2017 yilning ikkinchi yarmidan Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga qisqa muddatli likvidlikni taqdim qilish operatsiyalari faollashtirildi. Lekin bunda yagona banklararo pul bozorining mavjud emasligi hamda pul-kredit instrumentlari ta’sirining cheklanganligi amalga oshirilayotgan choralar samarasini pasaytirmoqda. Yuzaga kelgan holatdan kelib chiqib hamda pul-kredit siyosati transmission mexanizmining foiz kanalini kuchaytirish va pul bozorini samarali tartibga solish maqsadida 2018 yilning birinchi yarim yilligida qisqa muddatli pul resurslarini jalb qilish va joylashtirish bo‘yicha banklararo pul bozorining yagona elektron platformasini yaratish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, pul-kredit siyosatining transmission mexanizmining foiz kanalini mustahkamlashda zaruriyat tug‘ilganda Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi ortiqcha likvidlikni jalb qilish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi samaradorligini ta’minlash va foiz instrumentlarini optimallashtirish maqsadida Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy ko‘rsatkichi sifatida asosiy stavka va foiz koridorini 2019 yildan amaliyotga joriy qilish ko‘zda tutilgan.

Iqtisodiyotni liberallashtirish va unda bozor mexanizmlari ta’sirining oshib borishi bilan bir qatorda faol pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi transmission mexanizmning foiz kanalini sezilarli darajada mustahkamlab boradi