Aim.Uz
Faoliyat va motivatsiya
REJA:
1. Faoliyatning haqida tushuncha.
2. Faoliyatning tuzilishi va turlari.
3. Motiv va motivatsiya tavsifi.
4. Motivlarning turlari.
5. Motivatsiya nazariyalari (A. Maslou, A.Adler, Z.Freyd)
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Faoliyat - odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik.
Interiorizatsiya - tashqi real ishdan ichki ideal ishga o‘tish jarayoni.
Eksteriorizatsiya – oldin ichida o‘ylab, so‘ngra bevosita tashqi munosabatga o‘tish jarayoni.
Harakat – maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Ehtiyoj – tirik organizmlar faolligining boshlang‘ich shakli.
Maqsad – inson faoliyati so‘nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo‘lib, ehtiyojlarni amalga oshirilishi.
Motiv – harakatning nima sababdan amalga oshirilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |