Tayanch so‘zlar Mushkilot, Xona, Tasnif, Tarje, Gardun, Muxammas, Saqil «Tasnif» va «Tarje» kuylari



Download 0,78 Mb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#259409
  1   2
Bog'liq
4-maruza Buzruk maqomi 35f2337856e79e238676dcf8d41a960c


4.MAVZU.Buzruk maqomi. Mushkilot bo‘limi.

Reja


1.«Tasnif» va «Tarje» kuylari.

2. «Tasnif»larda, odatda, doira usuli .

3. Maqom cholg‘u kuylarini ijro etishning ikki asosiy ko‘rinishi.

4. Buzruk» kuyining xona va bozgo‘y tuzilmalari


Tayanch so‘zlar Mushkilot, Xona, Tasnif, Tarje, Gardun, Muxammas, Saqil



  • 1.«Tasnif» va «Tarje» kuylari. Olti maqom tizimidagi har bir maqom ikki yirik bo‘lim – cholg‘u va aytim (ashula) yo‘llaridan tarkib topishi aytilgan edi. Maqomlarning cholg‘u kuylar bo‘limi Buxoro an’anasiga ko‘ra «Mushkilot» deb yuritiladi. Mazkur atama «qiyinchiliklar» ma’nosida kelib, jumladan, maqomlardag i bosh kuy-mavzuyini murakkabligi turlicha bo‘lgan doira usul- lari sinovidan o‘tishini va shu asnoda alohida qism va turkum miqyosida rivoj topishini ham anglatadi. «Mushkilot» bo‘limi beshta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, ular quyidagicha nomla- nadi:

1. «Tasnif» – tasnif etilgan, ijod etildan, mukammal asar.

2. «Tarje» – qaytariq, takrorlash, takrorlanuvchi.

3. «Gardun» – falak gardishi, qismat.

4. «Muxammas» – beshlik, beshlangan.

5. «Saqil» – vazmin, og‘ir.


Shuni aytish kerakki, garchand maqom cholg‘u kuylarining nomlari serjihat ma’nolar kasb etsa-da, ammo ularning deyarli bar- chasi maqomlar «matnida», eng avvalo, doira usullarini anglatadi.

Binobarin, «Gardun», «Muxammas» yoki «Saqil» deyilganda, birinchi navbatda, ma’lum doira usullari nazarda tutiladi.

Maqomlarning «Mushkilot» cholg‘u bo‘limlari «Tasnif» nomli kuylar bilan boshlanadi. Bu atama «Olti maqom»ning har biriga qo‘shilib, «Tasnifi Buzruk», «Tasnifi Rost», «Tasnifi Navo», «Tas nifi Dugoh», «Tasnifi Segoh» va «Tasnifi Iroq» kabi ataladi.

Maqomlarning ma’nolar tizimi har bir maqomda o‘zgacha tus kasb etarkan, u dastlab maqomning «Tasnif» qismi boshlang‘ich kuy tuzilmasida ilk bor ifoda etiladi. Odatda, ushbu kuy mavzuyi kichik hajmda, ammo nisbiy tugal shaklda bayon etiladi. Zero, maqom mavzulari timsolida umuman «musiqiy mavzu» tushun- chasining beqiyos namunalari jonlanadiki, bunda buyuk ishq dar-




  • 2.«Tasnif»larda, odatda, 2/4 o‘lchov-ritmida bo‘lgan doira usuli qo‘llaniladi. Ustozlar an’anasida bu usul «bak, bak, bum, bum, bak, ist, bum, ist» deb ifoda etiladi. Nota yozuvida esa quyidagicha aks etadi.

Ushbu ko‘rinishdagi ritmik tuzilma Tasnif doira usulining to‘liq ko‘rinishi bo‘lib, «Tasnifi Rost», «Tasnifi Dugoh», «Tasnifi Segoh» va «Tasnifi Iroq»da turlicha qisqartirilgan (ixchamlashtirilgan) shakllari qo‘llaniladi.

Asar yaratilishi jarayonida «Tasnif»larning kuy mavzuyi maqom bosqichlariga tayangan holda, o‘zining o‘rta va yuqori avj parda- lariga intiladi, rivoj topgani sari uning ichki, botiniy jihatlari yuzaga chiqa boshlaydi. Mavzuning dastlabki holatidan to avji tomon rivoj yo‘lini «kichik doiradan katta doiraga» tarzida belgilash mumkin.

Chunki, bu yo‘l davomida mavzu to‘lqinsimon aylanma harakatlar ila unib-o‘sadi, hajmi tobora kengayib, salobati ortadi. Ayni vaqtda, uning mazmunidagi teranlik ruhiyati, mushohadaviylik holati zo‘rayib boradi.

Tasnif cholg‘u kuylarining shakl topishida «xona» va «bozgo‘y» nomli kuy tuzilmalari muhim o‘rin tutadi. «Xona» (fors-toj. – «uy») – o‘zgaruvchan kuy tuzilmasi bo‘lib, u asar davomida bir necha bor takrorlanadi va galdan galga parda tovushlari ortib, ovoz hajmi ham kengayadi. Shu tariqa xonalar vositasida kuy o‘zining avji sari intilib taraqqiy etadi hamda avj holatlariga erishgach, dastlabki tayanch pardaga qayta boshlaydi.

Bozgo‘y kuy tuzilmasi esa, «xona»dan farqli o‘laroq, doimiy bar qarorlikka ega. Zero, u asarning boshidan oxiriga qadar o‘zi- ning dastlabki ohang tuzilish qiyofasini muqim saqlaydi. Mavzu nuqtayi nazaridan bozgo‘y va xona tuzilmalari o‘zaro farq qil- maydi. Ammo bozgo‘y xona tuzilmasini aynan takror etmas- ligi va ba’zan bu jihatdan farq etishi mumkin. Zero, bozgo‘yning kuy yaratilishi jara yonidagi vazifasi serqirradir. Jumladan, boz- go‘y mazmun jihatdan xonani to‘ldirishi, xona boshlab bergan, lekin poyoniga yetmay qolgan musiqiy fikrni davom ettirib, tugal holatga keltirishi mumkin (masalan, qarang: «Muxammasi Nas- rullo», «Muxammasi Ushshoq», «Peshravi Gardun», «Nasrullo I» va boshqalar). Ba’zan esa, bozgo‘y birinchi xonadan avval, ya’ni asar boshida kelib, kuyning asosiy mavzuyini o‘rtaga tashlaydi, uning davom etishiga ilk turtki beradi («Tasnifi Dugoh», «Tasnifi Segoh», «Tasnifi Iroq» va boshqalar).


  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish