Etika (yun. yegpoz — xulq, odat) — axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi oʻrnini oʻrganuvchi falsafiy fan. E. axloqshunoslikning falsafiynazariy muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni oʻrgatadi. - Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h.k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni oʻrganuvchi Etika barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. Etikaning estetika bilan bogʻliqligi sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari koʻtariladi, sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika oʻrganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda Etik nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan boʻladi. Etikaning ning dinshunoslik bilan munosabati har ikkala fanning axloqiy mezonlar muammosini hal etishga qaratilgani bilan bogʻliq. Bunda din — vosita, axloq — maqsad tarzida namoyon boʻladi. Har bir dinning muqaddas kitobi xudoning bandalarini ham eʼtiqodiy, ham axloqiy insonlar qilib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi; farq shundaki, Etika bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi. Etika huquqshunoslik bilan chambarchas bogʻliq; koʻp hollarda axloqiy va huquqiy meʼyorlar mohiyatan bir xil boʻladi, ular faqat yondashuvda — sanksiyalarning joriy etilishidagi usul orqali farqlanadi. Shunga koʻra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. Etikaning huquqshunos odobi deb atalgan maxsus sohasi ham mavjud. Etika oʻzining nazariy va ayniqsa, amaliy jihatlari bilan ped. fanining asosi hisoblanadi; taʼlim tizimidagi taʼlimtarbiya oʻzini har qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. Shuningdek, Etika, psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya kabi qator fanlar bilan ham mustahkam aloqador, ular muammolarini hal qilishda axloqiy nuqtai nazar, axloqshunoslik nazariyalari muhim ahamiyatga ega.
Har bir fan o’z kategoriyalar sistemasiga ega bo’lgani singari etika fanining ham maxsus kategoriyalar sistemasi mavjuddir. Kategoriya (lot) – hukm ta’rif ma’nosini anglatadi. Etika kategoriyalarining o’ziga xosligi shundan iboratki ularda fan sifatida etikaning amaliy asosini tashkil etuvchi aniqlik eng muhim tomonlari va elementlari umumlashtirilgan holda o’z ifodasini topadi. Etika kategoriyalari axloqiy munosabatlarning ob’ektiv qonuniyatlarini jamiyat axloqi hayotini hamma tomonlari va rang-barangligini aks ettiradi. Ularda kishilar xatti-harakatlari, qiliq va xulq atvorlari maqullanishi yoki qoralanishi o’z aksini topadi. - Axloq kategoriyalari o’z mazmuni jixatidan ob’ektivdir. Etika kategoriyalarining ko’pchiligi qutbiy, qarama-qarshi harakterga ega, chunonchi yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik kabi. Har bir kategoriyaning o’ziga xos xususiyatlari bor va uning bilan jamiyat o’rtasidagi aloqaning ma’lum tomonlarini aks ettiradi, ilmiy bilimning turli pogonalarini ifodalaydi.
- Burch- axloqning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Burch har bir kishining o’z vazifalarini to’liq bajarishi, odamlarga to'g'ri munosabatda bo’lish kabi fazilatlarni ifodalaydi. Burch – shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi
- Vijdon kategoriyasi boshqa kategoriyalar singari o’zining rivojlanish tarixida umuminsoniy ma’no elementlari bilan boyib boradi.
- Unda ko’p jixatdan axloq, adolat va odamgarchilikning oddiy normalari o’z aksini topadi.
- Vijdon – bu kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe’l atvori uchun oila, jamiyat, jamoa, Vatan oldida ma’naviy mas’uliyat his qilishdir. Shu yuksak axloqiy tushuncha shaxsiy ijobiy xatti-harakatlarga undab va shunga moyil qilib, o’z faoliyatiga o’zi baho berishga olib keladi. Vijdonli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan g’azabga keladi, o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan kanoatlanib, xursand bo’lsa, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruxan eziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |