Tayyor mahsulotning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi
Tayyor mahsulotlar ombordagi hisobi operativ buxgalteriya usuli bo‘yicha tashkil qilinadi, ya’ni har bir buyum nomenklatura raqamiga ombor materiallari hisobi kartochkasi ochiladi.
Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasiga buxgalterning imzo qo‘yishi bilan tasdiqlanadi. Moddiy javobgar shaxs ombor hisobi ko‘rsatkichlari asosida har oyda tayyor mahsulotlar qoldiq hisobi vedomostini to‘ldiradi. Bu yerda hisobi baholari bo‘yicha qoldiqlar taksirovka qilinadi va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi.