oson yo‘li – chuqur nafas oling va «Qo‘limdan kelganini uddalayman» degancha
xotirjamlik bilan ro‘yxat tuzishga kirishing. Oldingizda turgan ishlarni tahlil qilar
ekansiz, eng muhimlarini amalga oshirishga vaqtingiz yetishiga ishonch hosil
qilasiz.
Hayotingizda muvozanat saqlanib qolishiga e’tibor qarating. Ishga qattiq berilib
ketgan bilan organizmingizni alday olmaysiz, o‘z vaqtida to‘xtamasangiz, u payt
poylab qasdini oladi. Bu esa rejalaringizga kiritilmagan.
Albatta, samarador bo‘lish uchun taym-menejementning o‘zi kamlik qiladi.
Salomatlikni asrashga majbursiz. Ishingiz juda ko‘p bo‘lishi mumkindir, lekin
oilangiz va dam olishga har doim vaqt ajrata biling.
Muvozanatning asosiy tamoyili: uyda va ishda o‘tkazadigan vaqtingizni belgilab
oling.
Do'stlaringiz bilan baham: