Tayyorladi: DMXM-3 guruh magistranti Nazarov Nodirjon
MOLIYAVIY RISKLARNI BAHOLASH
USULLARI
1. Bozor risklari va ularni baholash;
2. Kredit riski va uni baholash;
3. Valyuta riski va uni tahlil qilish;
4. Moliyaviy risklarni baholashda qo`llaniladigan
usullar.
1.
Bozor risklari va ularni baholash
Bozor riski o`z
tarkibiga valyuta, foiz, moliya bozori va tovar narxi risklarini
o`z ichiga olib, ularning bozor bahosidagi o'zgarishlar natijasi hisoblanadi.
Bozor risklari mamlakatdagi makroiqtisodiy sharoit va moliya bozoridagi
ishbilarmonlik darajasi bog`liq bo`lmaydi.
Bozor risklarga quyidagilar kiradi:
1)
Iqtisodiy va siyosiy risk;
2) Qonunchilik bilan bog`liq risklar;
3) Valyuta risklari;
4) Tovar narxi risklari;
5) Foiz riski;
6) Moliya bozori riski.
Bozor riskini aniqlash ishlarini olib borishdagi
izchillik bosqichma-bosqich
amalga oshiriladigan jarayon bo`lib, ular quyidagilarni o`z ichiga oladi:
- muammolarning qo`yilishi;
- kerakli ma`lumotlarni yig`ish va tahlil qilish;
-baholash usullarini tanlash va ularni qo`llash;
-bozor bahosiga ta`sir etuvchi omillarni tahlil qilish;
- bozor riski haqida belgilangan shaklda hisobot tuzish.
Bozor riskini baholash jarayonini tashkil etuvchi bu bo`g`inlarni har
tomonlama ko`rib chiqamiz.
Bozor riski qiymatning kerakli darajasi va uni baholash maqsadini
muvofiqlashtirishi zarur bo`lgan umumiy qoidadan istisno holatlari ham mavjud. Bu
tugatish qiymatlarini belgilashga taalluqli. Ushbu holatlarda buyurtmachi tugatish
qiymatining muayyan turini aniqlashni talab qilishi
mumkin va baholovchi uning
talabini bajarishga majbur. Endi pasayish tartibiga qarab qiymatlar darajalarining
namunaviy ketma-ketligini keltiramiz:
- takror ishlab chiqarishning to`liq qiymati;
- o`rin bosishning to`liqqiymati;
- foydalanishda davom etishdagi asoslangan bozor qiymati;
- foydalanilmayotgan ko`chmas mulkga asoslangan bozor qiymati;
- o`rin bosishga asoslangan bozor qiymati;
- rejali tugatish qiymati (tartibga solingan tugatish qiymati);
- tezlashtirilgan tugatish qiymati;
- sinish qiymati.
Bu sarflashni amaliyotda qiymat darajalarining
boshqa nisbati bilan ham
qo`llash mumkin. Masalan, ba`zan yangi texnikaning eski texnika oldida katta
ustunliklarga ega bo`lishi va bu bilan bog`liq kapital xarajatlarning ortib ketishi
tufayli ko`chmas mulkning o`rin bosish qiymati uning takror ishlab chiqarish
qiymatidan kattaroq bo`ladi. Yoki foydalanishda davom etishdagi asoslangan bozor
qiymati tugatish qiymatidan ham, hatto sinish qiymatidan ham past bo`ladi.
Bozor
riskni baholashdan maqsad, eng avvalo, riskning oldini olishdir. Qaror
qabul qilayotgan shaxs yuz berishi mumkin bo`lgan noxush voqealarning oqibatini
yaqqol tasavvur etishi kerak. Bu uning keyingi harakatlarini belgilab beradi. Riskni
baholashda xodimlari o`z ishlarini amalda joriy qilishlari uchun riskni oldini olish
taktika va strategriyasini ishlab chiqishlari kerak.
Bozor risklarni baholashning maqsadi investorga bozor riskini amalga
oshirishda qatnashishning maqsadga muvofiqligi to`g`risidagi qarorlarni qabul
qilish va mumkin bo`lgan moliyaviy yo`qotishlardan himoyalanish bo`yicha chora-
tadbirlar ishlab chiqish uchun kerakli ma`lumotlarni taqdim qilishdan iborat. Shunga
ko`ra, risk tahlilini loyihaning barcha ishtirokchilari mustaqil tarzda olib borishlari
maqsadga muvofiqdir. Risk tahlili investitsion loyihaning barcha ishtirokchilari –
buyurtmachilar, pudratchilar, bank, sug`urta
kompaniyalari, lizing kompaniyalari,
mol yetkazib beruvchilar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Bozor risklarni
baholash, odatda, bir-birini to`ldiruvchi ikki turga, ya`ni:
- risk turlarini, uni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish bo`yicha
tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko`zlovchi sifat tahlili;
- loyiha risklarini sondagi ifodasini loyiha ko`rsatkichlari orqali hisoblash imkonini
beruvchi miqdoriy tahlilga bo`linadi.
Risklarni tahlil qilish va baholashdan maqsad loyihaga ta`sir etuvchi risk turlarini
aniqlab, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini va usullarini qo`llashdan iboratdir.
Risklarni baholash deganda risk darajasini sifat
va miqdor jihatdan aniqlash
tushuniladi. Risklarni pasaytirish usullari turlicha bo`lib, ular risk turiga va risk
guruhiga qarab tanlanadi. Umuman olganda, risklarni aniqlash - sifat tahliliga;
risklarni baholash - miqdor tahliliga taaluqlidir.
Risk tahlilining ahamiyati bozor riskining
salohiyatli ishtirokchisiga,
investorlarga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish haqidagi
qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma`lumotlarni berishi bilan izohlanadi.
Bugungi kun amaliyotida bozor risklarini tahlil qilishda bir qancha usullardan
foydalaniladi. Jumladan:
- ekspert baholash usuli;
- zararsizlik nuqtasi tahlili;
- qarorlar daraxtini barpo etilishi usuli;
- Monte-Karlo usuli.