Elastik tog`ay quloq suprasida, hiqildoqda (shoxchasimon va ponasimon tog`aylarda), hiqildoq usti tog`ayida uchraydi. Ular sarg`ish rangli, xira bo`ladi. Tuzilishi jihatidan gialin tog`ayini eslatadi. Hujayrasi yumaloq shaklga ega bo`lib, yakka-yakka yoki izogen gruppani hosil qilib joylashadi Elastik tog`ay hujayralarining sitoplazmasida gialin tog`aydan farqli ravishda yog` va glikogen kam to`planadi (82-rasm). Hujayralararo moddasida kollagen tolalari bilan bir qatorda elastik to`rni hosil qiluvchi elastik tolalarni ko`rish mumkin. Bu elastik tolalar tog`ay ust pardasiga o`tib ketadi. Elastik tog`ayda ohaklanish kuzatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |