Tayyorladi: Islom Karimov nomidagi tdtu olmaliq filiali 3m-21 guruh magistranti Dehqonboyeva Ruhsora



Download 10,95 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi10,95 Kb.
#373007
Bog'liq
Dars ishlanma ózimniki


Tayyorladi: Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali 3m-21 guruh magistranti Dehqonboyeva Ruhsora

Qabul qildi: professor Qayumov B

Dars ishlanma

Fan: Kon ishi asoslari

Maqsad: O'quvchilarda fan bo'yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash.

Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarda mutaxassislik fani bóyicha bilimlarini kengaytirish.

Dars uchun móljallangan vaqt: 80 minut

MAVZU: Ochiq kon ishlari jarayonlari va davrlari.



Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish to’rt davrdan tashkil topgan bo’ladi. Birinchi davr kon ajratmasini tayyorlash davri bo’lib, bunda keyingi davrlarda bajariladigan ishlarni xavfsiz va yuqori unumdorlikda olib borishga sharoit yaratiladi. Bu davrda kon yuzini karyer qurishga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. . Bunda, asosan, konni suvsizlantirish, agar yer daraxtzorlar bo’lsa, ularni kesish va ildizlarini qo’porib olish suv havzalari va daryo (soy)|larni boshqa joyga ko’chirish, yo’llar elektr liniyalarini karyer maydonidan tashqariga ko’chirish, binolar bo’lsa, ularni buzib tashlash kabi ishlar bajariladi. Ikkinchi davr karyerni qurish davr bo’lib,bunda foydali qazilma va qoplama jinslarni reja bo’yicha xavfsiz qazib olishini ta’minlaydigan ish frontlari barpo etiladi. Bu davrda bajariladigan asosiy ishlarni qazish gorizontlari bilan yer yuzini bog’lovchi maxsus lahimlar o’tish, karyer maydomdan ma’lum hajmdagi kon massasini chiqarib tashlash, transport kommunikatsiyalar qurish va boshqalar tashkil qiladi. Konlarni ochiq usulda qazib olishning birinchi va ikkinchi davrlarida bajariladigan ishlar kapital ishlar, ularga sarflanadigan xarajatlar esa capital xarajatlar deyiladi. Uchinchi davr karyerni ekspluatatsiya qilish davri bo’lib, bunda kon ishlari ikkiga bo’linadi: qoplama jinslarni qazib olish olish (ochish) ishlari va ochilgan foydali qazilmani qazib olish ishlari. Ochish ishlari foydali qazilma yotqizig’ini qoplagan kon jinslarini uzluksiz ravishda qazib olib, foydali qazilmani bevosita qazib olish uchun zarur bo’lgan ish frontini barpo qiladi. To’rtinchi davr karyerni tugatish davri bo’lib, bunda foydali qazilmani qazib olish jarayonlarida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Yuqorida ko’rib chiqilgan ishlar konni o’zlashtirishning dastlabki bosqichlarida birin-ketin, keyinchalik esa parallel bajariladi. Biroq ayrim ishlar boshqalardan o’zdirib bajariladi. Masalan, tayyorlov ishlari kapital ishlardan oldin, ochish ishlari esa foydali qazilmani qazib olish ishlaridan o’zdirib amalga oshiriladi. Konlarni ochiq usulda qazib olishda kon-kapital, ochish va foydali qazilmani qazib olish asosiy ishlar hisoblanadi. Kon jinslarini qazishga tayyorlash, qazib-yuklash, tashish, otval hosil qilish va qazib olingan foydali qazilmani omborlarga joylashtirish ishlari konlari ochiq usulda qazib olishning asosiy jarayonlari hisoblanadi. Kon massivini qazishga tayyorlash deganda qoplama jins yoki foydali qazilmani turli usullarda massivdan ajratib olish jarayoni tushuniladi. Karyer (razrez) larda kon massivlarini qazishga tayyorlash mexanik, gidravlik, mexanik-gidravlik va burg’ilab-portlatish usullarida bajarilishi mumkin. Konlarni ochiq usulda qazib olish amaliyotida kon massivini qazishga tayyorlashda burg’ilab-portlatish usulidan keng foydalaniladi. Chunki ko’pchilik konlardagi qoplama jins massivlari va foydali qazilma (ruda) yotqiziqlari qattiq, qoyasimon var yarimqoyasimon jinslardan tashkil topgan bo’ladi. Kon jinslarini qazishga tayyorlash uchun tanlab olingan usul kon massividan ajratib olingan (maydalangan) massadagi jins bo’laklarining oldindan belgilab qo’yilgan o’lchamlarini ta’minlashi kerak. Karyerlarda qazib-yuklash ishlari kon massasini bevosita massivdan yoki maydalangan jinslar uyumidan qazib olinib, transport vositalariga yuklashga mo’ljallangan bo’lib, bitta qazib yuklash mashinasi (ekskavator yoki yuklagich) bilan amalga oshiriladi.Tashish ishlarining asosiy vazifasi katta hajmda karyerdan qazib olingan qoplama jins va foydali qazilmani karyer hududi va undan tashqaridagi qabul qilish punktlariga uzluksiz yetkazib berish bilan bir qatorda karyerdagi kon-transport uskunalarini xavfsiz va yuqori unumdorlik bilan ishlashini ta’minlashdir.Otval hosil qilish jarayoni karyerdan qazib olingan qoplama jinslarni maxsus tayyorlangan. (karyer hududi yoki undan tashqarida) maydonlarga, foydali qazilmani esa omborlarga joylashtirish ishlarini tashkil qilishdan iborat bo’lib, otvaldagi mashina mexanizmlarning yuqori unumdorlik bilan xavfsiz ishlashini ta’minlashi lozim. Yuqorida ko’rib chiqilgan barcha ochiq kon ishlari jarayonlari o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lib, konlami ochiq usulda qazib olish uzluksiz texnologik kompleksining bo’g’inlari hisoblanadi. Ayrim hollarda texnologik kompleksning ba’zi bo’g’inlari bo’lmasligi mumkin. Masalan, yumshoq kon jinslarini qazib olishda kon massivini qazishga tayyorlash, transportsiz qazish qo’llanganda esa kon jinslarini tashish jarayonlari bo’lmaydi.

Nazorat savollari

1. Konlarni ochiq usulda qazib olish usuli ta’rifini aytib bering.

2. Konlarni ochiq usulda qazib oluvchi korxonalar nomi va ularning asosiy elementlarini aytib bering. 3. “Ochish koeffitsiyenti” deganda nimani tushunasiz?



4. Pog’ona deganda nimani tushunasiz va uning asosiy elementlarini gapirib bering.

5. Ochiq kon ishlarining tabiiy sharoitlariga bo’g’liq ekanligini tushuntirib bering.
Download 10,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish