Uchinchi davr
(6-7 yosh) yozma nutq rivojlanishining boshlanishi. Bolaning
M.N.S. ga tushuvchi yuklama oshib boradi. Bolaga kattaroq talablar qо‘yilganda
duduqlanish hosil bо‘lishi bilan nerv faoliyatida «portlash» yuz beradi.
Bolada bor bо‘lgan nutq funksiyasining har qanday buzilishi bu keskin
davrlarda birmuncha kuchli namoyon bо‘ladi. Bundan tashqari yangi nutq
kamchiliklari ham paydo bо‘lishi mumkin. Logoped bola nutqining rivojlanishida
keskin davrlarni yaxshi bilishi va о‘zining kundalik ishida shuni hisobga olishi
kerak.
Nutq rivojlanishida keskin davrlar moyillik vazifasini bajaradi. Bu davrlar
mustaqil ahamiyatga ega bо‘lgani singari boshqa zararli omillar bilan-genetik,
bolaning umumiy zaiflashuvi va hokazolar bilan uyg‘unlashadi.
Nutqning yoshga qarab rivojlanish dinamikasi hayotining birinchi yillarida
organizm genotipiga va unga ta’sir qiluvchi atrof muhitga bog‘liq ravishda
о‘zgarib turadi: nutq funksional tizimining rivojlanishi uchun M.N.S. ning normal
yetukligi va ishlab turishi muhim.
Nutq buzilishlarining kelib chiqishida ekzogen va organik omillar kо‘proq rol
о‘ynaydi. Bu sabablar guruhi M.YE.Xvatsev tasnifi bо‘yicha jarohat joyiga qarab
organik markaziy va organik periferik guruhlarga kiritiladi.
Ekzogen-organik omillar deganda bola M.N.S. ga va bola organizmiga yaxlit
ta’sir etuvchi turli xil zararli ta’sirlarni tushunamiz. Bu omillarning ta’sir etish
vaqtiga qarab quyidagilarga bо‘linadi:
1.
Homilalik ya’ni (perinatal) bolaning ona qornidaligi vaqtidagi ta’sirlar.
2.
Tug‘ruq vaqtidagi jarohatlar (natal).
3.
Turli xil zararli omillarning tug‘ruqdan keyingi davrda ta’siri (postnatal).
Kо‘pincha homilalik patalogiyasi tug‘ruq paytida bola nerv tizimining
jarohatlanishi bilan qо‘shilib yuzaga keladi. Bunday uyg‘unlashuv zamonaviy
tibbiy adabiyotlarda «perinatal patalogiya» termini bilan belgilanadi. Nerv
tizimining bunday jarohatlanishi turli xil patologik holatlarni, homiladorlik davrida
turli xil zararli omillarning homilaga ta’sir etishi, tug‘ruq paytida va tug‘ruqdan
sо‘ng dastlabki davrlarda zararli omillarning ta’sir etishini birlashtiradi. Perinatal
patalogiya
onaning
homiladorlik
vaqtidagi
kasalliklari,
infeksiyalar,
intoksikatsiyalar, homiladorlik toksikozlari, shuningdek, turli kо‘rinishdagi
akusherlik patalogiyalari (tos suyagining torligi, chо‘zilgan yoki tezlashgan
tug‘ruq, muddatdan ilgari suv ketishi, kindikka о‘ralish, homilaning notо‘g‘ri
yotishi va h.k.) asosida yuzaga keladi.
Nerv tizimining perinatal patalogiyasida dastlabki о‘rinlarni asfiksiya va
tug‘ruq travmasi egallaydi.
Homiladorlik davrida homila rivojlanishidagi buzilishlar tug‘ruq travmasi va
asfiksiyani (tug‘ruq paytida homilaga kislorod yetishmasligi) keltirib chiqaradi. Bu
esa homilaning himoya va adaptatsiya mexanizmini pasaytiradi. Tug‘ruq travmasi
va asfiksiya homila miyasining notо‘g‘ri rivojlanishini kuchaytiradi.
Tug‘ruq travmasi kalla suyagi ichiga qon quyilishi va nerv hujayralarining
о‘lishiga olib keladi. Kalla suyagi ichiga qon quyilishi bosh miya pо‘stlog‘ining
nutq zonalariga ham о‘z ta’sirini о‘tkazishi mumkin. Buning oqibatida bosh miya
pо‘stlog‘i taraqqiyoti jarayonida turli xil nutq buzilishlari kelib chiqadi (alaliya).
Chala tug‘ilgan bolalarda kalla suyagi ichiga qon quyilishi xavfi kо‘proq bо‘ladi.
Bunga ularning tomir devorlarining zaifligi sabab bо‘ladi.
Nutq harakat mexanizmini ta’minlovchi miyaning ma’lum bir sohasidagi
jarohat о‘chog‘i natijasida asosan nutqning tovush talaffuz tomonida buzilishlar
vujudga keladi-dizartriY.
Nutq buzilishlari etiologiyasida ona va homila qonining immunologik jihatdan
mos kelmasligi ham muhim rol о‘ynaydi (rezus-omil, eritrotsit antigenlari
bо‘yicha). Rezus yoki antitelo guruhlari yо‘ldosh orqali о‘tib homila
eritrotsitlarining bо‘linishini keltirib chiqaradi.
Buning natijasida eritrotsitlardan M.N.S. uchun zaharli bо‘lgan modda-
bilirubin ajraladi. Uning ta’siri ostida miyaning pо‘stloq osti bо‘limlari, eshituv
yadrolari jarohatlanadi. Bu esa eshituvning buzilishi bilan birgalikda nutqning
tovush talaffuz tomonining buzilishiga olib keladi.
Ona qornidaligida miyaning jarohatlanishi natijasida birmuncha og‘ir nutq
buzilishlari vujudga keladi. Bu nutq buzilishlari qoidaga kо‘ra boshqa polimorf
nuqsonlar bilan qо‘shilib keladi (eshituv, kо‘ruv, tayanch xarakat apparati,
intellekt). Bular homilador ayolning qizilcha, toksoplazmoz va boshqa yuqumli
kasalliklar bilan kasallanganida kuzatiladi. Bu holda nutq buzilishlari va boshqa
nuqsonlarning og‘irlik darajasi homilaning ona qornidaligi davrida kо‘proq
miyaning jarohatlanishi vaqtiga bog‘liq bо‘ladi. Homiladorlikning dastlabki
uchinchi oyida, shuningdek, embriogenez davrida, ya’ni 4 haftalikdan 4 oylikkacha
birmuncha og‘ir jarohatlanishlar kuzatiladi. Homiladorlikning kech stadiyalaridagi
patalogik ta’sirlar odatda og‘ir nuqsonlarni keltirib chiqarmasa ham, nerv
tizimining shakllanishini kechikishiga, uning strukturasi miyelinizatsiyasining
buzilishiga olib keladi.
Miya rivojlanishida anomaliyalari bor bolalarda kо‘pgina dizembriogenetik
stigmlar tez-tez kuzatiladi; kalla suyagi assimetriyasi, tanglay anomaliyalari,
yuqoridagi jag‘ rivojlanishidagi kamchiliklar, pastki jag‘ aploziyasi;
miyekrognatiya, prognatiya va boshqalar. Homilaga ta’sir etuvchi zararli omillar
ta’siri ostida vujudga keluvchi nutq buzilishlariga ochiq rinolaliyani misol qilish
mumkin.
Homiladorlik davrida onaning yuqumli va somatik kasalliklari, bachadon-
yо‘ldosh qon aylanishining buzilishiga, homila oziqlanishining buzilishi va
kislorod yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Agar homilaga surunkali kislorod
yetishmasligi о‘tkir kechmasa, u hech qanday buzilishni keltirib chiqarmasligi
mumkin, biroq homila shakllanish tempini birmuncha sekinlashtiradi. Buning
natijasida homila muddatiga yetib tug‘ilishiga qaramay bola tо‘la shakllanmagan,
nerv tizimi zaif tug‘iladi. Nerv tizimining miyelinizatsiya jarayoni sekinlashadi,
nerv hujayrasi va uning aksonlari differensatsiyasi izdan chiqadi, miyaning
neyronlararo aloqasining shakllanishi qiyinlashadi. Bu omillar о‘z navbatida nutq
faoliyatining shakllanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Ona qornida homila rivojlanishining buzilishi – embriopatiyalar-yuqumli
kasalliklar, dori-darmonlar ichish, ionlashgan radiatsiya vibratsiya, homiladorlik
vaqtida ichish va chekish bilan bog‘liq hollarda vujudga keladi. Alkagol va
nikotinning naslga zararli ta’siri ancha yil ilgari aniqlangan.
Ayni vaqtda nutq buzilishlari bilan uyg‘unlashgan alkagolli-embriopatik
genezli oligofreniyaning klinik kо‘rinishi о‘rganildi. Turli xil nutq nuqsonlarining
kelib chiqishiga surunkali alkogolizmning ta’siri kо‘rsatildi, jismoniy, nutqiy va
aqliy rivojlanishning orqada qolishini о‘z ichiga olgan alkagolli-embriopatik
sindrom ta’riflab berildi. Alkagolli-embriopatik sindromda bola nutqining
rivojlanishiga noqulay ta’sir etuvchi yaqqol ifodalanmagan eshituvning buzilishi
holati aniqlangan.
Alkogolizmga chalingan ota-onalarda homila о‘limining havfi ona qornidaligi
va perinatal davrlarda juda yuqoridir. Bundan tashqari, chala tug‘ilishi, homilalik
va intranatal asfiksiya, shuningdek kasalliklarga moyillik va bola hayotining
birinchi yilida о‘lim holatining yuqori darajadaligi ham alkogolizmga bog‘liqdir.
Bu bolalar maktabgacha va maktab yoshida о‘zining jismoniy zaifligi,
nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi bilan uyg‘unlashgan psixik rivojlanishning
orqada qolganligi, xarakatchanlikning tormozlanganligi, faol diqqati, kо‘ruv va
eshituv idroki funksiyalarining buzilganligi bilan ajralib turadi. Ular diqqatining
tarqoqligi bilish faoliyatining kamligi, ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklar bilan
uyg‘unlashadi. Ayni vaqtda kо‘pgina ishlar chekishning ayol sog‘lig‘i,
homiladorlik va tug‘ruqning kechishiga yomon ta’sir etishiga bag‘ishlangan.
Bolaning chala tug‘ilishi, psixik va jismoniy rivojlanishdan orqada qolishi bilan
chekishning aloqasi borligi isbotlandi.
Ma’lumotlarga kо‘ra ota yoki onaning surunkali chekishi irsiy moddaning
patologik о‘zgarishiga-mutatsiyalarga olib kelishi mumkin. Homilaga bir qator
zararli omillarning birgalikda ta’sir etishi ayniqsa havfliroqdir (alkogolizm va
chekishning homiladorlik toksikozlari bilan birga kelishi va hokazolar).
Homiladorlik toksikozlariga chala tug‘ilish, tug‘ruqdagi qisqa muddatli
asfiksiya, yengil kо‘rinishdagi miyaning minimal organik jarohatlanishini keltirib
chtqaradi (minimal miya disfunksiyasi (M.M.D.) M.M.D. ga ega bolalar uchun
diqqatning tarqoqligi, xotira pastligi, motor buzilishlar, tormozlanganlik, turli xil
nutq buzilishlari xarakterlidir.
Ayni vaqtda yengil miya yetishmovchiligida psixik dizontogenezning alohida
bir kо‘rinishi ajratilgan. Bu kо‘rinish asosida alohida oliy pо‘stloq funksiyalarining
yoshga oid vaqtinchalik yetishmaganligi yotadi. Bu nutq rivojlanishida о‘ziga xos
orqada qolish va psixik rivojlanishning notekisligini keltirib chiqaradi.
Minimal miya disfunksiyasida miya funksional tizimi rivojlanishi tempining
sekinlashuvi alohida о‘ringa ega.
Nutq buzilishlarining kelib chiqishi bо‘yicha moyilligi bor bolalar guruhini
M.M.D. ga ega bolalar tashkil qiladi. Nutq buzilishlarini о‘z vaqtida aniqlash va
psixik rivojlanishni barvaqt rag‘batlantirish, bu toifa bolalar nutqiy va aqliy
rivojlanishining kechikishini ma’lum darajada yaxshilashi mumkin. Logoped va
pedagog-defektolog M.M.D. sindromining dastlabki belgilarini bilishi muhim.
Hayotining birinchi yilida bu sindromning asosiy belgilari «kichik nevrologik
belgilar» nomi bilan yuzaga keladi: emadigan bolalarda odatda faol xarakatlarga
halaqit bermaydigan, biroq turg‘unligi bilan farqlanuvchi mushak tonusining
yengil buzilishi, tremor kо‘rinishidagi yaqqol ifodalanmagan ixtiyorsiz xarakatlar,
umumiy titroq sensomotor rivojlanishning kechikishi (ayniqsa kо‘ruv-motor
koordinatsiyasi), mayda qо‘l motorikasi differensirlashgan xarakatlarining
rivojlanishining orqada qolishi, predmet-manipulyativ faoliyat shakllanishini
sekinlashuvi. Yuqoridagi barcha belgilar yengil nevrologik simptomatikada kо‘rish
mumkin.
Nutq buzilishlari kо‘pincha erkak jinsiga mansub shaxslarda yuzaga keladi.
Sо‘nggi yillar tadqiqotlarida odam jinsiga qarab о‘ng va chap (nutqiy) gemisferalar
(yarimsharlar) rivojlanishida farq borligi kо‘rsatib berildi. Chap yarim shar asosan
nutqiy funksiyani amalga oshiradi, о‘ng yarim shar esa kо‘ruv-fazoviy gnozisni
amalga oshiradi. О‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan о‘ng yarim shar tezroq
shakllanadi. Qiz bolalarda esa aksincha chap yarim sharlar tezroq shakllanadi va
shunga bog‘liq birmuncha erta muddatlarda ularda nutq rivojlanishi aniqlanadi.
Bundan tashqari qiz bolalarda birmuncha yaqqol ifodalangan yarimsharlararo
о‘zaro ta’sir erta shakllanadi. Bu ularda miya jarohatlanishini kompensatsiyalashda
yaxshi yordam beradi.
Bundan tashqari о‘g‘il bolalarda nutq buzilishlarining kо‘p uchrashiga
xromasoma tuzilishidagi о‘ziga xos о‘zgarishlarga bog‘liq ravishda intelektual va
nutq buzilishlari sabab bо‘lishi mumkin.
Bolalarda nutq buzilishlarining kelib chiqishida miyaning erta organik
jarohatlanishlari katta rol о‘ynaydi.
Emotsional-deprivatsiya katta axamiyatga egadir (kattalar bilan emotsional
ijobiy aloqani yetishmasligi).
Hayotining birinchi yillarida bola va onaning о‘zaro aloqasi buzilishiga
alohida e’tibor qaratiladi. Ma’lumki, nutq funksiyasi shakllanishi uchun hayotning
birinchi yilida normal rivojlanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa bolaning ona
bilan yoki о‘ziga yaqin bо‘lgan boshqa kishilar bilan tо‘g‘ri о‘zaro munosabat
bо‘lishini talab etadi.
Nutq buzilishlari turli xil noqulay omillarning bola miyasiga va uning keyingi
rivojlanishiga ta’sir etishi natijasida ham kelib chiqadi. Bunday nutq
buzilishlarining tuzilishi zararli omilning ta’sir etish vaqti va miya jarohatlanishi
о‘chog‘iga bog‘liq ravishda farqlanadi.
Miya jarohatlanishida lokolizatsiya jarohatlanish darajasi va nutq buzilishlari
aspekti bо‘yicha va keyingi asoratlari orasida tо‘la bir-biriga bog‘liqlik bо‘lmaydi.
Bolalardagi chap gemisferalarning tug‘ma yoki erta orttirilgan jarohati kо‘pincha
nutq buzilishlariga olib kelmaydi (jarohatlanish nutqqacha bо‘lgan davrda hosil
bо‘ladimi yoki shakllanib bо‘lgan nutq davridami, bundan qat’iy nazar). Bu fikr
100 yil avval kо‘rsatilgan va sо‘ng tadqiqotlarda tasdiqlangan.
Kattalarda shunga о‘xshash jarohatlar ma’lum о‘ringa ega bо‘ladilar.
Ma’lumki, yaxshi rivojlangan nutqqa ega bolaning kalla suyagi travmasi kattalarga
qaraganda afaziyani ancha kam keltirib chiqaradi. Miya plastikligi ma’lum
darajada miya tuzilishining yetilmaganligi bilan belgilanadi. Bu bilan bola
miyasining jarohatlanish о‘chog‘i va og‘irligi orasida va nutq buzilishlarining kelib
chiqishi chastotasi orasida aniq bir-biriga bog‘liqlikning yо‘qligi tushuntiriladi.
Adabiyotlarda shunday nazariya keltirilgan, erta yoshlarda bolaning chap
gemisferalarining hatto butunlay olib tashlaganda ham maxsus nutq buzilishlari
kelib chiqmasligi mumkin. Bu holat bola miyasining plastikligi bilan, qolaversa
bolaning yetilmagan miyasida biroz bir-biriga aralashganroq nutq zonalarining
borligi bilan izohlanadi. Nerv tizimi plastikligi va nevronlar miyelinizatsiyalanishi
darajasi orasida teskari bog‘liqlik mavjud: miyelinizatsiya qancha kam bо‘lsa,
ya’ni ular qancha kam yetilsa plastikligi shuncha oshadi.
Bu shunda namoyon bо‘ladiki, о‘zining jarohatlangan tomonida sinapsni
(nerv hujayralari orasidagi aloqani amalga oshiruvchi) shakllantira olmaydigan
nerv hujayrasining aksoni, uni sog‘lom yarim sharda shakllantirishi mumkin. Biroq
bu faqat bir holatda amalga oshadi, agar miya pо‘stloq bо‘limlari miyelinizatsiyasi
hali tugamagan bо‘lsa va sog‘lom yarim sharda barcha sinaptik hosilalar shakllanib
bо‘lmagan bо‘lsa.
Erta yoshlarda bola bosh miyasi pо‘stlog‘ining bir tomonlama jarohatlanishi
kattalarga qaraganda о‘zgacha sifatli buzilishlarni keltirib chiqaradi. Agar
kattalarda afaziya odatda dominant chap yarim shar jarohatlanishi natijasida
yuzaga kelsa, bolalarda ular kо‘pincha ikkala yarim shar jarohatlanishi natijasida
yuzaga keladi. Bundan tashqari, hatto о‘ng yarim sharlarning (odatda
subdominant) jarohatlanishi nutq rivojlanishida ma’lum miqdordagi buzilishlarni
keltirib chiqarishi mumkin.
Bu holda, maktabgacha yoshda nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi
ekzogen-organik omillarning rolini baholashda quyidagilarni hisobga olish muhim:
vaqt, jarohat xarakteri va lokolizatsiyasi, bola nerv tizimining plastik xususiyati,
shuningdek, miya jarohatlanish vaqtida nutq funksiyasining shakllanganlik
darajasi.
Nutq buzilishlari etiologiyasida nasliy omillar ham ma’lum ahamiyatga ega.
Kо‘pincha ular hatto ahamiyatsiz omillar ta’siri ostida nutq patalogiyalarini yuzaga
keltiruvchi «moyillik» vazifasini bajaradilar.
Ayrim holatlarda nasliy omillar boshlovchi sabab sifatida ishtirok etadi.
Masalan, adabiyotlarda shunday ma’lumotlar keltiriladi: tanglay yoriqligi bilan
shartlangan rinolaliya 10%-30% hollarda nasliy omillar bilan bog‘liq bо‘lishi
mumkin. (P.G.Svetlov, 1962 yillar A.Y.Piskunov, 1960 va boshqalar). A.E.Gusan
(1980) ma’lumotiga kо‘ra rinolaliyaning nisbiy shakllari chastotasi bor-yо‘g‘i
1,31% ni tashkil etar ekan.
A.Gridnev (1976) ma’lumotiga kо‘ra, duduqlanuvchilar orasida nasliy og‘irlik
17,5% ni tashkil qiladi. Yozma nutq buzilishlarining kelib chiqishida (disgrafiya,
disleksiya) nasliy omillarning roli aniqlangan. nutq buzilishlarining kelib
chiqishida nasliy omillar odatda ekzogen-organik va ijtimoiy omillar bilan
birgalikda keladi. Shuningdek ular ayrim nutq buzilishlarning keltirib chiqarishda
boshlovchi omil bо‘lib xizmat qiladilar. Bularga xromosoma sindromi va nerv
tizimining nasliy-degenerativ kasalliklarida kuzatiluvchi nutq buzilishlari nomi
bilan alohida guruhni tashkil qiladi. Ularning xususiyati kasallikning о‘zidan kelib
chiqadi.
Xromosoma sindromlari (yoki xromosoma kasalligi) tug‘ma hisoblanadi va
odatda progridiyent oqimga ega bо‘lmaydi. Deyarli barcha xromosoma
sindromlarida bolaning jismoniy, nerv-psixik rivojlanishida orqada qolish
kuzatiladi, shuningdek u yoki bu darajada nutq rivojlanishi ham buziladi.
Xromosoma sindromi ikki guruhga bо‘linadi:
Birinchi guruh-autosoma strukturasi yoki sonining о‘zgarishi bilan bog‘liq
sindromlar.
Ikkinchi guruh-jinsiy xromosomalarning о‘zgarishi bilan bog‘liq sindromlar.
Birmuncha yaqqolroq ifodalangan nutq rivojlanishidagi buzilishlar va nutq
kamchiliklari birinchi guruh sindromlarida kuzatiladi. Ular odatda intellekt
yetishmovchiligi aniq nuqsonlar va rivojlanish anomaliyalari bilan birga qо‘shilib
keladi. Bunga Daun kasalligidagi nutq buzilishi misol bо‘la oladi.
Sо‘nggi yillarda butun dunyoda alohida e’tiborni о‘ziga jalb qilib kelayotgan
muammo bu- x-xromosomasida о‘ziga xos о‘zgarishlari bо‘lgan bolalarning nutq
buzilishlari masalasidir (fragil yoki mо‘rt xromosomalar sindromi). Bu sindromda
nutq buzilishlari polimorfdir: nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi, dizartriya, gohida
duduqlanish. Perseveratsiyalar bilan birga qо‘shilib keluvchi nutq tempining
tezlashuvi, shuningdek xarakatning tormozlanganligi, affektiv buzilishlar bu
sindromga xarakterlidir.
Nerv tizimining nasliy-degenerativ kasalliklari genetik ma’lumotning
о‘zgarishi bilan namoyon bо‘ladi. Ularning asosida gen mutatsiyalari yotadi. Bu
gen mutatsiyalari ayrim oqsil strukturalari yoki fermentlar sintezini izdan
chiqaradi. Bu turli xil buzilishlarni keltirib chiqaradi.
О‘ziga xos nutq buzilishlari fenilketonuriyada ham kuzatiladi. Fenilketonuriya
nasliy kasallik bо‘lib, fenilalanin moddasi almashinuvi buzilishidan kelib chiqadi.
Bu nutq buzilishlarining barchasi nerv tizimi nasliy almashinuv kasalliklari
strukturasidagi sindromlar sifatida qabul qilingan. Erta boshlangan davolov ishlari
ma’lum darajada kasallikning og‘ir kechishini, intellektning keyinchalik
pasayishini va nutqning tо‘la rivojlanmaganligini oldinroq ogohlantirish mumkin.
Logoped shunday kasalliklarning mavjudligini, ularni erta aniqlash va
davolash muhimligini, shu singari patalogiyalarga shubhalanilgan bolalarni
maqsadga muvofiq tibbiy-genetik konsultatsiyaga yо‘naltirishni yodda tutishi
muhim.
Demak, nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi etiologik omillar murakkab va
polimorfdir. Nasliy moyillik, noqulay muhit va jarohatlar yoki turli xil noqulay
omillar ta’siri ostida miya shakllanishining buzilishi qо‘shilib kelishi birmuncha
kо‘proqdir.
Nutq buzilishlari etiologiyasining muhim muammolari quyidagilardir:
1.
Miya jarohatlanishi vaqti, xarakteri va о‘chog‘ini hisobga olgan holda
pо‘stloq genezi (alaliya, afaziya) sistemali nutq buzilishlari sababini о‘rganish.
2.
Turli xil kо‘rinishdagi nutq buzilishlarining kelib chiqishida nasliy omillar
rolini aniqlash.
3.
Duduqlanishning turli xil shakllarini keltirib chiqarishga moyil sharoitlar
va sabablarni batafsil о‘rganish.
4.
Nutq buzilishlarining tarqalganligi va uning sabablari haqida statistik
ma’lumotlarni о‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |