11 yoshga borib yakunlanadi.
Ichak
Ingichka ichak
Yangi tug`ilgan chaqaloqning ingichka ichagi nisbattan uzunroq bo`lib: 1 kg tana vazniga 1m to`g`ri keladi, kattalarda esa 10 sm. Ingichka ichakda asosiy hazm va so`rilish jarayonlari sodir bo`ladi.
O`n ikki barmoq ichak. YAngi tug`ilgan chaqaloqda halqasimon bo`ladi, boshi va oxiri L1 proeksiyasida joylashadi. Erta yoshdagi bolalarda juda harakatchan bo`lib, 7 yoshga qadar yog` qatlami bilan fiksatsiyalanadi.
Shilliq parda ingichka, kuchli vaskulyarizatsiyalangan. Epiteliy hujayralari tezda yangilanadi. Ichak bezlari kattalarnikiga nisbatan birmuncha yirikroq bo`ladi. O`n ikki barmoq ichakka kelib tushadigan aralashmaga quyidagilar kiradi: oshqozon ichidagi ozuqa, safro, oshqozonosti va oshqozon shirasi va ushbu aralashma ximus deb ataladi.
Ichakning funksional xususiyatlari
Ichakning harakatlanish funksiyasi (motorika), ingichka ichakdagi mayatniksimon harakatlar (tarkibidagi ximusning aralashishini ta`minlaydi) va peristaltik harakatlardan (ximusni yo`g`on ichak tomon yo`naltiradi) tashkil topgan. Yo`g`on ichakka antiperistaltik harakatlar xos, ular axlatni quyuqlashishi va shakllanishiga yordam beradi.
Erta yoshdagi bolalarda motorika faol bo`lib, ichaklarning tez-tez bo`shashiga olib keladi. Emizikli yoshdagi bolalarda ozuqa massalarini ichaklardan o`tish davri 4-18 soatni tashkil etib va kattaroq bolalarda sutkaga yaqin bo`ladi. Ichakning kuchli motorikasi, halqalarining yaxshi fiksatsiyalanmaganligi bilan birgalikda invaginatsiyaga moyillikni sababi xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |