Tayanch so‘z va iboralar



Download 346,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana22.07.2022
Hajmi346,05 Kb.
#839882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
16-mavzu Radiatsiya nurlarining ekologiyaga tasiri. 2022 y.

-nurlanishda 
yadroning zaryadi o‘zgarmaydi; yadroning massasi esa juda 
kam o‘zgaradi. 
Radioaktiv elementlarning davriy sistemadagi siljishini aniqlaydigan 
(1.2)‚(1.4) qoidalarni 
siljish qoidalari 
deb ataladi. Bu qoidalarni 1913- yilda nemis 
fizik-kimyogari Fayans va undan mustaqil ravishda ingliz radiokimyogari F. Soddi 
ta’riflab bergan. 
Radioaktiv emirilish qonuni. 
Radioaktiv emirilish element atomlarining asta-sekin kamayishiga olib 
keladi. Qachon va aynan qaysi atomning emirilishini oldindan aytish mumkin 
emas, binobarin, radioaktiv emirilish tasodifiy xarakterga ega. Har bir atomning 
ma’lum vaqt oralig‘ida emirilish ehtimoli to‘g‘risidagina gapirish mumkin. 



Radioaktiv element emirilish tezligini xarakterlash uchun 
yarim emirilish 
davri 
tushunchasi kiritiladi. 
Yarim emirilish davri 
deb, boshlang‘ich element 
atomlari miqdorining ikki marta kamayishi uchun ketgan vaqtga aytiladi. 
Sun’iy
 radioaktivlik. 
 
Sun’iy radioaktivlik hodisasini 1934- yilda fransuz fiziklari Iren va Frederik 
Jolio-Kyurilar kashf qilishgan. Ular yad-rolarning parchalanishini o‘rganish 
jarayonida ko‘p hollarda parchalanish mahsulotlari radioaktiv xossaga ega 
ekanligini aniqlaganlar. Yadro reaksiyalari natijasida hosil bo‘ladigan radioaktiv 
moddalar 
sun’iy radioaktiv moddalar 
deb, hodisa esa 
sun’iy radioaktivlik 
deb 
ataladi. 
Eng katta kirib borish xususiyatiga gamma nurlar qodir bo‘lib, ular havoda 
bir necha yuz metr masofani egallaydi. 
Kichik kirib borish xususiyatiga betta zarrachalar (bir necha metr) va juda oz 
kirib borish xususiyatiga alfa zarrachalar (bir necha santimetr) ega. 
Shuning uchun hududni radioaktiv zararlanishida inson uchun asosiy xavfni 
gamma va betta nurlar tashkil qiladi. Ustki kiyim va shaxsiy himoya vositalari 
betta nurlarni ancha pasaytirsa, alfa nurlarni butunlay tutib qoladi. 
Radioaktiv nurlarni muhitga ta’sirini baholashda ionizatsiya qiluvchi 
nurlarni ekspozitsion dozasi (nurlarni miqdoriy tavsiflashda) va ekspozitsion doza 
quvvati (ma’lum vaqtdagi ekspozitsion doza) fizik kattaliklaridan foydalaniladi. 
Ekspozitsion doza rentgen (r) da, ekspozion doza quvvati rentgen soatda 
(r/s) yoki millirentgen/soatda (mr/s) o‘lchanadi va radiatsiya darajasi deyiladi. 
Radioaktiv nurlarning inson organizmiga ta’siri. 
Radioaktiv moddalar ma’lum xususiy xossalariga ega bo‘lib, inson 
organizmiga ta’sir qilishi natijasida xavfli vaziyat vujudga kelishi mumkin. 
Radioaktiv moddalarning eng xavfli tomoni shundaki, uning ta’sirini inson 
organizmidagi sezish organlariga sezilmaydi. Ya’ni inson radioaktiv nurlar 
ta’sirida uzoq vaqt ishlashiga qaramasdan, ularning zararli ta’sirlarini mutlaqo 
sezmasligi mumkin. Buning natijasi esa ayanchli tugaydi. SHuning uchun ham 
radioaktiv moddalar bilan ishlaganda , ayniqsa , o‘ta ehtiyotkor bo‘lish kerak. 
Inson organizmining radioaktiv nurlanishi ichki va tashqi bo‘lishi mumkin . Tashqi 
tomondan nurlanish ma’lum tashqi nurlanuvchi manba ta’sirida kechganligi 
sababli, tarqalayotgan nurlarning kirib borish kuchi katta ahamiyatga ega. Kirib 
borish kuchi yuqori bo‘lgan nurlarning organizmga zarari ham kuchliroq bo‘ladi. 
Ichki nurlanish nur tarqatuvchi moddalar inson organizmining ichki tizimlariga, 
masalan, emirilgan teri qatlamlari orqali qonga, nafas olish a’zolari, o‘pkaga va 
shilimshiq moddalarga, ovqat hazm qilish a’zolariga tushib qolgan taqdirda ro‘y 



beradi. Bunda nurlanish nur tarqatuvchi modda qancha vaqt nurlansa yoki qancha 
vaqt davomida organizmda saqlansa, shuncha vaqt davom etadi. SHuning uchun 
ham radioaktiv moddalarning katta parchalanish davriga va kuchli nurlanishga ega
bo‘lganda, ayniqsa, xavfli hisoblanadi. Radioaktiv nurlanishlarning biologik ta’siri 
organizmdagi atom va molekulalarning ionlanishi sifatida tavsiflanadi va bu o‘z 
navbatida har xil kimyoviy birikmalar tarkiblarining o‘zgarishiga va normal 
molekulyar birikmalarda uzilishlar bo‘lishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida tirik 
hujayralardagi modda almashinuvining buzilishiga va organizmda biokimyoviy 
jarayonlarning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Katta kuchdagi nurlanish ta’siri 
uzoq vaqt davom etsa, ba’zi bir hujayralarning halokati kuzatiladi va bu ayrim 
a’zolarning, hattoki, butun organizmning halokati bilan tugaydi. Radioaktiv 
nurlanishlar ta’sirida organizmning umumiy qon aylanish tizimining buzilishi 
kuzatiladi. Bunda qon aylanish ritmi susayadi, qonning quyilish xususiyati yo‘qola
boradi, qon tomirlari, ayniqsa, kapilyar qon tomirlari mo‘rt bo‘lib qoladi, ovqat 
hazm qilish a’zolarining faoliyati buziladi, odam ozib ketadi va organizmning 
tashqi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati kamayadi. Radioaktiv 
moddalaning qo‘lga ta’sir qilishi oldin sezilmaydi. Vaqt o‘tishi bilan qo‘l 
qurushqoq bo‘lib qoladi, unda yorilishlar kuzatiladi, tirnoqlar tushib ketadi. 
Radioaktiv nurlarning alfa va beta nurlari tashqaridan ta’sir ko‘rsatganda 
organizmning teri qavati etarlicha qarshilik ko‘rsata oladi. Ammo bu radioaktiv 
nurlar ovqat hazm qilish a’zolariga tushib qolganda ulaning zararli ta’siri kuchayib 
ketadi. Ko‘pchilik radioaktiv moddalar organizmning ba’zi bir qismlarida yig‘ilish 
xususiyatiga ega. Masalan, jigar, buyrak va suyaklarda yig‘ilishi butun organizmni 
tezda ishda chiqaradi. Ba’zi bir radioaktiv moddalar zaharli bo‘lib, ularning 
zaharlilik darajasi eng xavfli zararli moddalarnikidan ham yuqori bo‘ladi. 
Organizmning nurlanish dozasini hisobga olib radioaktiv moddaning inson 
organizmidagi miqdorini baholash mumkin. 

Download 346,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish